Yunusova Xilola Ravshan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vizual poetik matnlarning pragma-kognitiv tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4PhD/Fil2155.
Ilmiy rahbar: Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona  davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Hamraeva Hulkar Hamidullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vizual poetik matnlarning struktur, semantik, pragmalingvistik va lingvokognitiv  jihatlarini ochib berishdan iborat.
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vizual poetik matnlar ikki yoki undan ortiq semiotik kodlardan iborat mul`tisemiotik tizim ekanligi, ularning vizual tarkibiy qismi grafik birliklardan tashkil topganligi aniqlangan;
poetik matnlarda verbal va vizual vositalar asosida ifodalangan turli mazmuniy munosabatlar hamda ular orqali yuzaga chiqadigan real, konseptual, tagma’noli axborot turlarining alohida yoki birgalikda namoyon bo‘lishi dalillangan;
vizual poetik matnlar turli grafik va leksik-semantik birliklar uyg‘unlashuvi asosida vujudga kelishi, ayrim vizual poetik matnlarda shakliy ifoda talabi bilan sintaktik qurilishning buzilishi, ko‘chim turlari va sintaktik-stilitik figuralarning verbo-vizual turlari ham mavjudligi isbotlangan;
vizual poetik matnlardagi ikoniklik va metaforiklik kabi til hodisalari o‘rtasidagi mazmuniy aloqadorlik va ularning parallel ravishda namoyon bo‘lishi  pragmatik jihatdan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vizual poetik matnlarning pragma-kognitiv tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
vizual poetik matnlar ikki yoki undan ortiq semiotik kodlardan iborat mul`tisemiotik tizim ekanligi, ularning vizual tarkibiy qismi grafik birliklardan tashkil topganligi haqida berilgan xulosa va tavsiyalardan “Pragmalingvistika asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan 418-045-raqamli ruxsatnoma). Natijada darslik poetik matnlarning pragma-kognitiv tadqiqiga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
poetik matnlarda verbal va vizual vositalar asosida ifodalangan turli mazmuniy munosabatlar hamda ular orqali yuzaga chiqadigan real, konseptual, tagma’noli axborot turlarining alohida yoki birgalikda namoyon bo‘lishiga asoslangan ilmiy xulosa va tavsiyalardan Rossiya Federatsiyasi Irkutsk davlat texnik universitetining 205-son «Syujet voqeligining o‘ta darajadagi engilligi (qiyosiy tahlil tajribasi)»)  mavzusidagi  amaliy tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (Irkutsk davlat texnik universitetining 2022 yil 10 fevraldagi 345/21-son ma’lumotnomasi). Natijada vizual poetik matnlarga xos real, konseptual, tagma’noli axborotlar loyiha materiallarini, xususan, syujet haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish uchun xizmat qilgan;
vizual poetik matnlar turli grafik va leksik-semantik birliklar uyg‘unlashuvi asosida vujudga kelishi, ayrim vizual poetik matnlarda shakliy ifoda talabi bilan sintaktik qurilishning buzilishi, ko‘chim turlari va sintaktik-stilitik figuralarning verbo-vizual turlari ham mavjudligi haqidagi ilmiy xulosa va tavsiyalardan “L`vov politexnikasi” milliy universitetining 23-son «Vіdkritі praktiki, prozorіst` ta chesnota dlya suchasnoї vishhoї shkoli»  (Otkritie praktiki, prozrachnost` i dobrodetel` dlya sovremennoy visshey shkoli (OPTIMA) mavzusidagi  amaliy tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (“L`vov politexnikasi” milliy universitetining 2022 yil 12 fevraldagi 839/22-AC-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim tizimida vizual poetik matnlarni o‘qitishning ilmiy-nazariy  manbalari boyitilib, loyiha materiallari mukammallashuviga erishilgan;
vizual poetik matnlardagi ikoniklik va metaforiklik kabi til hodisalari o‘rtasidagi mazmuniy aloqadorlik va ularning parallel ravishda namoyon bo‘lishiga  doir ilmiy xulosalardan 2020-2021 yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” DM teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022 yil 19 yanvardagi 04-36-110- son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlar amaliy jihatdan boyitilgan va ilmiy dalillar bilan ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish