Shokirova  Diloromxon Abduvali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “mulk”  konseptining lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1876.
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Abdulhapiz Latipovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik).
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Minniqulov Islom Urol o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida “mulk” konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“konsept” tushunchasi lingvomadaniyatshunoslikning zamonaviy tilshunoslik fanidagi amaliy ahamiyati asoslanib, ingliz va o‘zbek tillaridagi “mulk” semantik maydonining yadro hamda periferiyalari aniqlangan;
“mulk” konseptini ifoda etuvchi til birliklarining badiiy matnlarda, maqol va matallardagi struktural modellarining ingliz va o‘zbek tillaridagi universal va unikal jihatlari ochib berilgan;
leksik-semantik, konseptual ma’no va tushuncha o‘rtasidagi “mulk” konseptining lingvomadaniy mohiyati tekshirilib, “mulk” konseptiga ega leksemalarning ingliz tilida 9 ta o‘zbek tilida 6 ta turi mavjudligi aniqlangan;  
chog‘ishtiralayotgan tillarda “mulk” konseptini hosil qiluvchi ingliz tilida “property” wealth, richness, o‘zbek tilida esa davlat, boylik, mulkdor lisoniy birliklarining semantik jadvallari, sinonimlar munosabati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida “mulk” konseptining lingvomadaniy xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek millatining til an’ananalari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarining millatlararo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va aloqalarini mustahkamlashga doir  ilmiy xulosalardan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish”ga oid uslubiy ko‘rsatmalar dasturini  tayyorlashda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 1 martdagi 01-12-05-780- son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek til boyliklarining keng qamrovli o‘rganilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda hamda inson ruhiyatini tadqiq etishga ximat qilgan; “konsept” tushunchasining tahlili, o‘zbek va ingliz tillarida berilgan “mulk” semantik maydonining yadro va periferiyalari aniqlanganligi, “mulk” konseptini tashkil etuvchi leksemalar va ularning maydon miqyosidagi o‘rni, ingliz va o‘zbek tillarida “mulk” konseptining qiyosiy tahlili hamda uning o‘xshash va farqli xususiyatlari borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan 04-sonli “Oliy ta’lim tizimida nogironligi bor talabalar uchun “to‘siqsiz muhit”ni shakllantirish metodikasini yaratish” mavzusidagi loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti ta’sisligidagi “Istiqbol” tadqiqot markazining 2021 yil 20 dekabrdagi 01/13-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida talabalar uchun o‘zbek va ingliz tillarida tuzilgan dastur va o‘quv qo‘llanmalarning mazmuni boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarda “mulk” konseptini hosil qiluvchi lisoniy birliklarning semantik jadvallari, turlari va statistik tahlillariga oid ilmiy xulosalardan  Amerika Qo‘shma Shtatlarining Guilford (Guilford) kolleji tillar kafedrasida “Leksikologiya”, “Tipologiya va tilshunoslik” fanlarida chog‘ishtirma o‘zbek va ingliz tillariga oid materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (Amerika Qo‘shma Shtatlarining Guilford (Guilford) kollejining 2022 yil 25 martdagi NC27410-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida “mulk” leksemasiga oid to‘plangan materiallarni xorijlik tinglovchilarga davlat tilini o‘qitishda har tomonlama o‘rgatish imkoniyati yaratilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “mulk” konseptining lingvomadaniy xususiyatlariga doir taklif va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali ko‘rsatuvlar ssenariylarini yozishda, dasturlarni ikki tilda yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 08 noyabrdagi 01-14-1749-son ma’lumotnomasi). Natijada yangiliklarni va sohalarga oid targ‘ibot va tashviqot ishlarni ikki tilda samarali olib borishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish