Danieva Maysara Djamalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tilida otli so‘z birikmalarining derivatsion-funksional va matn shakllantirish xususiyatlari», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil117.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori; Ibrohimxo‘jaev Ismoilxo‘ja Ibrohimxo‘jaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: so‘z birikmalarini ko‘pjihatli hodisa sifatida talqin qilish asnosida ularning semantik-funksional, derivatsion xususiyatlari hosil bo‘lishining konseptual asosini aniqlash hamda ushbu xususiyatlarning shakllanishi, ularning matn tuzilishidagi ishtirokini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘z birikmalarining kategorial belgilari – yaxlitlik, mahsuldorlik, erkinlik, informativlik, konnotativlik tizimi ishlab chiqilgan;
so‘z birikmasini til tizimining leksik qatlamiga xos birlik sifatida o‘rganish g‘oyasi dalillangan;
so‘z birikmasi konseptual strukturasi shakllanishining kognitiv asoslari isbotlab berilgan;
ingliz tili so‘z birikmasi tizimiga oid derivatsion modellar guruhlarga ajratilib, ularning konseptual negizi dalillangan;
so‘z birikmalarining matn shakllantirish xususiyatlari o‘rganilib, ularning matn kogerentligi va kommunikativ-pragmatik mazmun ifodasidagi o‘rni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ingliz tilida otli so‘z birikmalarining derivatsion-funksional va matn shakllantirish xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
so‘z birikmalarining o‘rni, kategorial belgilari, derivatsion-funksional xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan OT-F8-085 «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» (2007-2012) hamda OT-F8-002 “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” (2007-2011) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Fan texnologiyalar agentligining 2017 yil 27 oktyabrdagi FTA-02-11/962-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘z birikmalari derivatsiyasi muammolariga doir xulosalar chiqarish va inson ijtimoiy qiyofasini tasvirlashda so‘z birikmalariga oid to‘plangan ma’lumotlardan foydalanish, so‘z birikmalarining bunday ko‘pqamrovli o‘rganilishi ularning tub mohiyatini batafsil aniqlash bilan bir qatorda, har bir hodisaning alohida jihatlari, tizimda tutgan o‘ziga xos o‘rnini belgilash imkonini bergan;
ingliz tili so‘z birikmalari qo‘llanilishida ifodalanadigan mazmun ish-harakatning sodir bo‘lish o‘rni, makonini ko‘rsatish va ma’lum faoliyat jarayonida ishtirok etish ma’nosi bilan bog‘liq natijalaridan “Lingvistik tahlil asoslari”, “So‘z semantikasi”, “Matn lingvistikasi”, “Kognitiv tilshunoslik” kabi fanlarni o‘tishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 89-03-2506 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ingliz tili grammatikasi, nutq amaliyoti, stilistika, leksikologiya kabi fanlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishda xizmat qilgan;
so‘z birikmalarining ingliz tilini o‘rganishda qo‘llanilishi bo‘yicha olingan natijalardan Qashqadaryo viloyat televideniesi orqali doimiy ravishda namoyish etilayotgan “Keling, ingliz tilini o‘rganamiz” nomli turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi, 2017 yil 21 sentyabrdagi 12-09-725-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘z birikmalariga oid to‘plangan ma’lumotlardan ingliz tilini o‘rganishda kengroq foydalanish imkoni yaratilgan.