Oralov Behruz Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z kuyishini kompleks davolashning samaradorligini klinik – laborator baholash» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1357.
Ilmiy rahbar: Mirraximova Saidaxon Shuxratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Kovalevskaya Mariya Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Ikramov Azizbek Fazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ko‘zning kimyoviy kuyishi kasalligini klinik-laborator ko‘rsatkichlar asosida yuqori aniqlikda tashhislash hamda kompleks davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ko‘zning kimyoviy kuyishida ishlab chiqilgan kuyish indeksi miqdorining ortishi jarohat soxasida yarali jarayon rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi va kuyish kasalligi rivojlanishida salbiy prognostik omil, aksincha, past bo‘lishi ijobiy omil ekanligi isbotlangan;
ko‘zning kimyoviy kuyishida ko‘z yuzasining shikastlangan to‘qimalari epitelizatsiyasining erta tiklanishini ko‘rsatuvchi kariotsitometrik mezonlardan yadro va sitoplazma o‘lchamlarini takomillashtirilgan usul yordamida mikrometrlarda aniqlash, an’anaviy 1:2, 1:3, 1:4 nisbatlar ko‘rinishida taxminiy ifodalash usulidan samaradorligi isbotlangan;
ilk bor ko‘zning kimyoviy kuyishini kompleks davolashda, fotodinamik terapiyaning biriktiruvchi to‘qimaga nisbatan tanlab sitotoksik ta’sir etishi sababli jarohatlangan yuzalarni epitelizatsiyalanishi, an’anaviy davolash usullariga qaraganda samarali ekanligi isbotlangan;
ko‘zning kimyoviy kuyishida kasallikni davolash samaradorligini ko‘z yoshi suyuqligidagi biokimyoviy markerlar (superoksiddismutaza, katalaza, malondialdegid, azot oksidi, peroksinitrit) hamda kislota-ishqoriylik muhiti (pH) ko‘rsatkichlarining tiklanishi asosida belgilash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘z kuyishini kompleks davolashning samaradorligini klinik–laborator baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘zi kimyoviy kuyish bilan xastalangan bemorlarni tashhislash usulini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ko‘z kuyishini tashxislash choralarini takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-z/314-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘zning kimyoviy kuygan maydon o‘lchamlarini yuqori aniqlikda miqdoriy aniqlash uchun tavsiya etilgan takomillashtirilgan usulning samaradorligini baholash imkonini bergan;
ko‘z oldingi yuzasining kimyoviy kuyishini kompleks davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ko‘zni kimyoviy kuyishini fotodinamik terapiya yordamida kompleks davolashning samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-z/314-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ko‘zni kimyoviy kuyishi uchun tavsiya etilayotgan kompleks davolash usulining samaradorligini baholash imkonini bergan;
ko‘z kuyishini kompleks davolashning samaradorligini klinik – laborator baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani tibbiyot birlashmasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari ko‘z kasalliklari shifoxonalari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 fevraldagi 08-09/5599-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni joriy qilinishi ko‘zlari kimyoviy kuygan bemorlarning ko‘z yoshi suyuqligida malondialdegid darajasining oshishiga mutanosib ravishda, katalaza va superoksiddismutaza faolligining pasayishi, kompleks davolashda fotodinamik terapiya va viksipindan foydalanish, katalaza va superoksiddismutazani faollashishi va malondialdegidning yuqori ko‘rsatkichlarini pasayishi, o‘z navbatida ko‘z yuzasidagi reparativ jarayonlarning tezlashishi, yallig‘lanish markeri hisoblangan ko‘z yoshining kislota – ishqoriylik muhiti ko‘rsatkichlari (pH) dastlabki holatlarda ko‘tarilgan bo‘lsa, taklif etilgan davolash usulining natijasida me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishi natijasida ko‘zning kimyoviy kuyishlarini erta va aniq tashxislash, kompleks davolashni takomillashtirish orqali asortalarni kamaytirish imkonini bergan.