Azimov Nodirjon Nurilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shimoli-sharqiy O‘zbekiston agrolandshaft ornitofaunasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/V19.
Ilmiy rahbar: Kashkarov Roman Daniilovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Xolboev Faxriddin Raxmonqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Medetov Maxsetboy Japakovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoli-sharqiy O‘zbekiston agrolandshaft ornitofaunasining zamonaviy holatini aniqlash, agrotsenozlar ornitofaunasi komponentlariga antropogen omillar ta’sirini yumshatishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shimoli-sharqiy O‘zbekiston agrolandshaft ornitofaunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 239 tur qush, jumladan, g‘o‘za agrotsenozlarida 85 tur, bug‘doy agrotsenozida 150 tur, mevali bog‘larda 132 tur, lalmi bedazorlarda 101 tur, uzumzorlarda 107 tur uchrashi aniqlangan;
irrigatsiya tarmoqlarining turli elementlarida 38 turning uchrashi, qushlarning mavsumiy taqsimlanishi va soni aniqlangan;
tadqiqot hududida haqqush (Nycticorax nycticorax) va quloqdor yapaloqqush (Asio otus)ning uyalashi, tekislik mintaqasida go‘ng qarg‘a (Corvus frugilegus)ning yangi uya koloniyalari ilk bor aniqlangan;
shimoli-sharqiy O‘zbekistonda qirg‘iysimon burgut (Hieraaetus fasciatus), targ‘oq (Chettusia gregaria), tog‘ dupeli (Gallinago solitaria), klintux (Columba oenas), oq qoshli shaqshaq (Turdus iliacus), kichik pashshaxo‘r (Ficedula parva), uy chumchug‘i (Passer domesticus), uzunquyruq sneger` (Uragus sibiricus), remez dehqonchumchug‘i (Ocyris rusticus) kabi kam sonda uchrovchi turlarning tarqalishiga doir hamda tadqiqot hududi uchun 22 turning uchrash xususiyatiga doir yangi ma’lumotlar ochib berilgan;
iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan, noyob va yo‘qolib borayotgan turlarning agrolandshaftda uchrash davrlari va soni aniqlangan;
turli ekologik guruhlarga mansub, o‘troq, uyalovchi, migrant va qishlovchi xususiyatdagi turlarni agrotsenozlardagi ahamiyati ochib berilgan;
qushlarning yashash joyi sifatida agrolandshaft bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilgan, ularga xavf soluvchi omillar ta’sir darajasini yumshatish hamda turlarni muhofaza qilishga doir amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shimoli-sharqiy O‘zbekiston agrolandshaft ornitofaunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shimoli-sharqiy O‘zbekiston agrolandshaft ornitofaunasi tarkibidagi 5 turkumga mansub 13 turdan iborat qushlarning  namunalari “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 9 fevraldagi 4/1255-419-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar ornitologik kolleksiya fondi boyitgan va O‘zbekistonda qush turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarni sistematik tahlil qilish imkoni bergan;
turli agrotsenozlar hamda irrigatsiya tarmoqlarida qayd qilingan 239 turning uchrash davrlari, soniga doir ma’lumotlar va qushlarni muhofaza qilish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasining tahlil hamda tegishli xulosalarni chiqarish uchun amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 6 apreldagi 04-02/8-1363-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrolandshaft ornitofaunasi tarkibidagi qushlar holatini ekologik baholash, mavsumiy monitoringini olib borish, madaniy o‘simliklarni etishtirishda qushlarning ahamiyatini baholash hamda noyob turlarni muhofaza qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish