Rustamov Doniyorbek Avazbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jadid dramalarida lisoniy imkoniyatlarning sotsial xoslanishi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2026.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik).
Rasmiy opponentlar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Turniyazova Shaxnoza Ne’matovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jadid dramalari tilini pragmatik, sotsiopragmatik jihatdan tekshirish, asar matnidagi adresant, adresat va sotsial xoslanishning ijtimoiy muhit bilan bog‘lanishi, dramatik matnlarning o‘quvchi hamda tomoshabinga birdek tushunarli bo‘lishiga xizmat qiluvchi lisoniy birliklarning ifoda imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadid dramalarida nutqiy intensiyani yuzaga chiqaruvchi vositalarning ijtimoiy vaziyat, lingvistik, sotsiopragmatik imkoniyatlar, adresat va adresant nutqidagi verbal hamda noverbal vositalarning ahamiyati bilan aloqador ekanligi dalillangan;
jadid dramalarida dialogik va monologik nutqda tilning sotsial xoslanishini ta’minlovchi ifoda birliklarining lug‘aviy qatlami hamda matnning yaxlitligi, vazifaviy mohiyatini dalillovchi lisoniy omillari ochib berilgan;  
dramatik matnlarda grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy vositalarning qahramonlar ijtimoiy holati, ruhiyati, tafakkur tarzi, hayotga munosabati, sotsiopragmatik munosabatlarni ifodalay olishi aniqlangan;
tanlangan matnlarda morfologik vositalarning sotsial xoslanishni yuzaga chiqarishdagi lisoniy vositalarning zamon va makon ta’siridagi o‘rni, dialogik va monologik nutqda tilning ijtimoiy xoslanishida ishtirok etuvchi til birliklarining bir butunligini ta’minlovchi sotsiopragmatik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jadid dramalarida lisoniy imkoniyatlarning sotsial xoslanishi talqini masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jadid dramalarida sheva va adabiy tildan foydalanish hamda ularning sotsial xoslanishga ta’siri, uni yuzaga chiqaruvchi vositalarning pragmatik imkoniyatlari, muloqot paytida so‘zlovchi tomonidan nutqning qanday ifoda qilinishi, bunda noverbal vositalarning ahamiyatini zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan lingvistik tadqiqotlar sirasida ilmiy-ta’limiy jarayonga tatbiq etishga doir ilmiy-nazariy xulosalardan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi (2016-2020) fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 20 dekabrdagi 17-01/241-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq adabiy tili leksikasidagi yasama so‘zlarning semantik xususiyatlarini tavsiflashga aloqador  vazifalar takomillashtirilgan;
dramalar tilining pragmatik xususiyatlarini aniqlash, jadid dramalari tilining lingvostilistik xususiyatlarini tahlili, semantik jihatdan o‘zaro umumiy va farqli belgilarini dalillashga oid ilmiy xulosalaridan  I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” (2020-2022) mavzusidagi innovatsion loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 17 yanvardagi O4/-172–son ma’lumotnomasi). Natijada jadid dramalarida lisoniy imkoniyatlarning inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va ramziy timsollar tavsiflarini yaratishning yangi imkoniyalari boyitilgan;
dramatik matnlarda grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy vositalarning qahramonlar ijtimoiy holati, ruhiyati, tafakkur tarzi, hayotga munosabati, sotsiopragmatik munosabatlar masalasiga oid xulosalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasinini oltin voha dasturidagi “Til – millat ko‘zgusi”, “Munozara”, eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasinining 2022 yil 14 yanvardagi 17-05/15-son-ma’lumotnomasi). Natijada radio tinglovchilar jadid dramalarining badiiy matndagi o‘rni kommunikativ-poetik nuqtai nazardan aniq belgilanganligi bilan o‘zbek tili sintaksisi, stilistikasi, punktuatsiyasi, lingvopoetikasi, lingvopragmatikasi haqida ma’lumotlardan bahramand bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish