Sabirov Maksud Atabaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda kasallik avj olishining klinik-patogenetik mexanizmlarini baholash va davolashni muqobillashtirish», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib45.
Ilmiy maslahatchi: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Ayvazyan Aleksandr Artemovich (Armaniston), tibbiyot fanlari doktori; Karimov Marif Shokirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarov Anvar Komildjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi (SBK) bilan og‘rigan bemorlarda yurak qon-tomir tizimini struktur-funksional remodellanishini va kalsiy-fosfor almashinuvi xususiyatlarini o‘rganish hamda turli davolash sxemalarining samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SBK bilan og‘rigan bemorlarda buyraklar faoliyatini baholash uchun qon zardobida kreatinin va sistatin S yordamida koptokchalar filtratsion tezligini hisoblash natijalarini qiyosiy taqqoslab, sistatinin Sning diagnostik afzalligi asoslangan;
SBK standart terapiyasiga felodipin va ibandronat kombinatsiyasi qo‘shilganda KFT pasayishi sekinlashgani aniqlangan;
SBK standart terapiyasi sxemasiga kalsiy antogonistlari qo‘shilganda qon zardobida osteoporoz markerlari konsentratsiyasi pasayishi va SBK standart terapiyasi tarkibida ibandronat bo‘lganda SBK tufayli kelib chiqqan ikkilamchi giperparatireoz buzilishi holati, kalsiy-fosfor almashinuvi yaxshilanganligi ko‘rsatilgan;
SBK bilan og‘rigan bemorlarda endotelial funksiya ko‘rsatkichlariga ta’siri bo‘yicha felodipinni, shuningdek felodipin bilan ibandronatni kombinatsiyasi amlodipindan afzalligi aniqlangan;
SBK bilan og‘rigan bemorlardagi AG da GK bemorlaridan farqli o‘laroq chap qorincha gipertrofiyasi va chap qorinchaning sistolik funksiyasini pasayishining yaqqolroq namoyon bo‘lishi va kalsiy kanallari blokatorlari qo‘shilishi ishonchli ijobiy samara berishi tufayli, chap qorincha sistolik faoliyati hamda yurak chap qismi holati struktur ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi kuzatilgan.
kal`siy kanallari blokatorlarini SBK standart terapiyasi tarkibiga kiritilishi arterial bosimning vareabelligi (amlodipin tufayli), yurak urish chastotasini (felodipin hisobiga) va arterial bosimni qo‘shimcha pasaytirishga olib kelishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SBK bemorlarida kalsiy-fosfor almashinuvining xususiyatlari, yurak qon-tomir tizimining struktur-funksional remodellanishi hamda turli davolash sxemalarini samaradorligini baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Turli davolash sxemalari fonida SBK bemorlarida arterial qon bosimning sutkalik profilini baholash bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 avgustdagi 8N-M/108-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali buyrak kasalligi bemorlaridagi arterial qon bosim sirkad ritmi bo‘yicha zamonaviy tashxislash, kasallikning kechishi va davolash jarayoni holatini monitoring qilish imkoniyatini bergan.
tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi, Respublika nefrologiya ilmiy-amaliy markazida va Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 8n-d/43-son ma’lumotnomasi). Shu nuqtai nazardan kasallik kechishini prognozlash, SBK bemorlarni dializgacha bo‘lgan davrini 60–70 foizgacha uzaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.