Rustamova Ibodatxon Ikramovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Qahhor nasriy asarlari poetikasi” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil.260.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbar G‘afurovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori; Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori; Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi A.Qahhor nasriy asarlari poetikasini badiiy talqin asosida aniqlash, uni struktur tahlillar bilan bog‘liqligi, roviy rivoya tarzi va obrazlar tahlilini, ilmiy-nazariy asoslarini ochib berishdan iborat.
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yozuvchi nasriy asarlarida voqelikni badiiy talqin etishdagi roviy funksiyasi matn parchalarini umumlashtirish, o‘quvchiga qaratilgan badiiy voqelik haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, yo‘naltirilgan bayonotning yagona tizimi doirasidagi o‘zaro aloqadorlik dalillangan;
hikoyalardagi roviy pozisiyasining tarafkashligi va betarafligi, roman janri imkoniyatlaridan samarali foydalanishdagi yozuvchi uslubi, roviyning roman strukturasidagi roli, muallifning xarakter yaratishdagi til imkoniyatlaridan, ya’ni o‘xshatish, perefraza kabi tasviriy vositalardan foydalanishdagi mahorati isbotlangan;
asar strukturasida ritmning o‘rni, uning mazmuniy va shakliy vositalarga bog‘liqligi, ritmik birliklarning qahramon va personajlar nutqidagi ahamiyati, ritm hosil qiluvchi tinish belgilari – ko‘p nuqta, qo‘shtirnoq, so‘roq, undov belgilari badiiy matnda yetakchi shakliy vosita ekanligi asoslangan;
yozuvchi uslubidagi o‘ziga xos jihatlar asar qahramonlarining salbiy xarakterlarini shakllantirishda ularning o‘z-o‘zini fosh etish, detallarga xos dinamiklik va funksionallik, ironik ifodalardan foydalanish orqali uning XX asr o‘zbek nasri taraqqiyotidagi muhim o‘ringa egaligi isbotlangan;
adibning obrazlar qiyofasini tasvirlashi, roviyning obrazlarga nisbatan bo‘lgan munosabati, ma’qullagan va ma’qullamagan, ba’zan betaraf, ba’zan tarafkashlik ko‘rinishidagi qarashlari, timsollar va prototiplar asosida obraz yaratishi, xarakterlarni ishonarli chiqishidagi uslubiy mahorati dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A.Qahhor nasriy asarlari poetikasi muammosi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:
yozuvchi nasriy asarlarida voqelikni badiiy talqin etishdagi roviy funksiyasi matn parchalarini umumlashtirish, o‘quvchiga qaratilgan badiiy voqelik haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, yo‘naltirilgan bayonotning yagona tizimi doirasidagi o‘zaro aloqadorlik monologik va dialogik nutqiy munosabatlar orqali ifodalashga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2012-2017 yillarda bajarilgan FA-1-1006-raqamli ”Qorakalpoq xalq qo‘shiqlarining tekstologik tahlili va nashrga tayyorlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 27 yanvardagi 27/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tekstologik tahlillarning ilmiy mukammalligiga erishilgan;
asar strukturasida ritmning o‘rni, uning mazmuniy va shakliy vositalarga bog‘liqligi, ritmik birliklarning qahramon va personajlar nutqidagi ahamiyati, ritm hosil qiluvchi tinish belgilari – ko‘p nuqta, qo‘shtirnoq, so‘roq, undov belgilari badiiy matnda yetakchi shakliy vosita ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-0-43429-raqamli ”Qorakalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘liining gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2022 yil 21 yanvardagi 26/1-son ma’lumotnomasi). Natijada janrlarning nazariy asoslari tadqiq etilishiga erishilgan;
hikoyalardagi roviy pozisiyasining tarafkashligi va betarafligi, roman janri imkoniyatlaridan samarali foydalanishdagi yozuvchi uslubi, roviyning roman strukturasidagi roli, muallifning xarakter yaratishdagi til imkoniyatlaridan, ya’ni o‘xshatish, perefraza kabi tasviriy vositalardan foydalanishdagi mahorati ekanligi “Jadid adabiyoti tarixi” darsligidagi nazariy masalalarni yoritishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘iga asosan 538-283-raqamli guvohnoma). Natijada ushbu ilmiy xulosalar darslik materiallarini ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
yozuvchi uslubidagi o‘ziga xos jihatlar asar qahramonlarining salbiy xarakterlarini shakllantirishda ularning o‘z-o‘zini fosh etish, detallarga xos dinamiklik va funksionallik, ironik ifodalardan foydalanish orqali uning XX asr o‘zbek nasri taraqqiyotidagi o‘rniga oid masalalardan A-1-070 raqamli “Abdulla Qahhor istiqlol adabiyotshunosligi ko‘zgusida” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Abdulla Qahhor uy-muzeyining 2022 yil 17 avgustdagi 01-02/42-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot yuzasidan chop etilgan monografiya, maqola, tezis va boshqa materiallar bilan grant xulosalari va muzey fondi boyitilgan;
adibning obrazlar qiyofasini tasvirlashi, roviyning obrazlarga nisbatan bo‘lgan munosabati, ma’qullagan va ma’qullamagan, ba’zan betaraf, ba’zan tarafkashlik ko‘rinishidagi qarashlari, timsollar va prototiplar asosida obraz yaratishi, xarakterlarni ishonarli chiqishidagi uslubiy mahoratiga bag‘ishlangan materiallaridan Turkiya davlati Artvin Coruh universitetidagi “Abdulla Qahhor hikoyachiligi” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Artvin Coruh universitetining 2021 yil 12 dekabrdagi – E. 4635-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodkor nasriy asarlarining poetik o‘ziga xosligini belgilashdagi tadqiqot yuzasidan chop etilgan materiallar bilan grant xulosalari va fondi boyitilgan.