Xaydarov Saidkamol Maxamadvalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv havzalarida baliq mahsuldorligini oshirishda tabiiy ozuqa bazasining ahamiyati», 03.00.16 - Gidrobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/V534.
Ilmiy rahbar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixaliqovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi  DSc.03/27.02.2020.V.01.15 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuzmetov Abdulaxmet Raymberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sun’iy suv havzalarida tabiiy ozuqa bazasini (Daphnia misolida) etishtirishni mahalliy sharoitda yo‘lga qo‘yish, ularni ko‘paytirishda ozuqaviy qiymati yuqori, tannarxi arzon va tayyorlanishi qulay texnologik echimga ega bo‘lgan ozuqa manbasini aniqlash va uni amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon viloyati misolida sun’iy suv havzalarining gidrokimyoviy tarkibiga bog‘liq holda tabiiy ozuqa manbalarining tarqalish dinamikasi aniqlangan;
ilk bor Botryococcus, Ankistrodesmus va Chlorococcum avlodlariga mansub mikrosuvo‘tlaridan Daphnia magna ni etishtirishda ozuqaviy manba sifatidagi foydalanish imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
zooplankton organizmlarning (Daphnia magna) mo‘’tadil, o‘sib-rivojlanishida mikrosuvo‘tlari va yuksak suvo‘tlarining ta’siri aniqlanib, tabiiy ozuqa manbalari mahsuldorligi oshishi asoslangan;
ilk bor yuksak suvo‘tlari (Lemna minor) va zooplankton organizmlar (Daphnia magna) ni birgalikda etishtirishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
ilk bor mikrosuvo‘tlarini sun’iy suv havzalari sharoitida etishtirishning mo‘’tadil shart-sharoitlari ishlab chiqilgan va mo‘tadil ozuqa muhiti tanlangan;
mikrosuvo‘tlari biomassasidan baliqchilik tarmog‘ida qo‘shimcha ozuqa zahirasi va tabiiy ozuqa manbalarini etishtirishda foydalanish zaruriyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy ozuqa manbalari (zooplanktonlar, mikrosuvo‘tlari, makrofitlar) asosida ozuqaviy qiymati yuqori va olinishi qulay bo‘lgan “Tirik ozuqa emi” etishtirish va uni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikrosuvo‘tlarining turli avlodlariga mansub shtammlari hamda makrofitlardan foydalanib, Daphnia magna asosida  tabiiy ozuqa bazasini shakllantirish va ulardan foydalanish texnologiyasi Andijon viloyati baliqchilik xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbaliqsanoat» uyushmasining 2021 yil 17 fevraldagi 08/191-son ma’lumotnomasi). Natijada, Izboskan tumanidagi «Asatlla asl ko’li», Ulug‘nor tumanidagi «Ulug’nor Shahzodasi» baliqchilik xo‘jaliklarida dafniya ko‘paytirish hovuzlarida, 50 l suvda 120-150 grammgacha dafniya etishtirish imkonini bergan;
baliqchilik tarmog‘i amaliyotida tabiiy ozuqa manbalarini “Tirik ozuqa emi” ni maqsadli ko‘paytirish texnologiyasi Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi «Asatlla asl ko’li» va Ulug‘nor tumanidagi «Ulug’nor Shahzodasi» baliqchilik fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbaliqsanoat» uyushmasining 2021 yil 17 fevraldagi 08-191-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy ozuqa manbalari baliqlarning mavsumiy davrida 7-8% tez o‘sish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish