Alieva Nadiraxon Abdumalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion menejment usullari asosida pillachilik tarmog‘ini boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2296.
Ilmiy maslahatchi: Umarxodjaeva Muyassarxon Ganievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Olimjon Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent kimyo texnologiya instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion menejment usullari asosida pillachilik tarmog‘ini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klaster tizimida faoliyat yuritayotgan pillachilik korxonalarini boshqarishda “ta’minot - ishlab chiqarish - sotish” jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik va uzviylikni ta’minlashda qarama-qarshi yo‘nalishda moslashuvchan yondashuvdan foydalanish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini takomillashtirish taklifi asoslangan;
pillachilik klasterlari tizimida vertikal integratsiya shaklida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyatini ishlab chiqarish quvvatlari jihatidan o‘zaro nomutanosib bo‘g‘inlariga innovatsion jarayonlarni tatbiq etish orqali muvofiqlashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
pillachilik korxonalari salohiyati va barqarorlik holatini baholash ularning moliyaviy, iqtisodiy, tashkiliy, investision faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha alohida natijalarida innovatsion tarkib salmog‘ining davriy o‘zgarishini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
tarmoq eksport hajmiga ta’sir etuvchi omillar, pilla ishlab chiqarish hajmi, tashkil etilgan pillachilik klasterlari soni va ularga yo‘naltirilayotgan investisiyalar hajmini hisobga olgan holda, Farg‘ona viloyatining pillachilik tarmog‘ining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion menejment usullari asosida pillachilik tarmog‘ini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
klaster tizimida faoliyat yuritayotgan pillachilik korxonalarini boshqarishda “ta’minot - ishlab chiqarish - sotish” jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik va uzviylikni ta’minlashda qarama-qarshi yo‘nalishda moslashuvchan yondashuvdan foydalanish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini takomillashtirish taklifidan «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tomonidan “Ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xartasi” va dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2022 yil 2 martdagi 1-1/357-son ma’lumotnomasi). Yangilikni Farg‘ona viloyati «Nurli tong silk» MChJ faoliyatiga joriy etilishi natijasida, klaster tizimining har bir bo‘g‘inning qo‘shilgan qiymat samaradorlik koeffisentini tahlil qilinib, qo‘shilgan qiymat zanjiridagi har bir bo‘g‘in faoliyatini qayta ko‘rib chiqqan holda optimallashtirilgan, bu esa o‘z navbatida, korxonada bir birlik mahsulotga ketgan ishlab chiqish xarajatlarini 7% ga pasaytirish imkonini bergan, “Vodil ipak yigiruv” ShK da bu ko‘rsatkich 2,7% ga kamaygan;
pillachilik klasterlari tizimida vertikal integratsiya shaklida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyatini ishlab chiqarish quvvatlari jihatidan o‘zaro nomutanosib bo‘g‘inlariga innovatsion jarayonlarni tatbiq etish orqali muvofiqlashtirish taklifidan «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tomonidan “Ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xartasi” va dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2022 yil 2 martdagi 1-1/357-son ma’lumotnomasi). Natijada “Vodil ipak yigiruv” ShKda 2021 yilda eksportda tayyor mahsulotlar hajmini 15% ga oshirish imkonini bergan;
pillachilik korxonalari salohiyati va barqarorlik holatini baholash ularning moliyaviy, iqtisodiy, tashkiliy, investision faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha alohida natijalarida innovatsion tarkib salmog‘ining davriy o‘zgarishini aniqlash taklifidan «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tomonidan “Ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xartasi” va dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2022 yil 2 martdagi 1-1/357-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni joriy etilishi, pillachilik tarmog‘ida klaster usulida faoliyat olib borayotgan «Nurli tong silk» MChJ va “Vodil ipak yigiruv” ShKlarning raqobatbardoshligini oshirishda korxonalar faoliyatini rejalashtirish va innovatsion strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan;
tarmoq eksport hajmiga ta’sir etuvchi omillar, pilla ishlab chiqarish hajmi, tashkil etilgan pillachilik klasterlari soni va ularga yo‘naltirilayotgan investisiyalar hajmini hisobga olgan holda, Farg‘ona viloyatining pillachilik tarmog‘ining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tomonidan “Ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xartasi” va dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2022 yil 2 martdagi 1-1/357-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi strategik rejalari ko‘rsatkichlarining aniqlik va o‘zaro muvofiqlik darajasini oshirish imkonini bergan.