Sayt test rejimida ishlamoqda

Yuldasheva Dilafruz Maxamadalievnaning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek bolalariga xos og‘zaki va yozma matnlarning antropotsentrik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil285.    
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor, Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek bolalapiga xoc og‘zaki va yozma matn turlari va uning mazmyniy persepsiyasida bolalap lisoniy olam manzarasining ifodalanishi, allalarning lingvofol`klopistik xususiyatlarini aniqlash, o‘zbek bolalapiga xoc matnlarni antroposentrik jihatdan ochib berishdan  iborat.
II.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda matnning propozitiv tyzilishi muayyan bir shaxsga, xususan, bolalapga xoclanishi, bolalap badiiy adabiyoti hamda fol`klopi namunalari, jumladan, matndagi evristik salohiyat, aksiologik qiymatga ega bo‘lgan etnografik kontekst sifatida onalarning farzandiga aytgan birinchi qo‘shig‘i alla – sinkretizm ifodasi bo‘lib, uning so‘z bilan himoyalash, ovutish, tavsiflash kabi epistemologik vazifalari mavjudligi asoslangan;
bolalarga xos matnlar bolalarning yosh xususiyati, matn uslubi va badiiyati, gender xususiyati, muayyan shaxsga yo‘nalganligi hamda gnostik hissiyotlar ifodasi, bolalar idrokiga moslik, matnning vizual-ko‘rgazmali tamoyili asosida matn uyg‘un (kreollashgan) shaklga kelishi  isbotlangan;
alla matnlarida verbal (matn leksikasi va sintaksisi), emotiv (modallik ifodasiga ko‘ra),  musiqiy (ijro) kodlardan tashqari zoomorf, floramorf, gastronomik, antroponli, uy-joy qurilish, kiyim- kechak, samo jismlari, toponimik, teonomik verbal madaniy kodlar uchrashi dalillangan;
bolalap topishmoqlari avval tabiat hodisalari, jonzot va o‘simliklar haqida bo‘lsa, hozirda narsa-ppedmet, jihozlarga qaratilganligi, topishmoqlarning modifikasiyalashgan shakllari, ya’ni gipertekstli topishmoqlar, krossvordlar hozirgi texnogen bolalap orasida mashhurligi dalillangan;
o‘zbek bolalapiga xoc matnlar badiiy diskursda ularning dunyoqarashiga mos tushuncha va tasavvur gnostik hissiyotga asoslanishi, turli yosh davrlarida xronologik yosh ko‘rsatkichidan tashqari bolaning ichki olamida, ruhiyatida yuz beradigan kechinmalar bolalarda refleksiya faoliyatini yuzaga chiqarishi, matndagi intertekstuallik natijasida allyuziv nomlarning voqelanishi isbotlangan.
III.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek bolalariga xos og‘zaki va yozma matnlarning antropotsentrik tadqiqi asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
tilshunoslikda matnning propozitiv tyzilishi muayyan bir shaxsga, xususan, bolalapga xoclanishi, bolalap badiiy adabiyoti hamda fol`klopi namunalari, jumladan, matndagi evristik salohiyat, aksiologik qiymatga ega bo‘lgan etnografik kontekst sifatida onalarning farzandiga aytgan birinchi qo‘shig‘i alla – sinkretizm ifodasi bo‘lib, uning so‘z bilan himoyalash, ovutish, tavsiflash kabi epistemologik vazifalari haqidagi nazariy xulosalardan «Matn tilshunosligi» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan 237-317-raqamli ruxsatnoma). Natijada bolalarga xos og‘zaki va yozma matnlarda makropropozisiya hodisasi talqiniga oid fikr-mulohazalar darslik materiallarining ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
bolalarga xos matnlar bolalarning yosh xususiyati,  matn uslubi va  badiiyati, gender xususiyati, muayyan shaxsga yo‘nalganligi hamda gnostik hissiyotlar ifodasi, bolalar idrokiga moslik, matnning vizual-ko‘rgazmali tamoyili asosida matn uyg‘un (kreollashgan) shaklga kelishi bilan bog‘liq nazariy qarashlardan «Pragmalingvistika asoslari» nomli darslik materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan 418-045- raqamli ruxsatnoma). Natijada mazkur darslikning «Tilshunoslikning sistem-struktur va antropotsentrik ilmiy paradigmalari», «Leksopragmatika», «Pragmatika, semantika, stilistika» mavzulari nazariy jihatdan takomillashgan;
alla matnlarida verbal (matn leksikasi va sintaksisi), emotiv (modallik ifodasiga ko‘ra),  musiqiy (ijro) kodlardan tashqari: zoomorf, floramorf, gastronomik, antroponli, uy-joy qurilish, kiyim- kechak, samo jismlari, toponimik, teonomik verbal madaniy kodlarni ifodalashiga doir ma’lumotlar, dissertatsiyaning ilmiy natijalari, undagi ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqotda belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 12 yanvardagi 17-02/51-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy fikrlar turkiy tillar, xususan o‘zbek va qoraqalpoq tillarining diaxronik va sinxronik aspektini belgilashda, tillarning o‘rganilish tarixi va taraqqiyot yo‘lini yoritishda, mazkur tillar leksikasining qadimgi turkiy til, eski turkiy til leksikasi bilan o‘xshash va farqli jihatlarini qiyosiy tadqiq qilishda asosli va tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan;
bolalar fol`klor matnlari intralingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sirida yaratilishi, alla matnlarida verbal (matn leksikasi va sintaksisi doirasida); emotiv(modallik ifodasiga ko‘ra); musiqiy (ijro) kodlardan tashqari zoomorf, floramorf, gastronomik, antroponli, uy-joy qurilish, kiyim- kechak, samo jismlari, toponimik, teonomik kodlar, verbal madaniy kodlar uchrashi, bolalar topishmoqlari avval tabiat hodisalari, jonzot va o‘simliklar haqida bo‘lsa, hozirda narsa-predmet, jihozlarga qaratilganligi, topishmoqlarning modifikatsiyalashgan shakllari, ya’ni gipermatnli topishmoqlar hozirgi texnogen bolalar orasida mashhurligi masalalari aks ettirilgan fikrlardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017 – 2020 y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 10 yanvardagi 17-01/42-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etishda manbalar qiziqarli ma’lumotlar bilan boyigan, ilmiy asosi mustahkamlangan;
o‘zbek bolalapiga xoc matnlar badiiy diskursda  ularning dunyoqarashiga mos tushuncha va tasavvur gnostik hissiyotga asoslanishi, turli yosh davrlarida xronologik yosh ko‘rsatkichidan tashqari bolaning ichki olamida, ruhiyatida yuz beradigan kechinmalar bolalarda refleksiya faoliyatini yuzaga chiqarishi, matndagi intertekstuallik natijasida allyuziv nomlarning voqelanishiga doir nazariy ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining «Qadriyat», «Ma’naviyat sarchashmasi», «Ziyo sari», «Zamondosh», «Adabiy muhit» ko‘rsatuvlari hamda «Ma’naviyat–qalb ko‘zgusi», «Ziyo maskanlarida» nomli radioeshittirishlari dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokampaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokampaniyasining 2022 yil 2 martdagi 55-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni xalqimizning buyuk ilmiy va ma’naviy merosiga hurmat, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga, bolalarning axloq-odobi, tarbiyasi, muayyan kasb-hunarga o‘rgatish, o‘z-o‘zini anglashga doir jihatlar nazariy ma’lumotlar asosida yoritib berishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish