Abduvalieva Nodira Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy g‘azallarining leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1405.
Ilmiy rahbar: Umarova Nargizaxon Rustamovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xuriniso Sharopovna, filologiya fanlari doktori, professor; Raxmatov Mardon Mexmonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Navoiy asarlarining leksik-semantik xususiyatlarini “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi g‘azallari orqali eski o‘zbek tili bosqichidagi lug‘aviy birliklarning semantik taraqqiyotini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy g‘azaliyoti leksik tizimi doirasida leksemalarning tarixiy polisemantik xususiyatlari yoritilib, g‘azallarda lug‘aviy birliklarning shakliy va ma’noviy munosabatlari (sinonim, antonim va omonimlar)ga oid lisoniy kompressiyaning asimmetrik va semantik xususiyatlari ochib berilgan;
shoir g‘azallarida qo‘llangan arabcha va forscha o‘zlashmalar semantikasi, ularning qo‘llanish chastotasi, g‘azal matnida o‘zlashmalar miqdorining g‘azal qofiyasi va radifiga bog‘liqligi aniqlangan;
milliy til tarixiy leksikonidagi yangi so‘z va tushunchalarning paydo bo‘lish dinamikasi, eski o‘zbek tilining leksik tizimida yuz bergan o‘zgarishlar, mumtoz she’riy matnda qo‘llanilgan lug‘aviy birliklar va ularda ma’noning voqelanish jarayoniga xos lisoniy qonuniyatlar metafora, metonimiya, sinekdoxa, tobelilik singari hosila ma’nolar doirasida yoritilgan, shuningdek, frazeologizmlarning ma’noviy va darajalanish xususiyati hamda g‘azal mazmunini shakllantirishdagi o‘rni isbotlangan;
Navoiy g‘azallarida qo‘llangan nabotot va hayvonot nomlari paradigmatik munosabatlari asosida ularning badiiy nutqni shakllantirishdagi uslubiy-semantik imkoniyatlari yoritilib, qo‘llanish chastotasiga ko‘ra qiyoslangan hamda g‘azallarda gul, qush, bulbul kabi faol leksemalarning badiiy matndagi etimologik va funksional xususiyatlari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
Navoiy g‘azaliyoti leksik tizimi doirasida leksemalarning tarixiy polisemantik xususiyatlari yoritilib, g‘azallarda lug‘aviy birliklarning shakliy va ma’noviy munosabatlari (sinonim, antonim va omonimlar)ga oid lisoniy kompressiyaning asimmetrik va semantik xususiyatlari haqidagi xulosalardan FA-A1-G004 – “Qoraqalpoqlar tasavvurida ayol timsoli: etnologik tadqiqotlar” nomli amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 25 yanvardagi 17.01/18-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir g‘azallaridagi yor timsolining badiiy talqinlari doirasidagi ilmiy qarashlar loyiha ishini takomillashtirishga xizmat qilgan;
shoir g‘azallarida qo‘llangan arabcha va forscha o‘zlashmalar semantikasi, ularning qo‘llanish chastotasi, g‘azal matnida o‘zlashmalar miqdorining g‘azal qofiyasi va radifiga bog‘liqligi hamda frazeologizmlarning ma’noviy va darajalanish xususiyatlariga ko‘ra farqi, g‘azal mazmunini shakllantirishdagi o‘rni haqidagi xulosalardan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 25 yanvardagi 17.01/17-son ma’lumotnomasi). Natijada eski o‘zbek tili tiliga oid so‘z yasalishi funksional xususiyatlari va leksemalarning semantik taraqqiyoti haqidagi xulosa va tavsiyalar asosida loyiha nazariy jihatdan boyitilgan;
milliy til tarixiy leksikonidagi yangi so‘z va tushunchalarning paydo bo‘lish dinamikasi, eski o‘zbek tilining leksik tizimida yuz bergan o‘zgarishlar, mumtoz she’riy matnda qo‘llanilgan lug‘aviy birliklar va ularda ma’noning voqelanish jarayoniga xos lisoniy qonuniyatlar metafora, metonimiya, sinekdoxa, tobelilik singari hosila ma’nolar doirasida yoritilgan, shuningdek, frazeologizmlarning ma’noviy va darajalanish xususiyati hamda g‘azal mazmunini shakllantirishdagi o‘rni borasidagi xulosalardan “Pragmalingvistika asoslari” nomli darslikning “Tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antropotsentrik ilmiy paradigmalari”, “Pragmatikaning semiotik ildizlari” mavzularini yoritishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan 418-043- raqamli ruxsatnoma). Natijada tilning tarixiy taraqqiyotida leksemalarning semantik va pragmatik xususiyatlari, ma’noning voqelanish jarayoniga xos lisoniy qonuniyatlar va ularning g‘azal mazmunini shakllantirishdagi o‘rni to‘g‘risidagi nuqtai nazarlar darslikni nazariy va amaliy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
Navoiy g‘azallarida qo‘llangan nabotot va hayvonot nomlari paradigmatik munosabatlari asosida ularning badiiy nutqni shakllantirishdagi uslubiy-semantik imkoniyatlari yoritilib, qo‘llanish chastotasiga ko‘ra qiyoslangan hamda g‘azallarda gul, qush, bulbul kabi faol leksemalarning badiiy matndagi etimologik va funksional xususiyatlari yuzasidan berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan “Matn tilshunosligi” darsligida keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237- son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada mumtoz matn tahlili doirasida keltirigan ilmiy ma’lumotlar darslikning ilmiy-nazariy jihatdan mukammalashishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” g‘azallarida so‘zlarning shakl va ma’no munosabatga ko‘ra turlari (sinonimlar, antonimlar va omonimlar), o‘zlashma so‘zlarning semantik, uslubiy-funksional xususiyatlariga doir xulosalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2019-2020 yillarda efirga uzatilgan “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Abadiy muhit”, “Qadriyat” ko‘rsatuvlarida, shuningdek, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 14 yanvardagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda milliy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan.