Xakimova Nigora Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qaffol Shoshiyning “Mahosin” asarida islom huquqi asoslariga oid masalalar», 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Isl13.
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Ilxomjon Isroiljonovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Ne’matullo Asatullaevich, tarix fanlari doktori; Mirzaev Nasriddin Muxriddinovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qaffol Shoshiyning “Mahosin” asarida keltirilgan islom huquqi asoslariga oid masalalarning fiqhdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
islom shariati normalari inson manfaati va qadr-qimmatini ifoda etgani hamda mantiqqa hamohangligi bois Qaffol Shoshiy “Mahosin” asarida diniy me’yorlarni “maslaha” (مصلحة - shariatning inson manfaatlariga xizmat qilishi) atamasi orqali tizimlashtirgani ochib berilgan;
Qaffol Shoshiyning maslaha (مصلحة) “inson manfaati” to‘g‘risidagi g‘oyasi keyinchalik musulmon jamiyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va manfaatlarning tadrijiy rivoji sababli XI-XII asrlarda Imom Juvayniy va Imom G‘azzoliy tomonidan inson hayotidagi zaruriy va birlamchi tushunchalarni belgilovchi “zaruriyot” (الضروريات), uning ehtiyojlarini aks ettiruvchi “hojiyot” (الحاجيات) va farovonligi bilan bog‘liq holatlarni ifodalovchi “tahsiniyot” (التحسينيات) darajalariga tasniflangani asoslangan;
bugungi kunda shariatning asosiy maqsadlari va mohiyatini ochib beruvchi “maqosid al-sharia” (مقاصد الشريعة) atamasini alloma o‘z asarida mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan va diniy normalarning amaliyotga mukammal tarzda tatbiq etishni ifoda etuvchi “fozil siyosat” (السياسة الفاضلة) tarzida qo‘llagani hamda bu termin keyingi davrdagi “maqosid” turkumida yozilgan asarlarga asos bo‘lgani dalillangan;
“maqosid ash-sharia” ilmining ilk rivojlanish bosqichida “hukmlarning maqsadi” mazmunida qo‘llangan bo‘lishiga qaramay, keyingi tadqiqotlar davrida ushbu tushunchani chuqurroq anglash va sharhlash zarurati tufayli diniy talablarning hikmati borligini anglatuvchi “hikmat” (حكمة), diniy hukmlar orqali yuzaga keladigan manfaatni bildiruvchi “illat” (علة) va hukmlarning sababini ifoda etuvchi “ma’no” (معنى) atamalari misolida alohida taqsimlangani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qaffol Shoshiyning “Mahosin” asarida islom huquqi asoslariga oid masalalar mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
islom shariati normalari inson manfaati va qadr-qimmatini ifoda etgani hamda mantiqqa hamohangligi bois Qaffol Shoshiy “Mahosin” asarida diniy me’yorlarni “maslaha” (مصلحة - shariatning inson manfaatlariga xizmat qilishi) atamasi orqali ifoda etgani ochib berilganiga oid ilmiy xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning buyurtmasi asosida chop etilgan “Manbashunoslik” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 22.12.2020 sanadagi 6500 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda shariat me’yorlari aqlga muvofiq ekani, ular inson manfaatlarini ko‘zlashi to‘g‘risidagi tushunchalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
Qaffol Shoshiyning maslaha (مصلحة) “inson manfaati” to‘g‘risidagi g‘oyasi keyinchalik musulmon jamiyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va manfaatlarning tadrijiy rivoji sababli XI-XII asrlarda Imom Juvayniy va Imom G‘azzoliy tomonidan inson hayotidagi zaruriy va birlamchi tushunchalarni belgilovchi “zaruriyot” (الضروريات), uning ehtiyojlarini aks ettiruvchi “hojiyot” (الحاجيات) va farovonligi bilan bog‘liq holatlarni ifodalovchi “tahsiniyot” (التحسينيات) darajalariga tasniflangani asoslanganiga oid ilmiy xulosalardan “Imom Buxoriy” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida chop etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Imom Buxoriy” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 27.07.2022 sanadagi 02/355 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qaffol Shoshiyning inson manfaati shariat ko‘rsatmalarining asosini tashkil qilishi haqidagi qarashlarini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
bugungi kunda shariatning asosiy maqsadlari va mohiyatini ochib beruvchi “maqosid al-sharia” (مقاصد الشريعة) atamasini alloma o‘z asarida mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan va diniy normalarning amaliyotga mukammal tarzda tatbiq etishni ifoda etuvchi “fozil siyosat” (السياسة الفاضلة) tarzida qo‘llagani hamda bu termin keyingi davrdagi “maqosid” turkumida yozilgan asarlarga asos bo‘lgani dalillangani bilan bog‘liq xulosalar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi buyurtmasi asosida nashr etilgan “Islom sivilizatsiyasi” qomusiy lug‘atining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi 09.07.2021 sanadagi 395/21 sonli ma’lumotnomasi). Natijada huquqiy-falsafiy xarakterga ega bo‘lgan sohalararo yangicha qarashlarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
“maqosid ash-sharia” ilmining ilk rivojlanish bosqichida “hukmlarning maqsadi” mazmunida qo‘llangan bo‘lishiga qaramay, keyingi tadqiqotlar davrida ushbu tushunchani chuqurroq anglash va sharhlash zarurati tufayli diniy talablarning hikmati borligini anglatuvchi “hikmat” (حكمة), diniy hukmlar orqali yuzaga keladigan manfaatni bildiruvchi “illat” (علة) va hukmlarning sababini ifoda etuvchi “ma’no” (معنى) atamalari misolida alohida taqsimlangani ochib berilganiga oid xulosalar O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining “Ma’rifat chiroqlari” turkum ko‘rsatuv va eshittirishlari ssennariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 27.07.2022 sanadagi 766 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu faoliyat keng jamoatchilikda shariat me’yorlarining hikmati haqidagi bilim va tasavvurlarning yanada kengayishiga xizmat qilgan.