Matkarimov Akmal Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy  Orolbo‘yi  hududida  ba’zi ko‘z kasalliklarining klinik kechishi va davolashning mintaqaviy xususiyatlari» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1356.
Ilmiy maslahatchi: Baxritdinova Fazilat Arifovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Ivanova Nanuli Viktorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mxitara Geratsi nomidagi Erevan davlat tibbiyot universiteti (Armeniya Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: janubiy Orolbo‘yi sharoitida ko‘z kasalliklarining o‘ziga xos klinik hususiyatlarini inobatga olgan holda, hududiy oftalmopatologiyalarni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa aholisida ilk bor ko‘z kasalliklarining tuzilmasi ilmiy tahlil qilingan va tizimlashtirilgan, hamda noqulay atrof muhit sharoiti tufayli ko‘p uchraydigan kasalliklar, ularning klinik o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
mintaqada kuzatuvdagi barcha kon’yunktivitli bemorlarning 86%ida jarayonni surunkalilashishiga olib keluvchi QKS aniqlangan va davolash rejimiga ko‘z oldingi yuzasini tashqi muhit omillaridan himoya qiluvchi sun’iy ko‘z yosh dori vositalarining qo‘shilishi zarurligi ilmiy isbotlangan;
Orolbo‘yida pterigium sezilarli ravishda agressiv, tez, hamda an’anaviy operatsiyalardan keyin 87,5% gacha qaytalanish va neovaskulyarizatsiya bilan kechishi aniqlangan, patogenetik asoslangan davoni qo‘llash esa asoratlar va qaytalanishni oldini olishi asoslangan;
mintaqada qarilik kataraktasi an’anaviy biomikroskopiyada  kuzatilmaydigan kapsula – bog‘lam tizimining etishmovchiligi bilan birga kechishi, hamda “yashirin” PES ni aniqlash uchun UBM usulini qo‘llash og‘ir asoratlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash va oldini olishga zamin yaratishi isbotlangan va ilmiy tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida keng tarqalgan ko‘z kasalliklarini klinik kechishi va davolashning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Orolbo‘yida hududida pterigium bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Orolbo‘yi hududida yashovchi bemorlarda pterigiumektomiya usullarining samaradorligini qiyosiy baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 8n-r/434-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma pterigium kasalligini samarali davolash va operatsiyadan keyingi qaytalanishni kamayishga imkon yaratgan.
Orolbo‘yi hududida surunkali kon’yunktivit fonidagi “quruq ko‘z” sindromi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Janubiy Orolbo‘yi hududida surunkali kon’yunktivit fonidagi “quruq ko‘z” sindromini klinik kechishi va davolashning xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r/1052-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma hududda surunkali kon’yunktivitning o‘ziga xos klinik xususiyatlarini tashxislash va davolashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
Janubiy Orolbo‘yi hududida ko‘z kasalliklarining klinik kechishi va davolashning mintaqaviy xususiyatlariga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Qoraqolpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi ko‘z kasalliklari bo‘limi, Samarqand oftalmologik shifoxonasi, hamda Xorazm viloyati Xiva tuman tibbiyot birlashmasi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/330-son va 2022 yil 25 yanvardagi 8n-z/25-son ma’lumotnomalari) amaliyotiga tadbiq etilgan. Olingan natijalar pterigium va surunkali kon’yunktivit bilan bemorlarda tashxislash sifatini yaxshilashga, davolash davrini qisqartirishga, hamda samarasini oshishiga, kasalliklarning qaytalanishini oldini olishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish