Sayt test rejimida ishlamoqda

Sherov Mansur Boltaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston harbiy xizmatchilarida kreativ tafakkurni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal493.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Nazar, falsafa fanlari doktori, professor; Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston harbiy xizmatchilarida kreativ tafakkurni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh harbiy xizmatchilarning kreativ tafakkur uslubini shakllantirishda shaxsiy xulq-atvor va kasbiy madaniyat, vatanparvarlik, qat’iy xarakter, tashabbuskorlik, jasoratni rivojlantirish hamda mamlakat harbiy salohiyatini yuksaltirishda ijodiy mahorat, taktik va strategik yondashuv, kasbiy faollik, axloqiy poklik, kreativ qarorlarni qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini yuksaltirish tamoyillarining prakseologik ahamiyati falsafiy jihatdan asoslangan;
harbiy ta’lim sohasini modernizatsiya qilishda yoshlarda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishning konseptual dasturi, harbiy ilm-fanning yangi sifat darajasi va imijini yaratish, harbiy va innovatsion makonda o‘z faoliyatini amalga oshira oladigan professional va intellektual rivojlangan ofiserlar korpusini tayyorlashga oid institusional o‘zgarishlar tizimi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
harbiy xizmatchilarda kreativ tafakkurni shakllantirishda shaxsning motivatsion-ijodiy faolligi va emotsional-irodaviy sifatlari kabi harbiy xizmatga motivatsion-qadriyatli munosabat, professional bilimdan ijodiy foydalanish va ijodiy tafakkurning rivojlanganligi kabi intellektual-ijodiy ko‘nikma, axborotni qayta ishlay olish va tanqidiy tafakkur kabi shaxsiy faoliyatini refleksiyalashning strategik yo‘nalishlari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslangan;
harbiy xizmatchilarda kreativ tafakkurni shakllantirishning muammoni ilgari surish, farazni o‘zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish kabi intellektual, originallik, semantik moslashuvchanlik, semantik spontan moslashuvchanlik kabi pedagogik, analitik protsedura, konsentratsiya, fikrlarni inkubatsiya qilish kabi psixologik mexanizmlarini tadbiq qilish imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston harbiy xizmatchilarida kreativ tafakkurni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini o‘rganish doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yosh harbiy xizmatchilarning kreativ tafakkur uslubini shakllantirishda shaxsiy xulq-atvor va kasbiy madaniyat, vatanparvarlik, qat’iy xarakter, tashabbuskorlik, jasoratni rivojlantirish hamda mamlakat harbiy salohiyatini yuksaltirishda ijodiy mahorat, taktik va strategik yondashuv, kasbiy faollik, axloqiy poklik, kreativ qarorlarni qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini yuksaltirish tamoyillarining prakseologik ahamiyati oid natijalar va xulosalardan Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNICEF Bolalar fondi bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonda xalqaro standartlar asosida ijtimoiy ish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish” (2019-2020 yy) loyihasi doirasida ijtimoiy buyurtma asosida tayyorlangan Ijtimoiy ishga kirish darsligining Ijtimoiy ishning odob va axloq muammolari, Zamonaviy dunyoda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash modellari, Ijtimoiy ishning globalizatsiyasi, O‘zbekistonda ijtimoiy ishni rivojlantirish bo‘limlarini yaratishda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 4 noyabrdagi 10-4389-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarda kreativ tafakkurini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy islohotlarga doir nazariy umumlashma, tahlil va tavsiyalar tayyorlangan darslikni ilmiy jihatdan takomillashtirishga va mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
davlat va jamiyat qurilishida harbiy ta’lim sohasini modernizatsiya qilishdagi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishning konseptual dasturi, harbiy ilm-fanning yangi sifat darajasi va imijini yaratish, harbiy va innovatsion makonda o‘z faoliyatini amalga oshira oladigan professional va intellektual rivojlangan ofiserlar korpusini tayyorlashga oid institusional o‘zgarishlar tizimiga oid ilmiy-nazariy g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda “Ajdodlarimiz jasorati - mangu barhayot” madaniy-ma’naviy tadbirlar, targ‘ibot aksiyalari, “uch avlod vakillari uchrashuvlari”ni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 788-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilgari surilgan konstruktiv g‘oyalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ko‘maklashish, mamlakatimizdagi barcha viloyat, tuman va shaharlarda Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining qahramonliklari, o‘zbek xalqining front ortidagi fidokorona mehnati va g‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissasi, front hududlaridan respublikamizga ko‘chirib keltirilgan yuz minglab insonlarga nisbatan ko‘rsatgan yuksak insonparvarlik fazilatlarini har tomonlama chuqur aks ettiradigan harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
harbiy xizmatchilarda kreativ tafakkurni shakllantirishning shaxsning motivatsion-ijodiy faolligi va emotsional-irodaviy sifatlari kabi harbiy xizmatga motivatsion-qadriyatli munosabat, professional bilimdan ijodiy foydalanish va ijodiy tafakkurning rivojlanganligi kabi intellektual-ijodiy ko‘nikma, axborotni qayta ishlay olish va tanqidiy tafakkur kabi shaxsiy faoliyatini refleksiyalashning strategik yo‘nalishlariga doir nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-2017-0930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2021 yil 19 oktyabrdagi 04-3233-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va O‘zbekistonda zamonaviy harbiy xizmatchi faoliyatidagi kreativ tafakkurni shakllantirish muammolarini o‘rganish harbiy sohadagi ijtimoiy va ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga, jamiyat taraqqiyotini mustahkamlashga xizmat qilgan;
harbiy xizmatchilarda kreativ tafakkurni shakllantirishning muammoni ilgari surish, farazni o‘zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish kabi intellektual, originallik, semantik moslashuvchanlik, semantik spontan moslashuvchanlik kabi pedagogik, analitik protsedura, konsentratsiya, fikrlarni inkubatsiya qilish kabi psixologik mexanizmlariga oid ilmiy-nazariy g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti kursantlari uchun tayyorlangan “Harbiy – siyosiy geografiya” hamda “Mamlakatshunoslik” darsliklarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtining 2022 yil 21 yanvardagi 140 hamda 143-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilgari surilgan konstruktiv g‘oyalar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarda kreativ tafakkurini shakllantirishning ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy xususiyatlari aniqlangan va darslikni ilmiy jihatdan takomillashtirishga va mazmunan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish