Lutfillaev Ulug‘bek Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Veb-ilova dasturida yaratilgan virtual resurslar asosida oliy ta’lim o‘quv jarayonini takomillashtirish”, 13.00.06–Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3808.
Ilmiy rahbar: Aripov Mirsaid Mirsidikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06 asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muminov Baxodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor; Fayzieva Maxbuba Raximjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi veb-ilova dasturida yaratilgan virtual resurslardan foydalanib oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
veb-ilovalar dasturiy ta’minoti tuzilmalari (bilimlar, berilganlar bazalari, pedagogning shaxsiy kabineti, talabaning shaxsiy kabineti) bulutli (GoogleDrive, OneDrive, Dropbox Mega) texnologiyalar implementatsiyasi vositasida tabiiy fanlar yo‘nalishidagi “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”, “O‘simliklar fiziologiyasi” o‘quv kurslari mazmunan takomillashtirilgan;
veb-ilovaning dasturiy ta’minoti “Eng qisqa yo‘l”, “Kesilgan daraxt” kabi freym texnologiyalari vositasida ishlab chiqilgan bilimlar bazasi, nazorat savollariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Odam va hayvonlar fiziologiyasi”, “O‘simliklar fiziologiyasi” o‘quv kurslari bo‘yicha yaratilgan virtual resurslardan foydalanib ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishning konvergent (intellektual fikrlash) va divergent (ijodiy fikrlash) metodikalari aniqlashtirilgan;
kompyuter imitatsion modellardan foydalanib o‘qitish texnologiyalari vositasida o‘quv jarayonini Veb-ilova dasturi virtual resurslari (elektron kutubxona, Google Apps bulutli texnologiyasi, media ta’lim va virtual ta’lim) vizuallashtirish va masofadan ta’lim olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar uchun veb-ilovalar dasturiy ta’minotidan foydalanish metodikasi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar asosida:
veb-ilovaning dasturiy ta’minoti “Eng qisqa yo‘l”, “Kesilgan daraxt” kabi freym texnologiyalari vositasida ishlab chiqilgan bilimlar bazasi, nazorat savollariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan takliflardan “OT – Atex -2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 29 sentyabrdagi 2380/3002.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual resurslardan veb-ilova dasturi sifatida foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari aniqlangan, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan imitatsion modellarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish sifati va samaradorligi oshgan;
veb-ilovalar dasturiy ta’minoti tuzilmalari (bilimlar, berilganlar bazalari, pedagogning shaxsiy kabineti, talabaning shaxsiy kabineti) bulutli (GoogleDrive, OneDrive, Dropbox Mega) texnologiyalar implementatsiyasi vositasida tabiiy fanlar yo‘nalishidagi “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”, “O‘simliklar fiziologiyasi” o‘quv kurslari mazmunan takomillashtirilganligi yuzasidan ilmiy tavsiyalardan “I-2016-4-15 “Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tatbiq etish (oliy ta’lim muassasalari misolida)” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 29 sentyabrdagi 2380/3002.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassalarining barcha fanlaridan virtual resurslar yaratish va ulardan o‘quv jarayonida foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish borasida tavsiyalar ishlab chiqilgan;
kompyuter imitatsion modellardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgantajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlashga mo‘ljallangan kvalimetrik metodlarni qo‘llash yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalardan “I-2016-4-15 “Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tatbiq etish (oliy ta’lim muassasalari misolida)”mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 29 sentyabrdagi 2380/3002.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual resurslarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish imkoniyatlari kengaygan va talabalarda motivatsion-qiziqish rivojlantirilgan.