Sayt test rejimida ishlamoqda

Bekchanova Yulduzxon Xayitboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyatida jigar sirrozini davolashda qo‘llanilgan gepatoprotektorlarning klinik-farmakologik tahlili», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib674.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Soloy Ruzmamatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Zufarov Pulat Saatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nurboev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gepatobiliar tizim kasalliklarini, jumladan jigar sirrozini davolashda qo‘llanilgan gepatoprotektorlarning sifatli va miqdoriy farmakoepidemiologik hamda farmakoekonomik tahlillari asosida differensial yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jigar surunkali kasalliklarida kasallik etiologiyasi aniqlanmaganligi, gepatotrop dori vositalari ulushining yuqori bo‘lganligi va ratsional kombinatsiya tamoyillari buzilganligi sababli davo natijadorligi pasayishi, kasalliklarning avj olish salmog‘ining o‘sishi va og‘ir asoratlar kelib chiqish darajasining oshganligi aniqlangan;
jigar sirrozi bilan hastalangan bemorlarning har biriga o‘rtacha 6,4 tadan preparat to‘g‘ri kelganligi, bir nafar bemorga 3 ta, 4 ta va hatto 5 ta gepatoprotektor o‘zaro kombinirlangan holatda ishlatilganligi va poliprogmaziyaga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan;
jigar sirrozida ustuvor patogenetik sindromlar aniqlanmasdan gepatotrop dori vositalarining tanlovi amalga oshirilganligi, viloyatning turli hududlarida ushbu dori vositalari qo‘llanuviga bir xil yondashuvning yo‘qligi davo samradorligini keskin pasayishi, kasallikning og‘irlashishi va asoratlashuvi tufayli dori vositalarga ehtiyojning oshishiga va davolash-profilaktika muassasalarining dori vositalari bilan ta’minlashdagi yo‘qotishlar salmog‘ining oshishiga olib kelganligi asoslangan;
jigar sirrozining davo strukturasidagi dori vositalarini farmakoepidemiologik tahlili hayot uchun zaruriy va ikkilamchi dori vositalarini (VEN tahlili) qo‘llanishi talab doirasidan chetga chiqqanligi va iqtisodiy sarf harajatlar ikkilamchi va zarur bo‘lmagan dori vositalarga (AVS tahlili) ko‘proq sarflanganligini ko‘rsatganligi tufayli “Mahalliy dori formulyari” ishlab chiqish zaruriyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyatida jigar sirrozini davolashda qo‘llanilgan gepatoprotektorlarning klinik-farmakologik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jigar sirrozini davolashda gepatoprotektorlar samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Jigar sirrozini davolashda gepatoprotektorlar samaradorligini o‘rganish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-z/69-son ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma jigar sirrozini davolash samaradorligini oshirishi, davolanish muddatini qisqartirishi va dorilar miqdorini kamaytirish imkonini bergan;
Xorazm viloyatida jigar sirrozini davolashda qo‘llanilgan gepatoprotektorlarning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali o‘quv jarayoniga hamda  Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gastroenterologiya bo‘limi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 08-16813-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar ABC/VEN tahlili natijalari asosida yaratilgan mahalliy dori formulyarini shakllantirish hamda jigar sirrozini mutanosib davolash samaradorligini oshirishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish