Nuridullaeva Kamola Negmatilloevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘sadigan soyasimon kuziniya o‘simligini farmakognostik o‘rganish», 15.00.02–Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.1.PhD/Far7.

Ilmiy rahbar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.

Rasmiy opponentlar: Dusmatov Aziz Fayzamatovich, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Aripova Salima Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: soyasimon kuziniya, uning asosida samarali inulin saqlovchi dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni yaratish, ularni tibbiyot amaliyotida qo‘llash imkoniyatlarini asoslash uchun o‘simlikni farmakognostik o‘rganishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekistonda o‘sadigan soyasimon kuziniya ildizlarining biologik faol moddalari asosiy guruhlarini  kimyoviy tarkibi aniqlangan;

soyasimon kuziniya ildizlarining o‘ziga xos biologik faolligini ta’minlovchi asosiy komponent – inulin ajratib olingan va identifikatsiya qilingan. Olingan inulinning Official monographs «Inulin» (The United Pharmacopoeia, XXII) xorijiy standart talablariga mos keluvchi sonli  ko‘rsatkichlari aniqlangan;

soyasimon kuziniya ildizlarining morfologik-anatomik diagnostik belgilari va ularning sifati, ekologik tozaligi va qo‘llashdagi xavfsizligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar aniqlangan;

xomashyo tarkibidagi  inulinni miqdoriy me’yorlari hamda xom ashyoni tayyorlash va saqlashning mo‘’tadil muddatlari belgilangan;

soyasimon kuziniya ildizlari quruq ekstrakti va uning asosida olingan biologik faol qo‘shimchalari standartlashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Soyasimon kuziniya ildizining kimyoviy tarkibini o‘rganish, tavsiya etilayotgan xomashyo va uning asosida yaratilgan quruq ekstrakt va biologik faol qo‘shimchalarni standartlash usullarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:

soyasimon kuziniya quruq ekstraktiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti  olingan (IAP 20160070). Natijada olingan quruq ekstrakt uning asosida biologik faol qo‘shimchalarni olish imkonini bergan;

soyasimon kuziniya guruhidagi biologik faol qo‘shimchalarini ishlab chiqarishga texnik shart «O‘zstandart» agentligini tomonidan tasdiqlangan (Ts 19783536-11:2016). Ularni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 19783635-01:2017). Natijada farmatsevtika sanoati uchun soyasimon kuziniya guruhidagi biologik faol qo‘shimchalarini ishlab chiqarish imkonini bergan; 

«Kuziniya 3+» va «Qaxrabo-kuziniyali kompleks» biologik faol qo‘shimchalarini ishlab chiqarish va qo‘llash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma berilgan. Ushbu biologik faol qo‘shimchalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga «AGRO BIO KIMYO» MChJ rozilik bergan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 9 avgustdagi 00120-son ma’lumotnomasi). Ushbu biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish chet eldan olib kelinayotgan analoglarining o‘rnini bosish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish