Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdurazoqov Gulmurod Musurmonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Mafkuraviy omillarning O‘zbekiston yoshlari zamonaviy tafakkuri shakllanishiga ta’siri (ijtimoiy-falsafiy tahlil), 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal438.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor; Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida mafkuraviy omillarning yoshlar zamonaviy tafakkuri shakllanishiga ta’sirining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“mafkuraviy tamoyillar” tushunchasining g‘oya, mafkura, g‘oyalar tizimi, mafkuraviy tizimning tarkibiy qismi, g‘oyaviylik, mafkuraviy immunitet va mafkuraviy profilaktika, g‘oyaviy tarbiya kabi mezonlari, mafkuraviy faoliyat, mafkuraviy tahdid, mafkuraviy poligon kabi hodisalar, voqea va jarayonlarni, maqsad va muddaolarni aks ettiradigan eng muhim va umumiy tushunchalardan biri sifatidagi mazmun-mohiyati, ijtimoiy-falsafiy ta’sirchanligi ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston yoshlari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan mafkuraviy omillarning ilm-fan asoslarini chuqur egallash, kasbiy professional ko‘nikmalarga ega bo‘lish, axloqiy madaniyat va ma’naviy saviyani o‘stirish, mustaqil va ijodiy dunyoqarashni shakllantirish xususiyatlarining yosh avlodni g‘oyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetini mustahkamlash omili sifatidagi ahamiyati asoslab berilgan;
mafkuraviy omillar amaliyotining har bir yoshning kamolga etishish, amaliy faoliyatining maqsad-muddaolari bilan uzviy bog‘liqlik va ijtimoiy faollik bilan dialektik aloqadorlik qonuniyatlari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, idealga intilish va yoshlar ma’naviy qiyofasini takomillashtirish kabi xususiyatlarining innovatsion va kreativ ta’siri natijasida yoshlar tafakkurini yangilash va zamonaviy qiyofasini shakllantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
yoshlarni mafkuraviy omillar asosida kamolga etkazish jarayonining uzluksizligini ta’minlash mexanizmini yanada optimallashtirishga xizmat qiladigan oila – ta’lim – fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini takomillashtirish, milliy manfaatlarni ta’minlash xususiyatlariga oid nazariy xulosalar hamda g‘oyaviy savodxonlikni oshirish, ommaviy axborot vositalarining mafkuraviy tahdidlarga qarshi faoliyatini muvofiqlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonining g‘oyasizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora tadbirlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mafkuraviy omillarning O‘zbekiston yoshlari zamonaviy tafakkuri shakllanishiga ta’siri ijtimoiy-falsafiy tahlil etish asosida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“mafkuraviy tamoyillar” tushunchasining g‘oya, mafkura, g‘oyalar tizimi, mafkuraviy tizimning tarkibiy qismi, g‘oyaviylik, mafkuraviy immunitet va mafkuraviy profilaktika, g‘oyaviy tarbiya kabi mezonlar, mafkuraviy faoliyat, mafkuraviy tahdid, mafkuraviy poligon kabi hodisalar, voqea va jarayonlarni, maqsad va muddaolarni aks ettiradigan eng muhim va umumiy tushunchalardan biri sifatidagi mazmun-mohiyati, ijtimoiy-falsafiy ta’sirchanligi va kreativ-tarbiyaviy ahamiyatiga oid ilmiy xulosa va takliflardan IF 1-093 fundamental loyiha doirasida chop etilgan “Jahon falsafasi qomusi”ning “mafkura”, “mafkura omili”, “mafkura tamoyili” maqolalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2021 yil 22 iyundagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada, “mafkura”, “mafkura omili”, “mafkura tamoyili” tushunchalarini falsafiy o‘zaro dialektik bog‘liq substansional voqeliklar sifatida kelishi, deterministik va indeterministik mohiyati ochib berilgan va ularning mohiyatiga doir ilmiy xulosalar qomusni boyitishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston yoshlari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan mafkuraviy omillarning ilm-fan asoslarini chuqur egallash, kasbiy professional ko‘nikmalarga ega bo‘lish, axloqiy madaniyat va ma’naviy saviyani o‘stirish, mustaqil va ijodiy dunyoqarashni shakllantirish xususiyatlarining yosh avlodni g‘oyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetini mustahkamlash omili sifatidagi ahamiyatiga oid nazariy xulosa va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 iyul` 2017 yildagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” farmonida belgilangan vazifalarni, bajarishda, “Biz Vatanga tayanchmiz” aksiyasi, “Eng buyuk jasorat - ma’naviy jasoratdir” mavzuidagi davra suhbatlari chora-tadbirlar rejasi hamda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 11 noyabrdagi 04-13/2705-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tafakkurini yangilanishiga, innovatsion va zamonaviy dunyoqarashni yoshlar qiyofasida shakllantirishga hamda ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitet va zamonaviy tafakkurning shakllanishiga xizmat qilgan;
mafkuraviy omillar amaliyotining har bir yoshning kamolga etishish, amaliy faoliyatining maqsad-muddaolari bilan uzviy bog‘liqlik va ijtimoiy faollik bilan dialektik aloqadorlik qonuniyatlari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, idealga intilish va yoshlar ma’naviy qiyofasini takomillashtirish kabi xususiyatlarining innovatsion va kreativ ta’siri natijasida yoshlar tafakkurini yangilash va zamonaviy qiyofasini shakllantirish mexanizmlariga oid ilmiy-nazariy g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror dasturining III. bob “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, akidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar” targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 2 dekabrdagi 02/07-1051-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston davlatining modernizatsiyasi va yoshlarga doir siyosatida mafkuraviy omillarning yoshlar imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda samarali yo‘llari va usullari ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
hozirgi yoshlarni mafkuraviy omillar asosida kamolga etkazish jarayonining uzluksizligini ta’minlash mexanizmini yanada optimallashtirishga xizmat qiladigan oila – ta’lim – fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini takomillashtirish, milliy manfaatlarni ta’minlash xususiyatlariga oid nazariy xulosalar hamda g‘oyaviy savodxonlikni oshirish, ommaviy axborot vositalarining mafkuraviy tahdidlarga qarshi faoliyatini muvofiqlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonining g‘oyasizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora tadbirlariga oid nazariy xulosalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining bir qator ko‘rsatuvlari, “Biz tomonlarda” teledasturining  ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali AJning 2021 yil 27 sentyabrdagi 14-01-153-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston davlatining modernizatsiyasi va yoshlarga doir siyosatining mafkuraviy omillari, yoshlar imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning samarali yo‘llari, zamonaviy yosh avlodning g‘oyaviy-mafkuraviy omillar ta’sirida kamolga etishishida olib borilayotgan goyaviy-mafkuraviy jarayonlarga oid ko‘rsatuvlarning mazmunini boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish