Murtazaev Kuvondik Mustafaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bino va inshootlar konstruksiyalarini olov va issiqlik ta’siridan himoyalash usullarining nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish” 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi va 05.05.05 – Issiqlik texnikasining nazariy asoslari dissertatsiya mavzusini ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T487.
ilmiy maslahatchi: Muxiddinov Jaloliddin Nosirovich, texnika fanlari doktori, professor.
ilmiy maslahatchi: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponenetlar: Uzoqov G‘ulom Norboevich -texnika fanlari doktori, professor, Qarshi muxandislik iktisodiyoti nstituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori;
Umarov Farxodbek Yarkulovich - texnika fanlari doktori, professor, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “Misis”ning Olmaliq shaxridagi filiali direktori,
Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li - texnika fanlari doktori, professor, Toshkent kimyo-texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi bino va inshootlar konstruksiyalarini olovdan himoyalovchi, qavariqlanadigan hamda issiqlik fizik xususiyatlarga ega bo‘lgan polimer qoplamalarni resurstejamkor, ekologik xavfsiz texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
akril sopolimerlari va epoksid smolasi asosida yong‘indan himoyalovchi qavariqlanadigan qoplamalarni mahalliy va ikkilamchi xom ashyolardan yangi tarkibli polimer kompozitlarni gomogenlash yordamida ishlab chiqilgan;
yangi tarkibli polimer kompozit qoplamalar yaratishda polimer bog‘lovchilar, qavariqlanuvchi kimyoviy qo‘shimchalar, antipirenlarni turli nisbatlarda qo‘shilishi issiqlik ta’siri va qavariqlanish mexanizmi polimer bog‘lovchi, azot, fosfor va metall guruhlar hisobiga sodir bo‘lishi isbotlangan.
yangi tarkibli qavariqlanadigan polimer qoplamalar fizik-kimyoviy va mexanik xossalari polifunksional ta’sirga ega kimyoviy qo‘shimchalarni optimal nisbatlardan kelib chiqib polimer qoplamaning adgeziyasi 1 ball, maydalanish darajasi 40mkm, zarbga nisbatan mustahkamlik chegarasi 18-20 sm dan iborat ekanligi aniqlangan;
neft` va gaz sohasida qo‘llaniladigan yong‘indan himoyalovchi, qavariqlanadigan qoplamalarni yong‘in texnik talablari asosida kislorod indeksi 18% dan 42%gacha ko‘tarilgan va tutun hosil qilish koeffisienti 380 m2/kg dan 263 m2/kg gacha pasayganligi, qavariqlanish xususiyati 3-4 guruhga mansubligi aniqlangan;
yangi tarkibli yong‘indan himoyalovchi qavariqlanadigan polimer kompozitlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi past, issiqlik sig‘imi yuqori ekanligi, elektr o‘tkazuvchanligi va radiatsiya ta’siriga barqarorligi aniqlangan hamda issiqlik-fizik xususiyatlarini harorat o‘zgarish jarayonida matematik modeli ishlab chiqilgan;
yong‘indan himoyalovchi qavariqlanadigan polimer kompozitli qoplamalarni metall konstruksiya yuzasiga qo‘llashda kritik harorat (500oS) va vaqt (60 daqiqa) da qoplamaning sarfi 1,9 kg/m2 hamda kritik harorat (500oS) va vaqt (90 daqiqa) da qoplamaning sarfi 2,6 kg/m2 samarador ekanligi aniqlangan;
yangi tarkibli akril sopolimeri va epoksid smolasi asosidagi polimer kompozit qoplamalarning harorat ta’sirida qavariqlanishi hisobiga metall konstruksiyalarni 200-500oS haroratlar oralig‘ida olov va issiqdan himoyalovchi qavariqlanadigan polimer kompozit lok-bo‘yoq mahsulotini ishlab chiqish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bino va inshootlar konstruksiyalarini yong‘indan himoyalovchi, qavariqlanadigan qoplamalarni ishlab chiqish va ularni issiqlik fizik xususiyatlarining ilmiy asoslarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft` va gaz sohasida (St3-marka) metall konstruksiyalarni yong‘indan himoyalashda qo‘llaniladigan yong‘indan himoyalovchi, qavariqlanuvchi qoplamalar ishlab chiqilib, Muborak gazni qayta ishlash zavodida (2021 yil 20 oktyabrdagi 08-02/FX-3917-son ma’lumotnomasi), Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasida (2022 yil 9 iyundagi OP04/EM-2021-son ma’lumotnomasi), Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida (2022 yil 9 iyundagi 001/2128-son ma’lumotnomasi) joriy qilingan. Mazkur ma’lumotnomalarda ishlab chiqarish jarayonida qavariqlanuvchi qoplamalar metall konstruksiyalarni yong‘in va korroziyadan yuqori darajada himoyalash imkoniyatini bergan;
polifunksional yong‘indan himoyalovchi qavariqlanadigan polimer qoplamalarni “Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi bino-inshootlarni metall konstruksiyalarni (St3-marka) yong‘indan himoyalash maqsadida amaliyotga joriy qilingan (2022 yil 8 iyundagi 233-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p tonnajli mahsulotlarini ishlab chiqarishda resurstejamkor va ekologik xavfsiz metall konstruksiyalarda himoya vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini bergan.