Xolboboeva Aziza Sherboboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizmga oid reklamalarda ritorik aspektning chog‘ishtirma tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2131.
Ilmiy rahbar: Samigova Xushnida Botirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaboeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ayakulov Nurbek Abdugappor o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida turizmga oid reklamalarda ritorik aspektning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida turizmga oid reklamalarda lingvistik va ekstralingvistik vositalardan foydalanish (psixologik ta’sirining asosiy qonuniyatlari) uni diskursiv matn turiga aylantirishi hamda tilning fonetik, morfologik, sintaktik sathlarida sifatlarning orttirma darajasi, ritorik savollar, bo‘yruq, shart ergash gapli qo‘shma gaplar kabi til vositalari orqali ifodalanishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillari turizmga oid matnlarda fonetik sathda asosan tovushli, alliteratsiya, asonans, konsonans hamda leksik jihatdan anafora, epifora kabi har xil takrorlarning qo‘llanilishi, ularning reklama qilingan mahsulot nomi bilan to‘liq yoki qisman hamohang bo‘lishi isbotlangan;
turizmga oid reklama diskursida ritorikaning lingvomadaniy xususiyatlarining allomorf va izomorf xususiyatlari ingliz tilidagi turizm reklama matnlarida individuallik, gedonistik xarakter, tajriba, muvaffaqiyat, qulaylik, sog‘lom fikr, foyda hamda o‘zbek tilida baxt, xotirjamlik, mehr, mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik kabi tushunchalar asosida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida turizmga oid reklamalarda stilistik vositalarning adresatni ma’lum bir faoliyatga undashda va ta’sir o‘tkazishda hamda realiyalarning madaniy-tarixiy aspektda stereotiplarni yaratishdagi imkoniyati  dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi turizmga oid reklamaning ritorik aspektini chog‘ishtirma tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida turizmga oid reklamalarda fonetik sathda reklama matnlarida aksariyat hollarda tovushli va leksik jihatdan har xil takrorlarning ishlatilishi, reklama qilingan mahsulot nomi bilan to‘liq yoki qisman hamohang bo‘lishiga doir xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan “561624-EPP-1-2015-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP” nomli xalqaro loyiha doirasida xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yaratilgan o‘quv qo‘llanma va dasturlarni yaratishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 11 martdagi IRD/2264-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma va dasturdagi fonetik mashqlarni yaratishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida turizmga oid reklamalarda lingvistik va ekstralingvistik vositalardan foydalanish orqali (psixologik ta’sirining asosiy qonuniyatlari) uni diskursiv matn turiga aylantirish tilning barcha sathlarida o‘ziga xos til vositalari orqali ifodalanishi dalillanganligi to‘g‘risidagi ilmiy va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi “Milliy PR - markazi”da mamlakatning turistik salohiyatini ommalashtirish va targ‘ib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida ommalashtirishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirishda chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risidagi qarorda keltirilgan vazifalarning bevosita ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 26 apreldagi 02-18/1439-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan tavsiya va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan turistik sohada tashkil etilgan turli hil tadbir va yarmarkalarning reklamasini yaratishda va ularning takomillashishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida turizmga oid reklama diskursida ritorik aspektning lingvomadaniy xususiyatlarning allomorf va izomorf jihatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Mertopoliten universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan “561624-EPP-1-2015-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP” nomli xalqaro loyiha doirasida xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yaratilgan o‘quv qo‘llanma va dasturlarni yaratishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 11 martdagi IRD/2264-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar hamda tinglovchilarning ingliz va o‘zbek tillarida turizmga oid reklama diskursida ritorik aspektning lingvomadaniy xususiyatlar bo‘yicha nazariy bilimlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida turizmga oid reklamalarda stilistik vositalarning qo‘llanilishi adresatni ma’lum bir faoliyatga undash, ta’sir o‘tkazish, stereotiplarni yaratish omili sifatida namoyon bo‘lishi asoslovchi  ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi dasturlari”da belgilangan vazifalarning bevosita ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 26 apreldagi 01-08/80-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek madaniyatiga tegishli stereotiplarni yaratishda hamda uning turistik reklamasini mazmunan boyishiga va takomillashishida foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish