Osipova Agata Viktorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr oxiri - XXI asr boshidagi rus adabiyoti hikoya janrida muallif va  qaxramon muammosi”, 10.00.04 – “Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil819.
Ilmiy rahbar: Petruxina Natal`ya Mixaylovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Matenova Yuliya Umidovna, filologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr oxiri – XXI asr boshlariga oid  zamonaviy hikoya janrida muallif va qahramon o‘rtasidagi munosabatlarning «muallif ongi – qahramon ongi – matn ongi» tushunchalari kontekstida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy qissa janri rivojlanishining romanlashtirish va gibridlashtirish transformatsion jarayonlari «muallif-qahramon» kontekstida matnni tashkil etishning ichki individual modellari asosida aniqlangan;
muallif va qahramon obrazlarini rivojlantirishga qaratilgan yondashuv mexanizmini “muallif ongi – qahramon ongi – matnni anglash” triadasi asosida ochib berish orqali XX asr oxiri – XXI asr boshida zamonaviy rus hikoya rivojlanishining «shartli» va «real» mualliflik tamoyillari asoslangan;    
muallif «men»ini ifoda etishning o‘ziga xos “muallif obrazi”, “muallif ovozi”, “qahramon-muallif” modellarini ishlab chiqish orqali muallif va qahramon muammosi individuallik va qiyosiy-tipologik umumlashmada ochib berilgan;
muallif va qahramon obrazi nisbati, qahramonning ichki dunyosi o‘rtasidagi munosabatlar proeksiyasi hamda  qahramonning «men»ini ifodalash shakli orqali XXI asr qahramon ongi tipologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr oxiri – XXI asr boshlari rus adabiyotida hikoya janrida muallif va qahramon muammosini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
zamonaviy qissa janri rivojlanishining transformatsion jarayonlarining matnni tashkil etuvchi ichki individual modellariga oid xulosalardan N.P. Ogareva nomidagi Milliy tadqiqot Mordoviya davlat universitetining «Chet elda rus tili: ochiq ta’limning innovatsion yondashuvlari va samarali amaliyotlari» mavzusidagi loyihada belgilangan vazifalarni  foydalanilgan (Mordoviya davlat universitetining 2021 yil 12 noyabrdagi 01–02 –22/6186-son ma’lumotnomasi). Natijada chet elda rus tilini o‘rganishga ko‘p qirrali yondashuvni, ya’ni «muallif ongi – qahramon ongi – matn ongi» triadasini taqdim etadigan adabiy asar orqali tilni maxsus idrok etishni rivojlantirishga xizmat qilgan;
muallif va qahramon obrazi nisbati, qahramonning ichki dunyosi o‘rtasidagi munosabatlar proeksiyasi, qahramonning «men»ini ifodalash shakli hamda XXI asr qahramon ongi tipologiyasiga oid materiallardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “O‘zbekiston Respublikasida ko‘p kirrali madaniy talim muhitida o‘qitish samarali usullarini ishlab chiqarish chikish va amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi OT-A1-118-raqamli ilmiy-texnik loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 16 dekabrdagi 04/921-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarga muallifning “o‘zi” va qahramonning “meni”nini ifoda etish shaklini tushuntirishga erishilgan;
muallif «men»ini ifoda etishning o‘ziga xos “muallif obrazi”, “muallif ovozi”, «qahramon-muallif» modellariga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining OT-A1-53-raqamli “Tarjima nazariasi va amaliyoti fakul`teti uchun «Translation in Use» darsligini yaratish va nashr qilish” mavzusidagi ilmiy loyihada  belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 04/912-son ma’lumotnomasi). Natijada rus tili va adabiyotini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirishga, millatlararo munosabatlarni yanada va uyg‘un rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish