Mirzaeva Feruzaxon Ahmadjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ahmad Sirhindiy “Maktubot” asarining naqshbandiya-mujaddidiya tariqati shakllanishidagi ahamiyati”, 24.00.01 – islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Isl17.       
Ilmiy rahbar: Usmonov Ibrohim Sobirovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI./Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Amonov Mehrojiddin Uzbekovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ahmad Sirhindiy “Maktubot” asarining naqshbandiya-mujaddidiya tariqati shakllanishidagi rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xviI asrlarda Markaziy Osiyoda ruhiy tarbiya (التربية الروحية), piru muridlik (المرشد والمريد), zikr ((الذكر kabi masalalar noto‘g‘ri talqin etila boshlagani sababli ularni tartibga solish maqsadida Ahmad Sirhindiyning “Maktubot” asarida jamlagan 535 maktubidan 149 tasi mintaqaning Badaxshon, Balx, Buxoro, Xorazm, Kobul, Samarqand hududlariga yuborilgani aniqlangan;
“Maktubot” asaridagi 22 ta maktubda naqshbandiya tariqatining jahonda keng tarqalishiga asosiy sabab ushbu tariqatning biror-bir hududga xoslanmagani, shariat talablariga (المتطلبات الشرعية) hamohang ekanligi, ijtimoiy hayotdagi masalalarga javob bera olish xususiyatlari ekanligi isbotlangan;
Ahmad Sirhindiy naqshbandiyadagi o‘zgarishlarni taftish qilishi natijasida sufiylarning karomat (الكرامة – Allohdan valiylarga beriladigan g‘ayrioddiy fazilatlar)ga ortiqcha berilishi – g‘uluvga, malomat  الملامة) – o‘z nafsini ayblash)da haddan oshishi – nafs ayblari bilan ovora bo‘lib, umrni zoe qilishga, shatahot (الشطحات – ma’naviy sarxushlik holatida bexosdan aytib yuboriladigan so‘zlar) dinda fitna chiqarishga sabab bo‘lishini asoslab, tariqatda yangilanishni amalga oshirgani ochib berilgan;
XIV-XVI asrlardagi vahdatu-l-vujud (الوجود وحدة  – Iloh va olam vujudini bir borliqda ko‘rish) nazariyasiga muqobil Ahmad Sirhindiyning vahdatu-sh-shuhud (وحدة الشهود – borliqda Yaratuvchining yagonaligini ko‘rish) ta’limoti islom olamida keng tarqalib borayotgan Yaratuvchi va yaralmishning birligi borasidagi qarashlarni isloh qilinishiga sabab bo‘lgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ahmad Sirhindiy “Maktubot” asarining naqshbandiya-mujaddidiya tariqati shakllanishidagi ahamiyati mavzusi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
xviI asrlarda Markaziy Osiyoda ruhiy tarbiya (التربية الروحية), piru muridlik (المرشد والمريد), zikr ((الذكر kabi masalalar noto‘g‘ri talqin etila boshlagani sababli ularni tartibga solish maqsadida Ahmad Sirhindiyning “Maktubot” asarida jamlagan 535 maktubidan 149 tasi mintaqaning Badaxshon, Balx, Buxoro, Xorazm, Kobul, Samarqand hududlariga yuborilgani aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “Tasavvufga kirish” o‘quv qo‘llanmasi, “Tasavvuf atamalari” izohli lug‘atini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 12 yanvaridagi 02-03/146-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar o‘quvchi va talabalarda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati amaliyotiga oid tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
“Maktubot” asaridagi 22 ta maktubda naqshbandiya tariqatining jahonda keng tarqalishiga asosiy sabab ushbu tariqatning biror-bir hududga xoslanmagani, shariat talablariga (المتطلبات الشرعية) hamohang ekanligi, ijtimoiy hayotdagi masalalarga javob bera olish xususiyatlari ekanligi isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida nashr etilgan So‘fi Ollohyorning “Sabotu-l-ojiziyn” asari tarjimasini tayyorlash va mazmunini to‘ldirishda foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 01 iyundagi 01-07/86-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining naqshbandiya ta’limoti ta’limoti borasidagi bilimlarini yanada boyishiga hissa qo‘shilgan;
Ahmad Sirhindiy naqshbandiyadagi o‘zgarishlarni taftish qilishi natijasida sufiylarning karomat (الكرامة – Allohdan valiylarga beriladigan g‘ayrioddiy fazilatlar)ga ortiqcha berilishi – g‘uluvga, malomat  الملامة) – o‘z nafsini ayblash)da haddan oshishi – nafs ayblari bilan ovora bo‘lib, umrni zoe qilishga, shatahot (الشطحات – ma’naviy sarxushlik holatida bexosdan aytib yuboriladigan so‘zlar) dinda fitna chiqarishga sabab bo‘lishini asoslab, tariqatda yangilanishni amalga oshirgani ochib berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari” ensiklopediyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 15 apreldagi 02/185-son ma’lumotnomasi). Natijada, tariqat amaliyotiga doir masalalar mohiyati kengroq ochib berilib, noto‘g‘ri talqin etuvchi toifalarga raddiya berishda asosli manba bo‘lib xizmat qilgan;
XIV-XVI asrlardagi vahdatu-l-vujud (الوجود وحدة  – Iloh va olam vujudini bir borliqda ko‘rish) nazariyasiga muqobil Ahmad Sirhindiyning vahdatu-sh-shuhud (وحدة الشهود – borliqda Yaratuvchining yagonaligini ko‘rish) ta’limoti islom olamida keng tarqalib borayotgan Yaratuvchi va yaralmishning birligi borasidagi qarashlarni isloh qilinishiga sabab bo‘lgani dalillangani haqidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” tizimli ko‘rsatuvlari ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali 2021 yil 6 iyuldagi 02-40/1137-son ma’lumotnomasi). Natijada vahdatu-l-vujud hamda vahdatu-sh-shuhud tushunchalari mohiyati haqida keng bilimlar shakllanishi va oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish