Sodiqova Sevinch Alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekcha-inglizcha-ruscha ideografik lug‘atlar tuzish tamoyillari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil271.
Ilmiy rahbar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik).
Rasmiy opponentlar: Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Baxriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillar (o‘zbek, ingliz va rus tillari)da ideografik lug‘atlar tuzish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek, ingliz, rus tillarining leksik-semantik tizimining borliqdagi tasviri bilan bog‘liqligi leksik-semantik maydon korrelyasiyalarining vizual diagrammasini hosil qilishi va ideografik lug‘atlarning illyustratsiyasini oshirishi aniqlangan;
ideografik lug‘atlar tematik guruhlarining tuzilishida kompilyatorlarning sub’ektivligi, leksik-semantik tizimning noaniqligi asoslanib, ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi mos keluvchi parametrlar ishlab chiqilgan hamda tematik guruhlarni yaratish vizualogik tamoyilga yondashuv asosida takomillashtirilgan;
assotsiativ lug‘atlar semantik maydonida so‘zlarning ma’no yaqinligi, ya’ni sinonimlikka ko‘ra assotsiatsiyasi, bunda o‘zaro bog‘liq tushunchalar umumiy xususiyatlarga ega ekanligi va o‘xshash stimul so‘zlar sinonimik reaksion so‘zlarni keltirib chiqarishi isbotlangan;
ingliz, o‘zbek va rus tillari ideografik lug‘atlarini tashkil etishda ma’lumotlar bazasini kompilyasiya qilish va tarkibini yaratishda texnologiyalardan foydalanish hamda assotsitiv leksikografiyadagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun mavzuiy lug‘atlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy tartib gipotezasining o‘zbek tili uchun talqini yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslikdagi ingliz, o‘zbek va rus tillari ideografik lug‘atlarining yangi tasnifi va shakllantirilgan mavzui guruhlarni yaratish tamoyillariga oid ilmiy xulosalardan A-1-46 raqamli “Nanotexnologiyalar va mikroelektronikadan ilgizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘at tayyorlash” (2015-2016) mavzuidagi amaliy loyihaning inglizcha-rus–o‘zbekcha lug‘atlar tayyorlash qismini shakllantirishda foydalanilgan (Andijon davlat universiteti 2021 yil 8 noyabrdagi 39-01-3292-son ma’lumotnomasi). Natijada Nanotexnologiyalar va mikroelektronikadan inglizcha-rus–o‘zbekcha lug‘at nashr etilib, fizika mutaxassisligi talabalari uchun o‘quv adabiyoti sifatida foydalanilgan;
chet tillarni o‘rganish jarayonida ideografik lug‘atlardan foydalanishga doir ilmiy xulosalardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 maydagi 124-son «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasidagi bandlarni shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 martdagi 89-03-972-son ma’lumotnomasi). Natijada “Leksikologiya”, “Qiyosiy tipologiya” va “Qiyosiy tilshunoslik” fanlarini takomillashtirish hamda o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;