Abdullaeva Saida Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Molekulyar-genetik jihatlarini inobatga olgan holda 2 turdagi qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda diabetik retinopatiyani tashxislash va rivojlanish prognozining samarador mezonlarini ishlab chiqish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib751.
Ilmiy rahbar: Karimova Muyassar Xamidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar:Kazaykin Kazaykin Viktor Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi); Zakirxodjaev Rustam Asralovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik S.N. Fedorov nomidagi “Ko‘z mikroxirurgiyasi” tarmoqlararo ilmiy-texnik kompleksi (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston populyasiyasida 2-turdagi qandli diabetga chalingan bemorlarda diabetik retinopatiya rivojlanishini tashhislash va prognozlashning samarali mezonlarini klinik va molekulyar-genetik usullar yordamida ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diabetik retinopatiya ilk namoyon bo‘lganida uglevod almashinuvining dekompensatsiyasi kuzatilgan bemorlarda A-OKT yordamida foveolyar avaskulyar zonalarni miqdor va sifat ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar oftal`mologik belgilar paydo bo‘lishidan avval yuzaga kelishi isbotlangan;
qandli diabet kasalligiga nasliy moyilligi bo‘lgan bemorlarda HbA1c miqdori nasliy moyillik bo‘lmaganlarga nisbatadan yuqoriroq bo‘lganligi va ularda diabetik retinopatiya o‘rtacha 4,3+0,5 yil avvalroq boshlanganligi topilgan;
ilk bor bemorlarda TNFα genining G/A rs1800629 geterozigotali varianti 2 barobar qo‘proq uchraganligi va uni diabetik retinopatiya rivojlanishida nomaqbul rol o‘ynashi aniqlangan;
ilk bor nomaqbul VEGF A genining rs2010963 polimorfizmini S/S alleli aniqlanganda diabetik retinopatiya rivojlanish xavfi 2,1 barobarga oshishi aniqlanib, bu esa diabetik retinopatiya rivojlanishi havfi uchun mustaqil ta’sir kursatishi mumkunligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Molekulyar-genetik jihatlarini inobatga olgan holda 2 turdagi qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda diabetik retinopatiyani tashxislash va rivojlanish prognozining samarador mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
TNF-α genini o‘rganish asosida DR avj olishini erta prognozlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “2-turdagi qandli diabetli bemorlarda diabetik retinopatiya avj olishini TNF-α geni rs 1800629 polimorfizmini hisobga olib prognozlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-z/395-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma TNF-α geni rs 1800629 polimorfizmini hisobga olib prognozlash imkonini bergan.
QDli bemorlarda DR erta tashxislash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «2 turdagi qandli diabetli bemorlarda diabetik retinopatiya avj olishini C634G VEGF-A polimorfizmini hisobga olib prognozlash usuli» metodik tavsiyalari ishlab chiqildi va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-z/395-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma QDli bemorlarda VEGF-A genida mutatsiyalar aniqlanganda DR rivojlanishini prognozlash imkonini bergan;
molekulyar-genetik jihatlarini inobatga olgan holda 2 turdagi qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda diabetik retinopatiyani tashxislash va rivojlanish prognozining samarador mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotda olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikrojarrohligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali hamda Respublika klinik oftal`mologiya shifoxonasi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-z/395-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish QDli bemorlarda DRni prognozlash va erta tashhislash imkonini bergan.