Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘razov Bobir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jaloliddin Rumiy insonga oid ta’limotining falsafiy-axloqiy asoslari”, 09.00.03 - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal241.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Sohibnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jaloliddin Rumiyning insonga oid ta’limotidagi falsafiy-axloqiy qarashlarning inson ma’naviy kamolotidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jaloliddin Rumiyning boy ma’naviy merosida ifodalangan inson “olam mehvari”, olamdagi harakat, o‘zgarish va yangilanishlarni insonda mushohada etish va inson orqali tushuntirish, ilohiy muhabbat, ishqiy tafakkur, ruhning noma’lum manzaralarini kashf etish to‘g‘risidagi falsafiy-axloqiy g‘oyalarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan antropotsentristik, gnoseologik, psixoanalitik, parapsixologik, ekzistensial va dialektik jihatlari isbotlab berilgan;
mutasavvifning “Masnaviyi ma’naviy”, “Fihi mo fihi” asarlarida “Vahdat ul-vujud” ta’limoti ta’sirida bayon qilingan insonning ma’naviy va moddiy borlig‘iga oid taqdir, erk va ixtiyor, suvrat va ma’no, aql va ruh, vaqt va zamon, inson tiynati kabi qarashlarining ma’rifat, komil inson axloqi, inson hislari parvozini ifodalashi hamda milliy ma’naviyatni boyitishi sababli inson kamolotiga konstruktiv ta’sirchanligi dalillangan;
Jaloliddin Rumiy ilgari surgan tana, ruh, nafs o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik haqidagi g‘oyalar asosida mutasavvif “komil inson” konsepsiyasining shukronalik, haqiqatparvarlik, qat’iyatlilik, e’tiqod mustahkamligi mezonlari hamda tavhid darajalarining (qudsiy, shuhudiy, vujudiy) irodaviy mohiyati asoslab berilgan;
Jaloliddin Rumiyning axloqiy munosabatlar tizimini tartibga solishdagi sabr-toqat, iroda va ma’rifat, nafs va hirsni tiyish, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik g‘oyalari asosida zamonaviy yoshlar tarbiyasida mustahkam iroda, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibat, mas’uliyat, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik kabi strategik yo‘nalishlarni belgilash hamda ma’naviy tarbiyaning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini optimallashtirish imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jaloliddin Rumiy insonga oid ta’limotining falsafiy-axloqiy asoslarini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Jaloliddin Rumiyning boy ma’naviy merosida ifodalangan inson “olam mehvari”, olamdagi harakat, o‘zgarish va yangilanishlarni insonda mushohada etish va inson orqali tushuntirish, ilohiy muhabbat, ishqiy tafakkur, ruhning noma’lum manzaralarini kashf etish to‘g‘risidagi falsafiy-axloqiy g‘oyalarining ilm-fan taraqqiyoti hissasiga qo‘shgan antropotsentristik, gnoseologik, psixoanalitik, parapsixologik, ekzistensial va dialektik jihatlariga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan OT-F1-002 “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy) fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 22 oktyabrdagi 04-04/01-797-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning tasavvufiy va umuminsoniy qadriyatlar, insoniy fazilatlar, axloqiy me’yor, tamoyillar, nafs hamda ruhga oid bilimlarining kengayishiga xizmat qilgan;
mutasavvifning “Masnaviyi ma’naviy”, “Fihi mo fihi” asarlarida “Vahdat ul-vujud” ta’limoti ta’sirida bayon qilingan insonning ma’naviy va moddiy borlig‘iga oid taqdir, erk va ixtiyor, suvrat va ma’no, aql va ruh, vaqt va zamon, inson tiynati kabi qarashlarining ma’rifat, komil inson axloqi, inson hislari parvozini ifodalashi hamda milliy ma’naviyatni boyitishi sababli inson kamolotiga konstruktiv ta’sirchanligi oid ilmiy xulosalaridan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy va metodik o‘qishlarida, Jaloliddin Rumiy falsafiy-axloqiy qarashlari asosida al`bomlar, ilmiy-ommabop hujjatli fil`mlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash, markaz tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 24 noyabrdagi 02/462-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ajdodlar ma’naviy-ilmiy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga, axloqiy munosabatlar tizimini tartibga solishga, umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat ko‘nikmalarining shakllanishiga, inson kamolotiga oid qarashlarining takomillashuviga xizmat qilgan;
Jaloliddin Rumiyning axloqiy munosabatlar tizimini tartibga solishdagi sabr-toqat, iroda va ma’rifat, nafs va hirsni tiyish, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik g‘oyalari asosida zamonaviy yoshlar tarbiyasida mustahkam iroda, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibat, mas’uliyat, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik kabi strategik yo‘nalishlarni belgilash hamda ma’naviy tarbiyaning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini optimallashtirish imkoniyatlariga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi IV yo‘nalishiga oid yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 18-bandi “Yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amxo‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllintirish” maqsadida “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” targ‘ibot dasturlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 21 iyundagi 204-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jaloliddin Rumiyning insonga oid ta’limotini falsafiy-axloqiy asoslarini targ‘ibot qilishga xizmat qilgan;
Jaloliddin Rumiy ilgari surgan tana, ruh, nafs o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik haqidagi g‘oyalar asosida mutasavvif “komil inson” konsepsiyasining shukronalik, haqiqatparvarlik, qat’iyatlilik, e’tiqod mustahkamligi mezonlari hamda tavhid darajalarining (qudsiy, shuhudiy, vujudiy) irodaviy mohiyatiga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 10 may kuni efirga uzatilgan “Yoshlar kelajagimiz” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 avgustdagi 01-11/426-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni ajdodlarimiz ilmiy, ma’naviy merosini chuqur anglashiga va jamiyatda tinchlik, hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilishda, yigit-qizlarning ma’naviy hamda kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish