Muhammadjonova Go‘zalxonning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek nasrida ijodkor inson konsepsiyasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fil267.    
Ilmiy rahbar: Kasimov Abdigapir Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abduraximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaeva Zulfiya Juraevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik  davri o‘zbek nasrida ijodkor inson konsepsiyasini ijod jarayonining badiiy talqinlari vositasida namoyon bo‘lishini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy ijod jarayoni ijodiy niyatning tug‘ilishi, ijodiy reja eskizi, ijod uchun tayyorgarlik bosqichi (material yig‘ish, olamning badiiy idroki, ijodiy tafakkur), ijodiy turtki (katalizator)ning yuzaga kelishi, ijod kechimi, ilhom, ijodning ekstaz holati, ijod to‘lg‘og‘i, asarning dunyoga kelishi (ijodiy “bo‘shanish”) singari bosqichlardan iborat ekanligi dalillangan;
mustaqillik davri o‘zbek nasrida estetik ideal sifatida tasvirlangan ijodkor inson (musavvir, musiqachi, yozuvchi) obrazini yaratishda uslubiy xoslanishlar mavjudligi, jumladan, musavvir obrazi talqinida peyzaj va inter`er, nur va rang uyg‘unligidagi badiiy sintez, mug‘anniy va mutrib obrazi tasvirida ijod bosqichlari, mentalitet va gender yondashuvga ko‘ra xoslanishi, yozuvchi yoki shoir obrazini yaratishda ichki monolog (monolog-mulohaza, monolog-xotira, monolog-taftish) va portret tasviri muhim differensial vositalar ekanligi isbotlangan;
mustaqillik davri o‘zbek romanlaridagi ijodkor shaxs konsepsiyasi olamni rang, ohang va so‘z jilosi orqali his qiluvchi insonlar obrazining jamiyatdagi ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy muammolarga munosabati orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ijodkor inson konsepsiyasi asar yaratilgan davrdagi ijtimoiy, madaniy voqelik negizida shakllanganligi sababli falsafiy, biografik, estetik, ijtimoiy-psixologik mohiyat kasb etishi ochib berilgan;
badiiy asarning dunyoga kelishida  ijodiy tafakkur, ijod jarayoni, badiiy idrok hamda adabiy-estetik qarashning badiiy talqini kabi bosqich(jarayon)larning muallif “men”i, psixologiyasi va estetik idealini ochib berishdagi roli asoslangan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  “Mustaqillik davri o‘zbek nasrida ijodkor inson konsepsiyasi” mavzusida erishilgan ilmiy natijalardan:
badiiy asarning dunyoga kelishida  ijodiy tafakkur, ijod jarayoni, badiiy idrok hamda adabiy-estetik qarashning badiiy talqini kabi bosqich(jarayon)larning muallif “men”i, psixologiyasi va estetik idealini ochib berishdagi roli tadqiqi natijalaridan Ispaniyadagi Valensiya politexnika universiteti ingliz tili va adabiyoti fakul`tetida bajarilgan “Talabalarning chet tilidan og‘zaki va yozma nutqini  rivojlantirishda adabiy asarlardan foydalanish masalalari (zamonaviy sharq nasri misolida)” mavzusidagi 361/22-raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (Valensiya politexnika universitetining 2022 yil 18 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida amalga oshirilgan o‘quv seminarlar materiallari nazariy-badiiy jihatdan boyigan;
badiiy ijod jarayoni ijodiy niyatning tug‘ilishi, ijodiy reja eskizi, ijod uchun tayyorgarlik bosqichi (material yig‘ish, olamning badiiy idroki, ijodiy tafakkur), ijodiy turki (katalizator)ning yuzaga kelishi, ijod kechimi, ilhom, ijodning ekstaz holati, ijod to‘lg‘og‘i, asarning dunyoga kelishi (ijodiy “bo‘shanish”) singari bosqichlardan iboratligi bo‘yicha xulosa va natijalardan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 2017-2020 yillarda bajarilgan fundamental loyiha doirasida ijodiy qobiliyatni rivojlantirish muammolari echimlarini topishda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2022 yil 16 fevraldagi 31-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy adabiyot vositasida yoshlarning adabiy-estetik didini, ijodkorlik qobiliyatini o‘stirishning yangi nazariy va amaliy asoslari yuzasidan tizimli xulosalar chiqarish imkoniyati yaratilgan;
mustaqillik davri o‘zbek nasrida estetik ideal sifatida tasvirlangan ijodkor inson (musavvir, musiqachi, yozuvchi) obrazini yaratishda uslubiy xoslanishlar mavjudligi, jumladan, musavvir obrazi talqinida peyzaj va inter`er, nur va rang uyg‘unligidagi badiiy sintez, mug‘anniy va mutrib obrazi tasvirida ijod bosqichlari, mentalitet va gender yondashuvga ko‘ra xoslanishi, yozuvchi yoki shoir obrazini yaratishda ichki monolog (monolog-mulohaza, monolog-xotira, monolog-taftish) va portret tasviri muhim differensial vositalar ekanligiga doir nazariy xulosalardan “Jadid adabiyoti tarixi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asosan 538-283-raqamli ruxsatnomasi). Natijada badiiy ijod, ijodkor inson konsepsiyasi, psixobiografik tahlil usullariga doir xulosalar darslik materiallarini ilmiy jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
mustaqillik davri o‘zbek romanlaridagi ijodkor shaxs konsepsiyasi olamni rang, ohang va so‘z jilosi orqali his qiluvchi insonlar obrazining jamiyatdagi ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy muammolarga munosabatiga doir tahlil natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash”, “Milliy  manfaatlar asosida umumbashariy muammolarga yondashish” kabi davlat dasturlari va rejalarini tuzish hamda undagi chora-tadbirlar ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar agentligining 2022 yil 28 fevraldagi 4-13-23-512-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlarining metodologik asoslari takomillashishiga erishilgan;
ijodkor inson konsepsiyasining muhim falsafiy, biografik, estetik, ijtimoiy-psixologik mohiyat kasb etishiga doir materiallardan 2015-2021 yillarda Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Interv`yu”, “Muqaddas ayol” “Ochiq muloqot”, “Adabiy muhit”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” ko‘rsatuvlari hamda “Ma’naviyat”, “Ziyo maskanlarida” nomli eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 27 yanvardagi 01-12-04/18-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan;
ijodkor inson muayyan davrning ruhiyati, xususiyatlari, ijtimoiy ziddiyatlarini o‘zida mujassamlovchi xarakterli fenomen sifatida namoyon bo‘lganligi sababli jamiyat taraqqiyotining muhim burilishlari davrida tarixiy va mafkuraviy omillar  ta’sirida falsafiy, biografik, estetik, ijtimoiy-psixologik mohiyat kasb etishi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi qoshidagi “Oltin qalam” adabiy to‘garagi faoliyatida, adabiy kechalarda, yosh ijodkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 28 yanvardagi 04-01/22-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarda ijodiy fikrlash, adabiy-estetik tafakkurida o‘sish kuzatildi, ijodiy malakasini oshirish sifati yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish