Ortiqov Otabek Inomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixi taraqqiyotini yoritish muammolari», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal411.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.   
IK faoliyat ko‘rsataѐtgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Ro‘zmatova Gulnoz Mirahrarovna, falsafa fanlari doktori, professor.  
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mamajon Axmadjonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Zoirov Erkin Xalilovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti tarixini yoritish muammolarining falsafiy-tarixiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davrida ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotining mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy-ma’naviy asoratlarini bartaraf etish, ezg‘u g‘oya va ideallarni singdirish, Sharq xalqlari falsafiy merosini chuqur o‘rganish, ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish, milliy g‘oya va mafkura tamoyillarini o‘zida aks ettirish, barkamol avlodni tarbiyalashning samarali usul va imkoniyatlarini optimallashtirish kabi strategik yo‘nalishlari mantiqan dalillangan;
“ijtimoiy-falsafiy meros” tushunchasining milliy va umuminsoniy mohiyati hamda yangi ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixiy merosga noxolis yondashuvlar, islomdagi diniy-irfoniy, axloqiy merosni inkor qilish, global makondagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy jarayonlarni anglash, milliy ma’naviyat paradigmalarini yaratish, turli ekspansiyalardan himoya qilish muammolari mavjudligi sababli ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot uchun zarurat ekanligi asoslab berilgan;
mustaqillik yillarida ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va gumanistik meros yuzasidan izlanishlar olib borilganligi, ayni vaqtda ma’naviy tahdidlarning ortishi, ma’naviy tarbiya mexanizmlarini optimallashtirish bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi hamda ijtimoiy-falsafiy merosning Uchinchi Renessansning ilmiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash, islom sivilizatsiyasini rivojlantirish, jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini ommalashtirish orqali bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan;
milliy g‘oyani targ‘ib etishda Markaziy Osiyo mutafakkirlari ma’naviy-axloqiy, gumanistik fikrlarining yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur, mehnatsevarlik, irodalilik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga oid tarbiyaviy ahamiyati hamda barkamol avlodni tarbiyalashdagi diniy va dunyoviy qarashlarni rivojlantirish, ilm-ma’rifatni yuksaltirish, insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarni shakllantirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixi, uning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash  jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
mustaqillik davrida ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotining mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy-ma’naviy asoratlarini bartaraf etish, ezg‘u g‘oya va ideallarni singdirish, Sharq xalqlari falsafiy merosini chuqur o‘rganish, ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish, milliy g‘oya va mafkura tamoyillarini o‘zida aks ettirish, barkamol avlodni tarbiyalashning samarali usul va imkoniyatlarini optimallashtirish kabi strategik yo‘nalishlariga doir ilmiy natija va yangiliklardan OT-F-100-raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy tokomillashuvi” (2017-2020 yy) fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 89-03-278-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatini ilmiy va amaliy jihatdan takomillashtirish maqsadida yangi ijtimoiy-falsafiy tafakkurni shakllantirish, shuningdek, gumanistik merosni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilgan;
“ijtimoiy-falsafiy meros” tushunchasining milliy va umuminsoniy mohiyati hamda yangi ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixiy merosga noxolis yondashuvlar, islomdagi diniy-irfoniy, axloqiy merosni inkor qilish, global makondagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy jarayonlarni anglash, milliy ma’naviyat paradigmalarini yaratish, turli ekspansiyalardan himoya qilish muammolari mavjudligi sababiga ko‘ra ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot uchun zarurat ekanligiga oid ilmiy yangiliklar va takliflardan O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2019-2020 yillarda efirga uzatilgan “Bedorlik”, Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 5 yanvardagi O’z/R-1-08-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning falsafa tarixining mustaqillik davrida ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti manzarasi va unda milliy-madaniy xususiyatlarni aks etish holatlari haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va gumanistik meros yuzasidan fundamental tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsa-da, ayni vaqtda ekstremizm va fundamentalizmning kuchayishi, ma’naviy tahdidlarning ortishi, ma’naviy tarbiya mexanizmlarni optimallashtirish bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi hamda ijtimoiy-falsafiy merosning Uchinchi Renessansning ilmiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash, islom sivilizatsiyasini rivojlantirish, jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini ommalashtirish orqali bartaraf etish yo‘llariga doir nazariy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ajdodlarimiz merosini o‘rganishga bag‘ishlangan va yoshlarning ijtimoiy-falsafiy tafakkurini shakllantirish, bilimlarini mustahkamlash, munozara madaniyatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan o‘quv seminar, targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 19 yanvardagi 4-13-23-119-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz yoshlarining ajdodlarimiz merosi, ularning hozirgi kun yoshlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, ijtimoiy-falsafiy tafakkuriga ijobiy ta’siri borasidagi bilim darajasi, ularni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, hatti-harakatlarini keng miqyosda rivojlantirish va aqliy salohiyatini yuksaltirish imkonini bergan;
milliy g‘oyani targ‘ib etishda Markaziy Osiyo mutafakkirlari ma’naviy-axloqiy, gumanistik fikrlarining yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur, mehnatsevarlik, irodalilik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga oid tarbiyaviy ahamiyati hamda barkamol avlodni tarbiyalashdagi diniy va dunyoviy qarashlarni rivojlantirish, ilm-ma’rifatni yuksaltirish, insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarni shakllantirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyatiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror dasturining VIII bob “Xalqimizning tarixiy merosi,urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik,millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar” mavzuida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 24 martdagi 02/07-291-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz ilmiy-uslubiy faoliyati, amaliy tadbirlarni amalga oshirishda, shuningdek, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish