Jiemuratova Gulshad Muratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida tug‘ma gipotireozni  olib borish va davolashni  optimallashtirish», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tib1138.
Ilmiy rahbar: Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlandirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shaxlo Taxirjanovna, tibbiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida nogironlik xavfini kamaytirish uchun tug‘ma gipotireozning neonatal skrining samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashxisiy mezonlarda tireotrop gormon ko‘rsatkichlarining o‘zgartirilishi orqali tug‘ma gipotireoz bilan kasallanishni erta tashhislash va davolash takomillashtirilgan;
tug‘ma gipotireoz kasalligida qalqonsimon bez faoliyati ko‘rsatkichlari, ya’ni qonda tireotrop gormon, umumiy T4, umumiy T3, shuningdek, bemorlarning jismoniy, psixomotor va intellektual rivojlanish ko‘rsatkichlarni baholash kabi sub’ektiv mezonlar bilan taqqoslanib ular orasida uzviy bog‘liqlik borligi asoslangan;
tug‘ma gipotireozli bemorlarda tashhis qo‘yish hamda davolashga ta’sir etuvchi xavf omillari va nogironlik ko‘rsatkichlari orasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
ilk marta Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida tug‘ma gipotireoz bilan kasallangan bolalarda klinik-laborator ko‘rsatkichlarni qamrab olgan neonatal skrining samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida tug‘ma gipotireozni  olib borish va davolashni  optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tug‘ma gipotireozni neonatal skriningdan o‘tkazish samaradorligini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ma gipotireozni neonatal skriningdan o‘tkazish samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-z/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erta tashxis qo‘yish, davolash, tug‘ma gipotireozli bolalarni boshqarish va kuzatish, uning tarqalishini aniqlash, neonatal skrining samaradorligini baholash, bolalikdan nogironlikka olib keladigan eng muhim xavf omillarini aniqlash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida tug‘ma gipotireozni  olib borish va davolashni  optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Nukus «Ona va bola skriningi» markazi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 iyundagi 08-16234-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar erta tashxis qo‘yish, davolash, gormonlarni o‘rin bosish terapiyasi dozasini monitoring qilish va kuzatib borish, bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish, nogironlikning oldini olish hamda davolash-profilaktik yordam sifatini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan algoritm TG bilan kasallangan bolalarda asoratlarning oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish