Ishankulova Gavxar Norkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining hosildorligi va texnologik sifat ko‘rsatkichlarining o‘rim muddatlariga bog‘liqligi”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx291.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Zoxidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Jonibek Bozorovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Egamov Ilxomjon Urayimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar ekspremental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining turli tuproq-iqlim sharoitlarida kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining hosildorligi va texnologik sifat ko‘rsatkichlariga o‘rim muddatlarining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining turli tuproq-iqlim sharoitlarida Yaksart, Turkiston, G‘ozg‘on, Krasnodarskaya-99 va Selyanka kuzgi bug‘doy navlarining hosildorligi, donning texnologik va urug‘lik sifat ko‘rsatkichlarini  don namligiga asoslangan muddatdagi o‘rimlar ta’siri aniqlangan;
hosil strukturasini o‘rim-yig‘imning turli muddatlarida mintaqalar kesimida o‘zgarishi va etishtirilgan bug‘doy donining 20-22%, 14-16%, 10-12% va 8-9% namliklarda boshoq og‘irligi va boshoqdagi donlar soni aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida xorijiy seleksiyaga mansub Selyanka va Krasnodarskaya-99 (70,3-72,4 s/ga), o‘rta mintaqada mahalliy Yaksart va G‘ozg‘on (66,7-69,3 s/ga) cho‘l hududlarida mahalliy Turkiston navlari yuqori (57,3 s/ga) hosil berishi aniqlangan;
turli tuproq-iqlim sharoitida bug‘doy navlarining rivojlanish fazalarida barg sathi tog‘ oldi hududida navlarda eng yuqori ko‘rsatkich gullash fazasida 55659,5 m2/ga ni tashkil etib, cho‘l hududiga nisbatan 11076,2 m2/ga, yarim cho‘l hududiga nisbatan 1783,8 m2/ga barg sathining ortishi aniqlangan;
turli tuproq-iqlim mintaqalarida kuzgi bug‘doy navlarini turli namlikda o‘rib olish muddatlarini donning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri viloyatning markaziy (Qarshi) va cho‘l (Kasbi) hududlarida o‘simliklar mum pishish davrida yuqori harorat molekulalararo oqsil disulfidli bog‘lanishlari tufayli oqsil molekulalarining faolroq to‘planishi va kleykovina miqdori (29,9-30,7%), tog‘ oldi (Shahrisabz) hududida esa mum pishish davridagi iliq harorat (24,2-26,1 oS) va havoning nisbiy namligi (45,1-52,7%) ta’sirida donning to‘liq pishish fazasida yuqori (28,9%) bo‘lishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy navlarini turli tuproq-iqlim sharoitlari va navning biologiyasiga bog‘liq holda, donning namligi 14-16% bo‘lganda tog‘ oldi mintaqada Krasnodarskaya-99 (56,3%) va Selyanka (51,8%), markaziy mintaqada G‘ozg‘on (49,7%) va Yaksart (43,9%), cho‘l mintaqada Turkiston (23,7%) navlarida rentabellik darajasi yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining hosildorligi va texnologik sifat ko‘rsatkichlarining tashkil etiladigan o‘rim muddatlariga bog‘liqligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
G‘ozg‘on navi don tarkibidagi namlik 14% bo‘lganda To‘qsonov Rahim Ravshvnovich f/x (Shaxrisabz hududida) 25 gektar, Hazratqul o‘g‘li Muhammadi f/x (Qarshi hududida) 20 gektar, jami 45 gektar maydonda o‘rish joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 12 noyabrdagi 02/021–4575–son ma’lumotnomasi). Natijada G‘ozg‘on navidan 56,4-55,7 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 45,1-37,7%, iqtisodiy samaradorlik 2717,0-2363,5 ming so‘mni tashkil etgan;
Krasnodarskaya-99 navi don tarkibidagi namlik 14% bo‘lganda Kesh paxlavon Boboqul fermer xo‘jaligi (Shaxrisabz hududida) 40 gektar maydonda o‘rish joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 12 noyabrdagi 02/021–4575–son ma’lumotnomasi). Natijada Krasnodarskaya-99 navidan 52,5 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 34,1%, iqtisodiy samaradorlik  2067,5 ming so‘mni tashkil etgan;
Yaksart navi don tarkibidagi namlik 14% bo‘lganda Hazratqul o‘g‘li Muhammadi f/x (Qarshi hududida) 20 gektar, Hamzaev Asadbek f/x (Kasbi hududida) 25 gektar, jami 45 gektar maydonda o‘rish joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 12 noyabrdagi 02/021–4575–son ma’lumotnomasi). Natijada Yaksart navidan o‘rtacha 54,5-52,8 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi 35,3-32,6% ni, iqtisodiy samaradorlik 2202,5-2014,0 ming so‘mni tashkil etgan;
Turkiston navi don tarkibidagi namlik 14% bo‘lganda Hamzaev Asadbek f/x (Kasbi hududida) 20 gektar maydonda o‘rish joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 12 noyabrdagi 02/021–4575–son ma’lumotnomasi). Natijada 53.8 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi 32,2% ni, iqtisodiy samaradorlik 2029,0 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish