Ziyotova Surayyo Erkin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehrobdan chayon” asari leksikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1255.
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSs.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sayidov Yoqub Siddiqovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asarida qo‘llangan leksikani lingvostatistik, tarixiy-etimologik, funksional-semantik, semantik-stilistik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Mehrobdan chayon” asarida qo‘llanilgan leksik birliklarning turkiy, arab, fors, mo‘g‘ul, lotin, yunon, fransuz, xitoy va hind tillariga oid genetik manbalari aniqlanib, romanda qadimgi turkiy tilga oid o‘choq, ot, ko‘ylak, et, eski turkiy tilga doir arslon, ko‘laga, ko‘ch singari leksik birliklar aniqlangan;
roman leksikasida ijtimoiy-siyosiy jihatdan xon, hukmdor, saroy, o‘rda, maishiy jihatdan bo‘g‘jama, jelatka, kashkul, soliq-moliya jihatidan kelim, chiqim, tanob, qavm-qarindoshlik jihatidan ota, aka, kuyav, mankuha, kasb-hunarga ko‘ra bo‘zchi, tunqator, doya kabi ko‘plab istilohlarning qo‘llanish darajasi isbotlangan;  
asar lug‘at fondida keltirilgan so‘zlarning ko‘chimlar o‘rtasidagi, ya’ni metafora, metonimiya, sinekdoxa, ironiya, oksyumoron hodisalar sifatida yoritilgan hamda polisemantik, ma’no kengayishi va ma’no torayishi kabi jarayonlar ochib berilgan;
romanda istifoda etilgan istilohlar orasidagi semantik-paradigmatik munosabatlar, ya’ni omonimiya, sinonimiya, antonimiya hodisalari tekshirilgan hamda ijodkorning badiiy mahorati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Mehrobdan chayon” asari leksikasi” tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asaridagi leksik birliklarning qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili va hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati, asar leksikasining hozirgi o‘zbek adabiy tilida turli lisoniy hodisalarga uchrashi bilan bog‘liq  ilmiy-nazariy xulosalardan OT-F1-71 raqamli “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 5 apreldagi 04/1-613-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida bitilgan turkiy tildagi asarlar leksikasi semantik jihatdan tasniflanib, ijtimoiy-siyosiy, diniy, harbiy, madaniy, maishiy, ta’lim-tarbiya, soliq-moliya, qavm-qarindosh, kasb-hunarga oid leksik birliklarning qo‘llanish doirasini yoritib berishga xizmat qilgan;
“Mehrobdan chayon” asar lug‘at fondida qo‘llanilgan so‘zlar o‘rtasidagi shakl va ma’no munosabatlari hamda o‘zbek tilining XX asrdagi lug‘at boyligi, badiiy imkoniyatlariga oid ilmiy xulosalardan “UzNutq Sintezator” nomli kompyuter dasturi ma’lumotlar bazasini tayyorlashda BV-Atex-2018 (143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” (2018-2020) mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 11 martdagi 04/1-446-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqishda ushbu dissertatsiya natijalaridan foydalanish ijobiy samara bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish