Sharafiddinova Nodira Xursandovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek she’riyatida ritm va uni tashkil qilishning usul hamda vositalari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2079.
Ilmiy rahbar: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent; Karimov Obitjon Yakubjanovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek she’riyatining aruz, barmoq va erkin she’r tizimlarida ritmning o‘rni, uning o‘ziga xosligini, tadrijiy taraqqiyotini va bu jarayon tilning fonetik qonuniyatlari bilan zich bog‘liq ekanligini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ritm tilning fonetik qonuniyatlari asosida uyushgan nutq bo‘laklarining muayyan vazifalarni bajarish uchun urg‘u va pauza vositasida yorqin fonetik fonda ajratilgan, intellektual, hissiy idrok etiladigan tovush – ohang to‘lqinlarining birligidan iborat bo‘laklarning yaxlitlangan butunligi tipidagi yangi ta’rifi berilgan hamda ritmo-fonetik, ritmo-morfologik, ritmo-sintaktik figuralari, tovush, bo‘g‘in, turoq (rukn), misra, band, takt kabi unsurlari aniqlangan;
ritm yaratishning tovush almashtirish, tovush tushirish va tovush orttirish usullari poeziyada nisbatan faol usullar ekanligi, ritm yaratishning tovush bilan bog‘liq aksentologik, ya’ni talaffuz normalariga asoslanuvchi usulining qator undoshli so‘zlar so‘nggi tovushining navbatdagi so‘z unlisi bilan qo‘shilgan holda bo‘g‘in vujudga keltirishi, bunday so‘zlar egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi bilan ikki bo‘g‘inga aylanishi, ritm talabiga muvofiq, ba’zida bir bo‘g‘in, ba’zida ikki bo‘g‘in sifatida ritm yaratishdagi jihatlari dalillangan;
inversiya ritm yaratish usullaridan biri ekanligi, gap bo‘laklarining o‘rin almashinuvi uning sodda, murakkab tarkibdan iborat gap bo‘laklarini tashkil etuvchi so‘zlar o‘rnining almashinuvidan iborat murakkab shakllari ekanligi, yordamchi so‘zlarni bo‘g‘in tushirish, bo‘g‘in qo‘shish va qo‘shma so‘z sifatida qo‘llash bilan ritm yaratilishi, qisqartmalarni tashkil etuvchi harflarning alfavit nomlanishi asosidagi talaffuzi, ritm talabiga muvofiq tarkibida unli tovush bo‘lgan va faqat undoshlardan iborat bo‘lgan qisqartmalarning turoq elementi sifatidagi bo‘g‘inlarga bo‘linishi isbotlangan;
so‘z ritm yaralishining birlamchi mikro maydoni ekanligi va bu milliy til fonetik tizimiga bog‘liqligi, ritm evolyusiyasining mikro va makro maydonlari va erkin she’r ritmining metrik tizimdan holi bo‘lgan, oddiy so‘zlashuv nutqiga yaqin ekanligi bir so‘z, hatto bir bo‘g‘in alohida misrani tashkil etishi kabi xususiyatlari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘zbek she’riyatida ritm va uni tashkil qilishning usul hamda vositalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan:
ritm tilning fonetik qonuniyatlari asosida uyushgan nutq bo‘laklarining muayyan vazifalarni bajarish uchun urg‘u va pauza vositasida yorqin fonetik fonda ajratilgan, intellektual, hissiy idrok etiladigan tovush – ohang to‘lqinlarining birligidan iborat bo‘laklarning yaxlitlangan butunligi tipidagi yangi ta’rifi berilgan hamda ritmo-fonetik, ritmo-morfologik, ritmo-sintaktik figuralari, tovush, bo‘g‘in, turoq (rukn), misra, band, takt kabi unsurlari xususidagi xulosalar “Jadid adabiyoti tarixi” darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asosan 538-283-raqamli ruxsatnomasi). Natijada darslik mavzulari va materiallarining sifat jihati hamda nazariy asoslari yanada boyishiga erishilgan;
ritm yaratishning tovush almashtirish, tovush tushirish va tovush orttirish usullari poeziyada nisbatan faol usullar ekanligi, ritm yaratishning tovush bilan bog‘liq aksentologik, ya’ni talaffuz normalariga asoslanuvchi usulining qator undoshli so‘zlar so‘nggi tovushining navbatdagi so‘z unlisi bilan qo‘shilgan holda bo‘g‘in vujudga keltirishi, bunday so‘zlar egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi bilan ikki bo‘g‘inga aylanishi, ritm talabiga muvofiq, ba’zida bir bo‘g‘in, ba’zida ikki bo‘g‘in sifatida ritm yaratishdagi jihatlari “Uslubshunoslik asoslari” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 500/t-006-raqamli ruxsatnoma). Natijada turk-o‘zbek maqollari, matal va topishmoqlari tuzilishining to‘g‘ri belgilanishiga erishilgan;
so‘z ritm yaralishining birlamchi mikro maydoni ekanligi va bu milliy til fonetik tizimiga bog‘liqligi, ritm evolyusiyasining mikro va makro maydonlari va erkin she’r ritmining metrik tizimdan holi bo‘lgan, oddiy so‘zlashuv nutqiga yaqin ekanligi bir so‘z, hatto bir bo‘g‘in alohida misrani tashkil etishi kabi xususiyatlari, “O‘zbek she’riyatida ritm va uni tashkil qilishning usul hamda vositalari” mavzusidagi ilmiy qarashlardan Farg‘ona teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Ochiq muloqot”, “Zamondosh”,”Kun mavzusi”, “Farg‘ona – 24”, “Assalom, Farg‘ona”, ”Ma’naviyat sarchashmasi” ko‘rsatuvlari, “Ma’naviyat–qalb ko‘zgusi”, “Ziyo maskani” nomli radioeshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 20 dekabrdagi 389-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy natijalarning qo‘llanishi yosh avlod ongida, ayniqsa, yosh ijodkorlarda badiiy-estetik tushuncha va tasavvurlarning shakllanishi, badiiy-ijodiy tafakkurning rivojlanishiga hissa qo‘shgan.