Mamatova Irodaxon Yusupovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ichak yallig‘lanishi kasalliklarini davolashda  ishlatiladigan dorivositalarining kimyoviy tarkibi va xalq tabobatida qo‘llanilishi», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/K134.
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibrohim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xojimatov Maxsadbek Muydinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichak yallig‘lanishi kasalliklarini oldini olish va davolash hususiyatiga ega bo‘lgan biologik faol moddalar saqlagan oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish, ularni kasallikni davolashdagi ta’sir mexanizmlarini aniqlash va kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha kod raqamlari ishlab chiqish orqali amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichak yallig‘lanishiga qarshi samarali davolash hususiyatga ega yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat qo‘shilmalari yordamida ichak yallig‘lanishini davolashning yangi usuli ishlab chiqilgan;
a-pinen, β-kariofillen, sennozid A, degidrokversetin, rutin, kversetin kabi oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidan ajratib olingan moddalarni ichak yallig‘lanishida qo‘llaniladigan mesolazin, sul`fasalazin, tofatsitinib kabi sintetik preparatlarga solishtirish orqali PASS (Prediction of Activity Spectra for Substances), GUSAR, molekulyar doking in silico bashorat usullari yordamida biologik faolliklarini bashorat qilish modeli aniqlangan;
“Sanjam” va “Oltin vodiy” oziq-ovqat qo‘shilmalarining ichak yallig‘lanishi kasalliklarini davolash va oldini olish hususiyatiga ega ekanligi isbotlangan;
“Sanjam” va “Oltin vodiy” oziq-ovqat qo‘shilmalariga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Sanjam” va “Oltin vodiy” oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish va ulardan ajratib olingan moddalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi asosida sinflash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Sanjam” va “Oltin vodiy” yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma olingan (ruxsatnoma, №001397, 2022 y. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining  2020 yil 2 oktyabrdagi 06.8/1447-son xati). Natijada,, tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish  imkonini bergan.
“Sanjam” va “Oltin vodiy” oziq-ovqat qo‘shilmalarini “Oltin Vodiy  tabiati” MChJ da yalpi mahsulot sifatida ishlab chiqarish uchun  O‘zbekiston Respublikasi Milliy Sertifikatlash tizimi tomonidan muvofiqlik sertifikati olingan (№UZ.SMT.01.378.2476508, 2020 y.; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik nazorat markazining 2020 yil 3 noyabrdagi 298521-son xulosasi). Natijada, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida identifikatsiyalash imkonini bergan.
“Sanjam” oziq-ovqat qo‘shilmaciga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha “sano o‘simligi asosida tayyorlangan, ayrim dorivor o‘simlik qismlari bilan boyitilgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun – 1212 99 950 3 kod raqami TIF TNni navbatdagi tahririga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 1 iyuldagi 16/05-22-0372-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichak yallig‘lanishini davolovchi oziq-ovqat qo‘shilmalarini import va eksport qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish