Sayt test rejimida ishlamoqda

Gudzina Viktoriya Anatol`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « XX asr rus va o‘zbek she’riyatida baxt mavzusi ifodasi  (A.Axmatova va Zulfiya ijodi misolida)», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.Ph D/Fil1615.
Ilmiy rahbar: Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Kiselev Dmitriy Anatol`evich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Pardaeva Zulfiya Juraevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarkand  davlat  universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrdagi rus va o‘zbek xotin-qizlar she’riyatida A.Axmatova va Zulfiyaning she’rlarini qiyosiy tadqiq etish asosida baxt kategoriyasi talqinidagi serqatlamlikni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va o‘zbek she’riyatida ayol mualliflarning poetik xulq-atvor modeli ularning gender xususiyatlari bilan turlicha bog‘liqligi hamda sof «ayol» lirikasining mavzu doirasi kengayganligi ayollar she’riyatida ikkita qarama-qarshi tomon – feminlik va maskulinlik jihatlari aks etganligi bilan shartlanganligi asoslangan;
Axmatova va Zulfiya badiiy olamidagi ustuvor xususiyatlar asosida ular she’riyatining mazmunli vektorini tashkil etuvchi dominant kategoriyalaridan biri sifatida baxt konsepti uch baxt – muhabbat, baxt – Vatan, baxt – ijod asosiy yo‘nalishlarda taqdim etilgan ko‘p komponentli xususiyatlarining umumlashtirilgan shakllari orqali ifodalanishi aniqlangan;
har ikkala muallif ijodining funksional-g‘oyaviy mushtarakligi baxt kategoriyasi talqinida ayollar she’riyati dunyoni idrok etishning va aks ettirishning o‘zgacha shakli sifatida felisitar mavzuning shaxsiy va ijodiy idrok etish usullari sintezi bilan belgilanishi dalillangan;
Axmatova ijodining felisitar konsepsiyasida shoirning baxti uning payg‘ambar missiyasida namoyon bo‘lsa, Zulfiya ijodining ma’no shakllantiruvchi yadrosi she’riy iste’doddan tug‘ilgan hamma narsa uzoq azoblardan keyin baxt keltirishi g‘oyasi badiiy-uslubiy vositalar orqali ta’minlanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr rus va o‘zbek shoiralari Anna Axmatova va Zulfiya ijodida baxt kategoriyasi talqini bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
XX asr rus va o‘zbek adabiyotida baxt kategoriyasining maishiy kategoriya sifatida badiiy taqdim etilishi, she’riy asarlarda o‘z aksini turli talqinlarda namoyon etishiga oid ilmiy xulosalardan F1-XT-19919 «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi ahamiyati» nomli  fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 maydagi 88-87-1351/04-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek she’riyatida baxt toifasini gender belgilari ufqi orqali tasavvur qilish, zamonaviy adabiy jarayonning muhim jihatlarini ishlab chiqish orqali ayol dunyoqarashining har xil xususiyatlarini aniqlash va dekodlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish imkoniyati yaratilgan;
har ikkala muallif ijodining funksional-g‘oyaviy mushtarakligi baxt kategoriyasi talqinida ayollar she’riyati dunyoni idrok etishning va aks ettirishning o‘zigacha shakli sifatida namoyon bo‘lishiga oid ilmiy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi «Nedelya» dasturidan o‘rin olgan  «Menda shunday qalb: O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tug‘ilgan kunning 106 yilligiga bag‘ishlangan» televizion axborotni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy telekompaniyasining 2021 yil 4 martdagi 232-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning Zulfiya she’riyati, uning boy ma’naviy dunyosi xususiyatlari haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar ko‘rsatuv mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Axmatova va Zulfiya badiiy olamidagi ustuvor xususiyatlar asosida ular she’riyatining mazmunli vektorini tashkil etuvchi dominant kategoriyalaridan biri sifatida baxt konseptining struktur funksional xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Rus madaniyati markazida o‘tkazilgan «Jenskaya poeziya v sovremennom literaturnom protsesse Rossii i Uzbekistana» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston rus madaniy markazining 2021 yil 25 sentyabridagi 02/94-son ma’lumotnoma). Natijada seminar ishtirokchilarining Anna Axmatova va Zulfiya she’riyatida kuylangan baxt mavzusi, undagi o‘xshash va farqli jihatlari yuzasidan tafakkurlarini boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish