Baxronova Dilrabo Keldiyorovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antropozoomorfizmlarning semantik va lingvokul`turologik xususiyatlari (o‘zbek va ispan tillari materialida)» 10.00.06–Qiyosiy-adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil.226.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Ilmiy rahbar: Hakimova Gulsara Egamnazarovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Rasmiy opponentlar: Umarxo‘jaev Muxtor Eshonxujaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Tkacheva Anastasiya Pavlovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va ispan tillaridagi antropozoomorfizmlarning semantik va milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek va ispan tillarida antropotsentriklik xususiyatiga ega zoomorfizmlarning ekspressiv-emotivlik va aksiologik xususiyatlari dalillangan;

zoomorfizmli totem va geral`dikaning o‘zbek va ispan xalqlari milliy-madaniy an’anaviyligi yoki o‘ziga xosligini turlicha aks ettirishi lingvogeral`dika asosida isbotlangan;

zoomorfizmlar genderni namoyish etishda eng yorqin milliy-madaniy xususiyatga egaligi asoslab berilgan;

antropozoomorfizmlarning qadimgi turkiy til va hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi holati, ularning semantikasida sodir bo‘lgan ma’no kengayishi va ma’no torayishi hodisalari ochib berilgan;

o‘zbek va ispan tillaridagi milliylikni tashuvchi antropozoomorfizmlarni kal`kalash, izohlash, bayon usulida tarjima qilish bŭĭicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek va ispan tillari antropozoomorfizmlarining tadqiqi tahlili bŭĭicha olingan natijalar asosida:

ispan tilini o‘rganishni chuqurlashtirish, o‘zbek va ispan tiliga xos realiyalarini tushunish va qo‘llay olish ko‘nikmasini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ITD-1-107 “Xorijiy (ispan, fransuz, nemis) tillar bo‘yicha o‘qituvchi kadrlar va mutaxassis-filologlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek realiyalarini aks ettiruvchi o‘quv-uslubiy majmualar va ularning elektron versiyalarini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihaga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 6 iyuldagi 89-03-1285-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ispan tili mutaxassislariga ispan tilining milliy-madaniy zoometaforalari va komparativlari tŭg‘risidagi ma’lumotlarni etkazib berish hamda tarjima jarayonidagi muammolarni bartaraf etib adekvatlikka erishishda asos bo‘lgan;

antropozoomorfizmlarning ispan va o‘zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimidan munosib o‘rin egallagani, shuningdek, ispan tilidan o‘zbek tiliga tarjima jarayonida ekspressivlik kamayishining oldini olish va tarjimaning asl mohiyatini ochib berish xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» telekanalida Ispaniya bilan bog‘liq turkum ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 17 noyabrdagi 01-15/5004-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teleko‘rsatuvlarning xalqchilligi va qiziqarliligini oshirgan, tarjima jarayonidagi tavsiyalar xorijiy ko‘rsatuvlar tarjimasi sifatini oshirishga xizmat qilgan;

muloqot jarayonida iboralar ma’nosini tahlil eta olish, ularning semantik-pragmatik ma’nosini anglash, tarjima qilish va qo‘llay olish strategiyasiga xizmat qiluvchi ispan tilining eng faol leksik fondi, jumladan, antropozoometafora va zoomorfizmli komparativlar tanlanib, ularning o‘zbek tilidagi muqobil variantlari berilgan 40 ming so‘z va iborali ikki tilli o‘quv lug‘ati yaratishda foydalanilgan. (Ŭzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2016 yil 28 iyundagi 03895-raqamli guvohnomasi). Joriĭ etilgan natijalar ŭzbek va ispan xalqi milliĭ-madaniĭ leksikasi tŭg‘risidagi tasavvurlarni kengaĭtirishga manba bŭlib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish