Saminov Abdumalik Inomjonovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oksyumoron – badiiy nutqda lingvopoetik vosita sifatida”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2036.      
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon Boboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Ganijan Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Shavkatjon Ashurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oksyumoron hodisasining lingvistik talqinini ochib berish hamda sintaktik figura sifatidagi maqomini belgilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oksyumoron hodisasi til birliklarining g‘ayriodatiy tarzda birikish usuli asosida voqelanadigan sintaktik-stilistik figura sifatida asoslangan;
oksyumoron lingvopoetika doirasida hissiy-emotsional, badiiy-estetik ta’sirga ega sintaktik-stilistik figura ekanligi, uni tashkil etuvchi qismlarning mazmuniy, shakliy va funksional xoslanishi ko‘rsatilgan;
oksyumoronning struktural-semantik jihatdan bir butun sintaktik tizim ekanligi, axborot uzatishdagi sintaktik strukturani tashkil etuvchi birikma sifatida uning g‘oyaviy, falsafiy, badiiy-estetik aktuallashuv munosabati ochib berilgan;
oksyumoron tafakkur mahsuli va maxsus sintaktik ifoda shakli ekanligi, mantiqan zid, qarama-qarshi ma’noli hamda resipient e’tiborini tortuvchi kommunikativ birlik sifatida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining lingvopoetik yo‘nalishi doirasida sintaktik-stilistik figuraning grammatik xususiyatlarini yoritishga bag‘ishlangan dissertatsion ishda erishilgan ilmiy natijalar asosida:
oksyumoron struktural-semantik jihatdan bir butun sintaktik tizimni, axborot uzatishdagi sintaktik strukturani tashkil etuvchi birikma sifatida uning g‘oyaviy, falsafiy, badiiy-estetik aktuallashuv munosabatiga asoslangan ilmiy xulosa va tavsiyalaridan “Matn tilshunosligi” darsligida keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada darslikning “Matn va kommunikativ vositalar” bobining “Badiiy matnni shakllantiruvchi vositalar” nomli bo‘limi oksyumoron qismlarining sintaktik vazifasi, qurilish materiali va uning uslubiy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar asosida ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan;
oksyumoron lingvopoetika doirasida hissiy-emotsional, badiiy-estetik ta’sirga ega sintaktik-stilistik figura ekanligi, uni tashkil etuvchi qismlarning mazmuniy, shakliy va funksional xoslanishiga oid ilmiy qarashlar hamda xulosalardan “Uslubshunoslik asoslari” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 500/t-006-raqamli ruxsatnoma). Natijada o‘quv qo‘llanmaning til muammolari bilan bog‘liq jarayonlar hamda sintaktik-stilistik figuralarning yuzaga kelishi, ularning o‘rganilishi, badiiy nutqda qo‘llanilishi va uning lingvopoetik vosita sifatida o‘quvchilarga ekspressiv-estetik ta’siri yuzasidan berilgan takliflar badiiy nutqni o‘quvchilarga yanada tushunarli bo‘lishini ta’minlovchi semantik mundarijasi yanada oydinlashishiga xizmat qilgan;
oksyumoron tafakkur mahsuli va maxsus sintaktik ifoda shakli ekanligi, mantiqan zid, qarama-qarshi ma’noli hamda resipient e’tiborini tortuvchi kommunikativ birlik hisoblanishiga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan hamda suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022 yil 25 martdagi 04-36-647-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar radio tinglovchilarining she’riyatda qo‘llaniluvchi lisoniy vositalarni tushunish va anglash bo‘yicha bilimlari ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish