Sayt test rejimida ishlamoqda

Ibragimov Lutfullo Ziyadullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda aholi bandligining iqtisodiy geografik xususiyatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3. DSc/Gr35.
Ilmiy maslahatchi: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Hayitov Yozil Qosimovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda aholi bandligining hududiy xususiyatlarini aniqlash va ularga ta’sir etuvchi omillarni baholash hamda bu boradagi muammolarning echimi bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
janubi-g‘arbiy O‘zbekiston shahar va qishloq tumanlarining mehnat bozorida aholi bandligining hududiy taqsimlanishidagi vaziyatni geografik balandlik mintaqalari (cho‘l-dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlar) bo‘yicha iqtisodiy geografik xususiyatlari (iqtisodiy geografik o‘rni, hududiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, hududiy ishlab chiqarish majmualari, rayonlashtirish) baholangan va uning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
ko‘p omilli Pirson korrelyasiya usulini qo‘llab, ekonometrik modellashtirish asosida janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlarining 18 ta indikatorli ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda ularning aholini ish bilan bandligiga bog‘liqlik darajasi (past, o‘rta, yuqori) aniqlangan;
janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlarining mehnat resurslari salmog‘i yuqori bo‘lgan qishloq tumanlarida ishsiz mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jalik ixtisoslashuviga mutanosib paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish asosida yangi ish o‘rinlarini (2500 ta) yaratish imkoniyatlari baholangan;
janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlaridagi band bo‘lmagan aholining  ijtimoiy tabaqalashuvi bo‘yicha hududiy demografik tarkibi hamda ishsizlik sabablari (ish joylarining kamligi, ishga kirish uchun asosiy tashkilotlarga murojaatlarning samaradorligi, ishsiz aholi tomonidan biznesni tashkil qilishdagi qiyinchiliklar va boshqalar) ijtimoiy so‘rovnomalar orqali asoslangan;
janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda aholi bandligi va ularga ta’sir etuvchi omillar bilan o‘zaro bog‘liqlik darajasi (yuqori, o‘rta, past) baholangan hamda «mehnat resurslari», «aholi tabiiy harakati», «aholi bandligi bo‘yicha rayonlashtirish» va «aholi bandligining prognoz ko‘rsatkichlari» «mehnat munosabatlarining prognoz ko‘rsatkichlari» kartalari ArcGIS dasturida yaratilgan;
janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlarining aholisi, mehnat resurslari, mehnatga layoqatli aholi, iqtisodiy faol aholi, rasmiy va norasmiy sektordagi ish bilan bandlar sonining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari balans, modellashtirish va ekstrapolyasiya usullari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholi ish bilan bandligining hududiy xususiyatlarini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
janubi-g‘arbiy O‘zbekiston shahar va qishloq tumanlarining mehnat bozorida aholi bandligining hududiy taqsimlanishidagi vaziyatni geografik balandlik mintaqalari (cho‘l-dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlar) bo‘yicha iqtisodiy geografik xususiyatlarini baholash natijalari vazirlikning «Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil qilish» va «Bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish» boshqarmalari amaliyotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil
27 apreldagi 01/00-03/09-3734-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografik balandlik mintaqalari va iqtisodiy-ijtimoiy geografik xususiyatlar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosati samaradorligini asoslash imkonini bergan;  
janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlarida ko‘p omilli Pirson korrelyasiya usuli yordamida ekonometrik modellashtirish asosida hududlarning 18 ta indikatorli ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda ularning aholini ish bilan bandligiga bog‘liqlik darajasini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 01/00-03/09-3734-son ma’lumotnomasi). Natijada, aniqlangan ko‘rsatkichlar aholi bandligiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘p omilli tahlil qilish orqali hududlarda aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlarining mehnat resurslari salmog‘i yuqori bo‘lgan qishloq tumanlarida yangi ish o‘rinlarini (2500) yaratish, ishsiz mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jalik ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish imkoniyatlarini baholashga oid natijalar uyushma tomonidan hududlarda paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etishga oid hududiy dasturlarni ishlab chiqishda joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 28 apreldagi 02/22-251-son ma’lumotnomasi). Natijada, klaster korxonalarining faoliyatini kengaytirish, ularning iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali ishsiz mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash imkonini bergan;
janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlaridagi band bo‘lmagan aholining  ijtimoiy tabaqalashuvi bo‘yicha hududiy demografik tarkibi hamda ishsizlik sabablarini (ish joylarining kamligi, ishga kirish uchun asosiy tashkilotlarga murojaatlarning samaradorligi, ishsiz aholi tomonidan biznesni tashkil qilishdagi qiyinchiliklar va boshqalar) asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalar natijalari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi amaliyotida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 01/00-03/09-3734-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish imkonini bergan;
janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda aholi bandligi ularga ta’sir etuvchi omillar bilan o‘zaro bog‘liqlik darajasi (yuqori, o‘rta, past) baholangan hamda ArcGIS dasturida yaratilgan «mehnat resurslari», «aholi tabiiy harakati», «aholi bandligi bo‘yicha rayonlashtirish» va «aholi bandligining prognoz ko‘rsatkichlari» «mehnat munosabatlarining prognoz ko‘rsatkichlari» kartalari Kadastr agentligining «Kartografiya» ilmiy ishlab chiqarish korxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Kadastr agentligining 2022 yil 12 apreldagi 08-02834-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasining «O‘zbekiston Respublikasining aholisi» qismiga kiritilgan «Mehnat resurslari», «Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi», «Aholi bandligi», «Iqtisodiy faol va nofaol aholi», «Ishsizlar soni va ishsizlik darajasi», «Aholining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandligi» kabi kartalarni yaratish, atlasning mazmunini yanada boyitish, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan;
janubi-g‘arbiy O‘zbekiston viloyatlarining aholisi, mehnat resurslari, mehnatga layoqatli aholi, iqtisodiy faol aholi, rasmiy va norasmiy sektordagi ish bilan bandlar sonining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari balans, modellashtirish va ekstrapolyasiya usullari asosida ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi amaliyotida «2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli milliy strategiya»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 01/00-03/09-3734-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida mehnat resurslaridan foydalanish, demografik omilga mutanosib holda ishsiz aholini ish bilan ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish