Bazarov Ixtiyor Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillarda lingvota’limshunoslik sohasi terminologik birliklarning tadqiqi (ingliz, rus va o‘zbek tillari materialida)”, 10.00.06 – Qiësiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil574.
Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lingvota’limshunoslik sohasida qo‘llaniladigan terminologik birliklarning lingvistik, ijtimoiy-madaniy va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lingvota’limshunoslik sohasi terminologik birliklarining lingvistik xususiyatlarining turli ijtimoiy-madaniy kontekstlarga mos ravishda yaratilishi, umumiste’mol leksikani termin sifatida ilmiy-uslubiy qo‘llash, o‘zlashma terminlar negizida ularning so‘z o‘zlashtiruvchi tildagi ekvivalentlarini yaratishdagi asosiy usullar tilning ichki omillari sifatida soha terminologiyasi rivojlanishining sinxron aspektida dalillangan;
soha terminologik birliklarining strukturaviy-semantik, kontekstual-semantik, sinonimik, antonimik aloqalarini aniqlash orqali leksik-morfologik xususiyatiga ko‘ra ot yoki otlashgan (substantiv) va aniqlovchiga oid (atributiv) leksemalardan iborat ekanligi tillararo o‘xshashlik va manba tilda esa turli shakldagi abbreviaturalarning yasalishi hamda faol qo‘llanilishi farqli jihatlarini namoyon qilishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillarda soha terminologik birliklari tarkibidagi milliy-madaniy komponentlarni qiyoslash orqali terminlarni qo‘llanilishidagi “o‘zga” madaniyatga xos referentlar soha terminlariga oid unikal xususiyatlar sifatida belgilangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida lingvota’limshunoslik terminlarining shakllanishi, faollashuvi va hududiy qo‘llanilishiga ko‘ra leksik-semantikasi orqali terminlarning ijtimoiy-madaniy kontekstda mavjud bo‘lishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lingvota’limshunoslik terminologiyasi bilan bog‘liq izlanishlar natijasi asosida:
lingvota’limshunoslik sohasi terminologik birliklarining lingvistik xususiyatlarining turli ijtimoiy-madaniy kontekstlarga mos ravishda yaratilishi, umumiste’mol leksikani termin sifatida ilmiy-uslubiy qo‘llashiga oid natijalaridan 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G041-raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2021 yil 15 sentyabrdagi 3/1255-2499-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida “Ijtimoiy siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratilishiga xizmat qilgan;
soha terminologik birliklarining strukturaviy-semantik, kontekstual-semantik, sinonimik, antonimik xususiyatlariga ko‘ra ishlab chiqilgan lingvomadaniy tasnifga oid xulosalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-219-raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishda umumevropa standartlari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2021 yil 6 maydagi 04/384-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida bakalavrlar (ingliz tili) uchun “Reading-2”, “Writing-1” va “Listening” o‘quv qo‘llanmalarini yaratishga xizmat qilgan;
lingvota’limshunoslik terminlarining shakllanishi, faollashuvi hududiy qo‘llanilishiga doir xulosalardan 2014-2015 yillarda bajarilgan I-204-4-5-raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2020 yil 9 iyuldagi 1100/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida elektron darslik, mobil ilovalar, elektron lug‘atlar, xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha barcha raqamli dasturlar yaratilishiga va ta’lim jarayonida qo‘llanilishiga xizmat qilgan;
lingvota’limshunoslik terminlarining turli ijtimoiy-madaniy kontekstlarga mos ravishda paydo bo‘lishi va qo‘llanilishidagi ijtimoiy omillarga oid nazariy xulosalardan “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” radioeshittirishning 2020 yil sentyabr` va noyabr` oylaridagi eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali DUKning 2021 yil 15 yanvardagi 04-25-68-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish tinglovchilarini lingvota’limshunoslik sohasi terminologik birliklarining o‘rganishga bo‘lgan kiziqishlarini oshirish imkoniyatini kengayishiga xizmat qilgan.