Sayt test rejimida ishlamoqda

Atajanov Sarvar Samandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Erkin Samandarning fol`klorizmlardan foydalanish mahorati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil1735.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘ayipov Dilshod Qadambaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Gaylieva Ogulay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sobirova Nasiba Ergashevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Erkin Samandar asarlaridagi fol`klorizmlarning o‘rnini aniqlash, ularning asar badiiyatidagi rolini ko‘rsatish, muallifning xalq og‘zaki ijodidan foydalanishdagi mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fol`klorizmlarning Erkin Samandar ijodida qo‘llangan barcha turlari, xususan, oddiy fol`klorizmlarning badiiyatni ta’minlashdagi o‘rni ochib berilib, adibning maqol, matal, xalqona frazeologik birikmalar, qarg‘ish va olqishlar, fonopoetik vositalardan foydalanish mahorati baholangan;
 shoir she`riyatidagi stilizatsion fol`klorizmlarning badiiy-estetik va uslubiy vazifalari, “Sulton Jaloliddin”, “Qiron g‘ildiragi”, “Quyun izlari yoxud Ogahiy” kabi romanlari badiiyatida stilizatsion folklorizimlarning poetik funksiyasi aniqlanib, adib asarlardagi obrazlar va janrlar stilizatsiyasi, jumladan, ot obrazi stilizatsiyasida yozuvchining mahorati, qushlar obrazi stilizatsiyasida bayonchilikka yo‘l qo‘yilgani dalillangan;
fol`klor poetikasi va undagi mifologik obrazlar stilizatsiyasi qahramonlar milliy xarakterini shakllantirishda yozuvchining asosiy tamoyillaridan biri ekanligi, bu usulning asar mavzu doirasini kengaytirish va g‘oyaviy-badiiy salmoqdorligini yuksaltirishi isbotlangan;
yozuvchining yirik nasriy asarlarida analitik fol`klorizmlarning asar kompozisiyasida tutgan o‘rni, ularning xalq etnografiyasini voqealar tizimida aks ettirishdagi roli, asar tilining emotsional-ekspressiv xususiyatlarini yuksaltirishdagi ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. “Erkin Samandarning fol`klorizmlardan foydalanish mahorati” tadqiqot ishi bo‘yicha olingan  ilmiy natijalardan:
adibning ko‘plab she’rlarida xalq maqollari, rivoyatlari, tarixiy voqealar sintezlashtirish yo‘li bilan asarga singdirib yuborilgani, “Quyun izlari yoxud Ogahiy”, “Qiron g‘ildiragi”, “Sulton Jaloliddin” romanlarida ham xalq afsona va rivoyatlari asar badiiyatida katta o‘rin egallaganligi to‘g‘risidagi xulosalardan 2012-2016 yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqoti loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 2 fevraldagi 17.01/27-son ma’lumotnomasi). Natijalar oddiy va murakkab fol`klorizmlarni asar badiiyatidagi o‘rnini tadqiq qilish orqali bunday fol`klor an’analarini biror adib ijodi misolida o‘rganish adabiyotshunoslik uchun muhim degan xulosaga kelishga asos bo‘lgan;
Erkin Samandar she’riyatida xalq og‘zaki ijodiga xos obrazlar stilizatsiyaga uchragani (Omon Sardor, Chori cho‘pchi va boshqalar), “Quyun izlari yoxud Ogahiy“ (Siddiq polvon obrazi), “Sulton Jaloliddin” (Qambarniso obrazi) romanlarida ham adib stilizatsiya usulida mahoratini namoyon qilgani, shuningdek, ot obrazi (Saman, Qorabayir), tush motivi ifodasida yozuvchi o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanishi, afsona, mif, rivoyatlar sintezlashuvida adib mahorati namoyon bo‘lishi kabi xulosalardan 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005-raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqoti loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 9 fevraldagi 17.01/28-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy adabiyotga fol`klorning ta’sirini belgilash orqali obrazlar tizimidagi va afsona, mif, rivoyatlar badiiy sintezidagi o‘zgarishlarni tadqiq qilish, shu orqali adib mahoratini namoyon qiluvchi jihatlarni o‘rganish lozim, degan xulosaga kelingan;  
Erkin Samandar she’riyatida, nasriy va dramatik asarlarida oddiy fol`klorizmlar: maqol, matal, frazeologik birikmalar, olqish va qarg‘ishlar katta o‘rin tutishi, ular asar badiiyatida o‘ziga xos o‘rin egallaganligi kabi xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Xorazm” telekanalining “Assalom, Xorazm”, “Xorazmnoma” ko‘rsatuvlari ssenariylarini yaratishda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 13 fevraldagi 105-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning Erkin Samandar ijodi, asarlarining g‘oyaviy yo‘nalishi, mavzu qamrovi, ulardagi oddiy fol`klorizmlar ifodasi, bu jarayondagi adib mahorati yuzasidan bilimlari boyishiga erishilgan;
Respublika Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan turli adabiy-ma’rifiy tadbirlarda, xususan, Erkin Samandar tavallud kuni, zamonaviy Xorazm adabiy muhiti bo‘yicha tashkil etilgan anjumanlar ssenariysini tayyorlashda xalq og‘zaki ijodi yozma adabiyot rivojida asos vazifasini o‘taganligi, shoir va yozuvchilar mahorati fol`klorizmlarni qo‘llashda ham yaqqol ko‘rinishi kabi  xulosalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limining 2022 yil 14 fevraldagi 45-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm adabiy muhiti vakillari, xususan, Erkin Samandar ijodi fol`klor an’analari ta’sirida takomil topgani ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish