Narzikulova Kumrijon Islomovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z yuzasining yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolashni ishlab chiqish va uning samaradorligini klinik-eksperimental baholash», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.DSc/Tib138.

Ilmiy maslahatchi: Baxritdinova Fazilat Arifovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.

Rasmiy opponentlar: Park Sang Woo, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Israilov Rajabboy, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «OCUSAN» oftal`mologik klinikasi, Brasov (Ruminiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tajriba va klinikada mahalliy uskunada fotodinamik terapiya dozalari va kuchlanishini ishlab chiqish orqali ko‘z yuzasi yallig‘lanish kasalliklarini davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

mahalliy uskunada lazerli nurlanishning turli darajadagi fotodinamik miqdorlarini tajribada ko‘rish organining faoliyatiga ta’sir etish natijasida yuzaga keladigan morfologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarish natijalari asoslangan;

fotodinamik terapiyani qo‘llashda xavfsiz va samarador lazerli nurlanish parametrlari 300 mDjli miqdorda va 630 nmli to‘lqin uzunligida ta’sir mexanizmi, 1% li metilen ko‘ki eritmasi bilan 3 daqiqa davomida qo‘llash oftal`mologiyada terapevtik miqdor hisoblanib, ko‘zning shox pardasida destruktiv o‘zgarishlar yuzaga kelmasligi isbotlangan;

shox pardaning kuyishi tajriba modelida va biokimyoviy tekshiruvlar natijalari asosida mahalliy ALT «Vostok» uskunasi yordamida fotodinamik terapiyadan fotosensibilizator sifatida metilen ko‘ki bilan foydalanilganda turli xil oftal`mopatologiyada ushbu davolash usulini klinik qo‘llash asoslangan;

ko‘z yuzasi yallig‘lanish kasalliklarini fotodinamik davolash  tartibi orqali kompleks davolashdan keyin ko‘zning oldingi muhitining tiklanishi va yallig‘lanishga qarshi qo‘llashdagi samaradorligi isbotlangan;

ko‘z yuzasining yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolashda fotodinamik terapiyani qo‘llash kon’yunktivitlar va keratitlarning klinik manzarasidagi yallig‘lanish infil`tratlarini kamaytirib, shox parda epitelizatsiyasini kuchaytirishi aniqlangan;

endogen intoksikatsiya holati va lipidlar peroksidli oksidlanishining yallig‘lanish jarayoniga ta’siri mexanizmi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ko‘z yuzasi yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolash usullarini ishlab chiqish va uning samaradorligini klinik-eksperimental baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Sirdaryo viloyati Ko‘z kasalliklari shifoxonasi va Buxoro tibbiyot institutining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 8 noyabrdagi 8n-m/347-son ma’lumotnomasi).

«Fotodinamik terapiyani qo‘llash orqali ko‘z yuzasining yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolash usullari» nomli ratsionalizatorlik taklifnomasi ishlab chiqilgan (№415, Toshkent, 2016.). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi yallig‘lanish etiologiyali keratokon’yunktivitlarning davolash usullarini takomillashtirishga, kasallikning zo‘rayishi va asoratlarini 90%ga kamaytirishga va bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini 2 barobarga kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish