Axtamova Maftuna Zaynitdin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Past navli Markaziy Qizilqum fosforitlarini termik qayta ishlab, fosfatli mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1519.
Ilmiy rahbar: Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori; Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforitlari va ishqoriy metallarning tuzlariga, xususan sil`vinitga termik ishlov berib, termofosfatli mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MQ fosforitlari rudasining hamma fraksiyalari (I-II qatlam rudalari, minerallashgan massa, changli fraksiya, shlam qismi) : kremniy oksidi/ko‘mir : natriy va kaliy tuzlari og‘irlik nisbatlari va haroratning termofosfat o‘g‘iti tarkibidagi o‘zlashuvchan fosforga ta’sir qonuniyati va II-qatlam fosforit rudasining o‘zlashuvchanligi boshqa xomashyolarga nisbatan yuqoriligi isbotlangan;
II-qatlam fosforit rudasi : kremniy oksidi/ko‘mir : natriy tuzining bir xil og‘irlik nisbatlarida harorat va vaqtning oshishi sintez qilinadigan birlamchi fosforli termofosfatli o‘g‘itlarning o‘zlashuvchan fosfor miqdori ortib borishi asoslangan;
 II-qatlam fosforit rudasi : kremniy oksidi/ko‘mir : kaliy tuzining bir xil og‘irlik nisbatlarida harorat va vaqtning oshishi sintez qilinadigan murakkab fosfor-kaliyli termofosfatli o‘g‘itlarning o‘zlashuvchan fosfor miqdori ortib borishi asoslangan;
II-qatlam fosforit rudasining sil`vinit rudasi bilan termik qayta ishlash usul yordamida kompleks fosfor tutuvchi termofosfatli mineral o‘g‘itlar olishning ilmiy asoslari yaratilgan;
termofosfatlar ishlab chiqarish uchun sarf bo‘luvchi reagentlarning muqobil qiymatlarini hisoblash uchun formula ishlab chiqilgan, shu asosida EHM dasturi yaratilgan;
MQ II-qatlam fosforit rudasi va ishqoriy metall tuzlari hamda sil`vinit rudalari asosida tarkibida renanit tuzi mavjudligi zamonaviy tahlil usullari yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Past navli  MQ fosforitlaridan termofosfatli o‘g‘itlar olishning texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past navli Markaziy Qizilqum fosforitlari va natriyli tuzlar asosida olinadigan termofosfatli birlamchi fosforli o‘g‘itni ishlab chiqarish texnologiyasi tajriba-sanoat miqyosida «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy qilingan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2022 yil 11 yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishdan oldin kuzgi shudgor ostiga qo‘llanilishda samarali birlamchi fosforli o‘g‘itlar olish imkonini bergan;
past navli Markaziy Qizilqum fosforitlari va kaliyli tuzlar hamda sil`vinit rudasi asosida olinadigan murakkab fosfor-kaliyli termofosfatli o‘g‘itni ishlab chiqarish texnologiyasi tajriba-sanoat miqyosida «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy qilingan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2022 yil 11 yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlarini oziqlantirishda keng ko‘lamli bo‘lgan murakkab fosforli o‘g‘itlar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish