Yusufaliev Olimjon Abduraxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholi farovonligini oshirishda tadbirkorlik faoliyatidan foydalanishni takomillashtirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt820.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulev Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholi farovonligini oshirishda tadbirkorlik faoliyatidan foydalanishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi farovonligini oshirishda farovonlikning turli (shaxs, oila, hudud, milliy) qamrov darajalarida namoyon bo‘luvchi ehtiyojlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni nisbatan samarali va to‘laroq qondirish imkonini beruvchi tadbirkorlik shakllari tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish taklifi asoslangan;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi hamda aholi farovonligidagi o‘zgarishlar darajasining o‘zaro muvofiqligini baholash uslubi orqali aniqlangan foydalanilmayotgan imkoniyatlar va o‘sish nuqtalarini kiritish asosida takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etilayotgan biznes-rejalarning muhim talablaridan biri sifatida ularning bevosita aholi farovonligini oshirishni ta’minlashga qaratilishi, tarkibiy qismlariga amaldagi moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda aholi turmush darajasini yuksaltirishga oid qo‘shimcha ko‘rsatkichlarning kiritilishi asoslangan;
tadbirkorlar tomonidan o‘z bilim va tajribalarini “yangi avlod”ga o‘tkazish jarayonining ustun ravishda vertikal yo‘nalishda va “kichik halqa” doirasida amalga oshirilishi nazariy asoslanib, mazkur amaliyot “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslar hisobiga “katta halqa” doirasiga o‘tkazilganda ularga nisbatan oldindan belgilangan holatlarda “ustuvorlik immuniteti”ni qo‘llash taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholi farovonligini oshirishda tadbirkorlik faoliyatidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
aholi farovonligini oshirishda farovonlikning turli (shaxs, oila, hudud, milliy) qamrov darajalarida namoyon bo‘luvchi ehtiyojlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni nisbatan samarali va to‘laroq qondirish imkonini beruvchi tadbirkorlik shakllari tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va ularni monitoring qilish boshqarmasi tomonidan “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni shakllantirishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 11 avgustdagi 01/02-17-8058-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlardagi tadbirkorlik shakllarini tarkib toptirish jarayonlarini tartibga solish orqali aholi farovonligini oshirishga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi hamda aholi farovonligidagi o‘zgarishlar darajasining o‘zaro muvofiqligini baholash uslubi orqali aniqlangan foydalanilmayotgan imkoniyatlar va o‘sish nuqtalarini kiritish asosida takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va ularni monitoring qilish boshqarmasi tomonidan “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni shakllantirishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 11 avgustdagi 01/02-17-8058-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida viloyatlardagi tadbirkorlik faoliyatini va aholi farovonligi darajasini o‘zaro muvofiq holda rivojlantirishda mavjud qo‘shimcha imkoniyatlar va o‘sish nuqtalarini aniqlashga erishilgan;
hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etilayotgan biznes-rejalarning muhim talablaridan biri sifatida ularning bevosita aholi farovonligini oshirishni ta’minlashga qaratilishi, tarkibiy qismlariga amaldagi moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda aholi turmush darajasini yuksaltirishga oid qo‘shimcha ko‘rsatkichlarning kiritilishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va ularni monitoring qilish boshqarmasi tomonidan “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni shakllantirishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 11 avgustdagi 01/02-17-8058-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlardagi tadbirkorlik faoliyati hamda aholi farovonligi natijalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasi kuchaygan;
tadbirkorlar tomonidan o‘z bilim va tajribalarini “yangi avlod”ga o‘tkazish jarayonining ustun ravishda vertikal yo‘nalishda va “kichik halqa” doirasida amalga oshirilishi nazariy asoslanib, mazkur amaliyot “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslar hisobiga “katta halqa” doirasiga o‘tkazilganda ularga nisbatan oldindan belgilangan holatlarda “ustuvorlik immuniteti”ni qo‘llash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va ularni monitoring qilish boshqarmasi tomonidan “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni shakllantirishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 11 avgustdagi 01/02-17-8058-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tadbirkorlik faoliyatiga yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish, bu boradagi ko‘nikma va tajribalarning yangi avlodga o‘tkazilish jarayonlarini faollashtirishga imkon yaratilgan.