Bekmurodova Gavhar Adxam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy indekslarda ishtirokining investisiyaviy jozibadorlikka ta’sirini tadqiq qilish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt578.
Ilmiy rahbar: Xodiev Bahodir Yunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Odil Berdimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmatov Xasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy indekslarda ishtirokini ta’minlash va kengaytirish orqali investisiyaviy jozibadorlikni oshirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2030 yilgacha bo‘lgan muddatda yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat xarajatlari hajmini yillik o‘rtacha 0,8 foizli punktga qisqartirib borish orqali mamlakat Iqtisodiy erkinlik indeksining Davlat xarajatlari indikatori bo‘yicha maqsadli parametrlarga erishish imkoniyati asoslangan;
inflyasiya bo‘yicha so‘nggi uch yillik va prognoz ko‘rsatkichlarga asosan hisob-kitoblardan kelib chiqqan holda narxni nazorat qilish darajasi uchun belgilanadigan jarima (PC penaltyi) ballini pasaytirishning minimal ko‘rsatkichini belgilash orqali mamlakatda pul-kredit erkinligini ta’minlash va investisiya jozibadorligini oshirishning maqsadli parametriga erishish asoslangan;
mamlakat fiskal sog‘lomligini mustahkamlashni ta’minlovchi davlat qarzi yillik miqdorining yuqori darajasini belgilash asosida yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat qarzi darajasini pasaytirishni ta’minlash hamda kelgusida byudjet taqchilligi darajasini oshib ketishining oldini olish taklifi ishlab chiqilgan;
tarifsiz bar`erlar uchun tayinlanadigan jarima ballarini keskin kamaytirgan holda savdo bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan tarif stavkasi optimal darajasini belgilashga asoslangan o‘zaro bog‘liq maqsadli ko‘rsatkichlar ssenariylar paketi yordamida 2030 yilda O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi Savdo erkinligi indikatori bo‘yicha 73,6 ballik maqsadli ko‘rsatkichiga erishish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy indekslarda ishtirokining investisiyaviy jozibadorlikka ta’sirini tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
2030 yilgacha bo‘lgan muddatda yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat xarajatlari hajmini yillik o‘rtacha 0,8 foizli punktga qisqartirib borish orqali mamlakat Iqtisodiy erkinlik indeksining Davlat xarajatlari indikatori bo‘yicha maqsadli parametrlarga erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan foydalanilgan (Moliya vazirligining 2022 yil 7 maydagi 01-07/1082-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Iqtisodiy erkinlik indeksining Davlat xarajatlari indikatori bo‘yicha 2021 yilgi berilgan ball 2020 yilga nisbatan 5,2 ballga yuqorilagan holda 79,9 ballni tashkil etgan;
inflyasiya bo‘yicha so‘nggi uch yillik va prognoz ko‘rsatkichlarga asosan hisob-kitoblardan kelib chiqqan holda narxni nazorat qilish darajasi uchun belgilanadigan jarima (PC penaltyi) ballini pasaytirishning minimal ko‘rsatkichini belgilash orqali mamlakatda pul-kredit erkinligini ta’minlash va investisiya jozibadorligini oshirishning maqsadli parametriga erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan foydalanilgan (Moliya vazirligining 2022 yil 7 maydagi 01-07/1082-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Iqtisodiy erkinlik indeksining Pul-kredit erkinligi indikator bo‘yicha O‘zbekiston 2021 yilda 2019 yilga nisbatan 1,4 ballga yuqori bo‘lgan 60,3 ballga erishgan;
mamlakat fiskal sog‘lomligini mustahkamlashni ta’minlovchi davlat qarzi yillik miqdorining yuqori darajasini belgilash asosida yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat qarzi darajasini pasaytirishni ta’minlash hamda kelgusida byudjet taqchilligi darajasini oshib ketishining oldini olish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan foydalanilgan (Moliya vazirligining 2022 yil 7 maydagi 01-07/1082-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yilda davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash belgilangan;
tarifsiz bar`erlar uchun tayinlanadigan jarima ballarini keskin kamaytirgan holda savdo bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan tarif stavkasi optimal darajasini belgilashga asoslangan o‘zaro bog‘liq maqsadli ko‘rsatkichlar ssenariylar paketi yordamida 2030 yilda O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi Savdo erkinligi indikatori bo‘yicha 73,6 ballik maqsadli ko‘rsatkichiga erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan foydalanilgan (Moliya vazirligining 2022 yil 7 maydagi 01-07/1082-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida investorlar tomonidan mamlakat investisiya muhiti va jozibadorligi ijobiy baholangan holda, 2021 yilda o‘zlashtirilgan investisiyalarning umumiy hajmi 2020 yilga nisbatan 109 foizga o‘sib, 254 trln. so‘mni tashkil etgan.