Ochilov Botir Baxramovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «B.Klinton va kichik J.Bush administratsiyalarining Markaziy Osiyoda olib borgan siyosatining genezisi va evolyusiyasi», 23.00.04–Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Siyos8.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Sherzod Majidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017 Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ravshan Mirzomurodovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Akromov Ilxom Solievich, siyosiy fanlar doktori, professor; Kobzeva Ol`ga Petrovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: B.Klinton va kichik J.Bushning prezidentlik ma’muriyatlari faoliyati davrida AQShning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tashqi siyosiy strategiyasi genezisi va evolyusiyasini bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
B.Klinton va kichik Dj.Bush ma’muriyatlari ostida AQSh uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha turdagi xalqaro muammolar bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro ta’sir va siyosiy-diplomatik muloqot doktrinasi doirasida mintaqada amalga oshirgan «dasturlovchi hamkorlik» tashqi siyosiy strategiyasi tamoyillari va instrumentlari ochib berildi;
mintaqa davlatlarining dunyoviy rivojlanish va bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurish yo‘lidan borishi, mustaqil va hamkorlikka ochiq bo‘lgan tashqi siyosat olib borishi, mintaqada «uchinchi kuchlar»ning hukmronligiga yo‘l qo‘ymaslik, AQShning Evroosiyodagi strategik salohiyatining mustahkamlanishi singari Markaziy Osiyoda kechgan fundamental geosiyosiy o‘zgarishlar asosida Amerikaning mintaqadagi strategik maqsadlari va manfaatlari asoslandi;
mintaqaning o‘ziga xos geostrategik va geoiqtisodiy makonda joylashganligi, bu erda iqtisodiy va geosiyosiy ta’sirga ega qudratli davlatlar manfaatlari to‘qnashuvi, Rossiya va Xitoy omili hamda Eron, Hindiston, Pokiston va Turkiyaning bu erdagi jarayonlarda ishtirokini hisobga olgan holda AQShning Markaziy Osiyo davlatlarini qamrab olgan siyosiy-diplomatik mexanizmida xafvsizlik va mudofaa sohalarida hamkorlik, terrorizmga qarshi kurash hamda Afg‘onistondagi urush omillariga ustuvor ahamiyat qaratilishi tizimli ravishda ochib berildi;
AQShning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy siyosati shakllanishi parametlari, uning 2008-2009 yillardagi umumjahon iqtisodiy inqirozi davrida mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga munosabati va Markaziy Osiyo bilan Kaspiyoldi mintaqalaridagi energetika sohasidagi siyosatining o‘zgarib borganligi asoslab berildi;
O‘zbekiston Respublikasining AQShga nisbatan tashqi siyosati ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan, xususan, B.Klinton va kichik J.Bush ma’muriyatlari davridagi O‘zbekiston-Amerika o‘rtasidagi munosabatlar tajribasiga tayanib ikkitomonlama konstruktiv va farovon hamkorlikni mustahkamlash, Amerikaning turli siyosiy davralari va ijtimoiy qatlamlari bilan o‘zaro samarali aloqalar o‘rnatish va Amerika yo‘nalishida Markaziy Osiyo davlatlari sa’y-harakatilarini muvofiqlashtirish, «S5+1» formatidagi doimiy muloqotni jonlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi.
«B.Klinton va kichik J.Bush administratsiyalarining Markaziy Osiyoda olib borgan siyosatining genezisi va evolyusiyasi bshhyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosatiga tashqi omillarning (Rossiya, Xitoy, Eron, Hindiston, Pokiston, Turkiya) ta’siri, jahon iqtisodiy inqirozi davrida AQShning mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga yondashuvi, «dasturlovchi hamkorlik» doktrinasidan kelib chiqib Markaziy Osiyodagi davlatlariga qarata AQSh tashqi siyosati xos xususiyatlarni har tomonlama hisobga olinishi borasidagi dissertatsiyaning asosiy g‘oyalari TIVning tegishli bo‘lim va boshqarmalari faoliyatida foydalanilgan (Tashqi ishlar vazirligining 2017 yil 20 oktyabrdagi 19/42436-son ma’lumotnomasi). Muallif tomonidan ilgari surilgan bir qator g‘oya va xulosalar yuqori tashkilotlar uchun tahliliy ma’lumotnomalar, TIV va respublikaning horijiy vakolatxonalari uchun axborotnomalar tayyorlashda foydalanilgan. Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi TIV tomonidan tegishli sohalarda yuzaga kelayotgan vaziyatlarni davlat milliy manfaatlari nuqtai nazaridan mos ravishda baho berishga xizmat qilgan;
AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning joriy holati va rivojlanish istiqbollari, Markaziy Osiyo va uning yon-atrofidagi siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqa jarayonlar dinamikasi, mazkur jarayonlarning Vashingtonning mintaqadagi siyosatiga ta’siriga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirlining amaliy faoliyatidagi axborot tahlilnomalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2017 yil 20 oktyabrdagi 2/14977-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishining asosiy xulosa va g‘oyalari harbiy-texnik tadbirlarni tashkil etish va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirishda hisobga olingan va O‘zbekiston Respublikasining AQSh, Rossiya va Turkiya singari davlatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorligi borasida yuqori tashkilotlar uchun takliflar ishlab chiqiishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti axborot tahlilnomalarini tayyorlashda dissertatsiya materiallari quyidagi ko‘rinishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2017 yil 20 oktyabrdagi №04/1381-son ma’lumotnomasi.): Dissertatsiya bir qator xulosa va tavsiyalari yuqori tashkilotlar e’tiboriga uchun AQSh bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalasida davlat tashqi siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda, O‘zbekiston milliy manfaatlari kontekstida qudratli davlatlarning mintaqadagi siyosatini tarixiy-qiyosiy tahlil qilishda, AQSh ichki siyosiy saylovlarining, shuningdek, siyosiy va iqtisodiy elitalarning almashinuvi bu mamlakat tashqi siyosiy strategiyasiga ta’sirini aniqlashda ishlatilgan. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Amerika tadqiqotlari Laboratoriyasi tashkil etilib, bu erda amerikashunoslikning turli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan doimiy ravishda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish yo‘lga qo‘yildi.