Dolgov Valentin Vadimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polietilen bilan montmorillonit asosida olovbardosh nanokompozitlar shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari va tuzilishi», 02.00.06–Yuqori molekulyar birikmalar, 02.00.12–Nanokimyo, nanofizika, nanotexnologiya (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K12.

Ilmiy rahbar: Ashurov Nigmat Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.27.06.2017.FM/K/T.36.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Ruzimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Milusheva Rakiya Yunusovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: quyi zichlikka ega chiziqli polietilen asosida nanokompozitlarni shakllantirish sharoitlarini, shuningdek, ularning strukturasi bilan termik, mexanik va o‘tga chidamlilik xarakteristikalari orasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

quyi zichlikli chiziqli polietilen suyuqlanmasida (yuqori molekulyar massa bilan farqlanuvchi) maleinizatsiyalashgan polietilen va har xil turdagi modifikatsiyalangan montmorillonitni aralashtirishning qatlamli alyumosilikat eksfoliatsiyasi amalga oshish imkonini beruvchi optimal sharoitlari aniqlangan;

to‘ldirilmagan polietilendan yuqori termik, mexanik va o‘tga chidamlilik xarakteristikalari majmui bilan farqlanuvchi, qatlamli alyumosilikatning yuqori eksfoliatsiya darajasiga ega bo‘lgan polimer nanokom-pozitlar olingan;

kompozitlarning olinish jarayonida (montmorillonit turi va maleinizatsiyalashgan polietilen konsentratsiyasiga bog‘liq ravishda) shakllanuvchi struktura turlari bilan ularning termik, mexanik va o‘tga chidamlilik xarakteristikalari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;

ilk bor qo‘shimcha ravishda issiqlikdan kengayuvchi grafit tutgan yuqori darajadagi yong‘inga barqarorlikka ega va tarkibida kichik miqdorda yonishni sekinlashtiruvchi mavjudligi hamda yonishga yuqori darajada barqarorligi bilan farqlanuvchi polimer nanokompozitlar tarkibi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Polietilen/montmo-rillonit nanokompozitlar va yong‘inga chidamli nanokompozitlar olinish texnologiyasi sohalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

nanokompozitlar olish texnologiyasi (XXR, Rossiya, Ukraina, Belorussiya hamkorligida) «Studies on halogen-free flame retardant nylon-66/clay nanocomposites» xalqaro kooperatsiya loyihasida qo‘llanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi Kimyo institutining 2017 yil 12 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan polimer nanokompozitlarini olish usuli avtomobilsozlikda va qurilish materiallari industriyasida qo‘llani-ladigan yong‘inga chidamli kam miqdorda sekinlashtiruvchilar tutgan polimer materiallar ishlab chiqarishga imkon bergan;

nanokompozitlar olish texnologiyasi A-12-95 raqamli «Tolali massa (xom paxta) bilan ta’sirlashuvchi kristallanadigan polimerlar asosidagi antifriksion ishqalanishga chidamli nanokompozitlar olish texnologiyasini ishlab chiqish» (2014-2017 yy.) mavzusidagi loyihada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 10 oktyabrdagi 4/1255-2100-son ma’lumotnomasi). Natijada kam miqdorda alyumosilikat tutgan nanostrukturali kompozision polimer materiallar va yuqori antifriksion xossalarga ega bo‘lgan materiallar, qishloq xo‘jalik mashinalarining ishqalanishga bardoshlilik qismida qo‘llaniladigan detallar ishlab chiqarish texnologiyasi uchun asos yaratishga imkon bergan;

Polietilenga modifikatsiyalangan montmorillonit kiritish va yuqori eksfoliatsiya darajasiga erishish xisobiga mexanik, termik va eng‘inga chidamlilik xarakteristikalari kuchayishiga doir tadqiqot natijalari xorijiy ilmiy jurnallarda foydalanilgan (Polymer composites, 2017. № 2. IF - 2,32; Polymer science, 2017, V. 59. № 2. IF - 0,82; Journal of applied polymer science, 2014, V. 131. № 2. IF - 1,77). Natijada polietilen/montmorillonit nanokompozitlarning strukturasi, xossalari va olinishi haqidagi ta’savurning kengayishi, chop etilgan tadqiqot natijalarida foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish