Ibraximova Hamida Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda parazitar kasalliklar kechishi va profilaktikasining allergologik hamda immunologik jixatlari», 14.00.36 - Allergologiya va immunologiya; 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib1419.
Ilmiy rahbarlar: Achilova Donoxon Nutfilloevna PhD., dotsent; Oblokulov Abdurashid Raximovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raziqova Ilmira Sagdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Muboraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Irkutsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda parazitar kasalliklar kechishi va profilaktikasining allergologik va immunologik jihatlarini o‘rganish va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parazitar kasalliklar kuzatilgan bolalar qon zardobidagi IgA, IgM, IgG konsentratsiyalari, yallig‘lanishni qo‘llovchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-4, TNF-α) miqdori disbalansi aniqlangan, ilk bor parazitar kasalliklar kechishida ularning allergologik markyor - IgE miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
parazitar kasalliklar kuzatilgan bolalar orasida IgG va IgE oshishi ushbu bemor bolalar immun statusini baholashda immunologik va allergik mezonlar, IL-4 oshishi differensial-diagnostik mezon sifatida tavsiya etilgan, IgG va IgE konsentratsiyasining yuqori bo‘lishi allergik fon yuqori bo‘lganligi hamda antigen stimulyasiyasining kuchi, davomiyligi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
parazitar infeksiyalar tarqalishining tibbiy-ijtimoiy jihatlarini o‘rganish orqali aholining, asosan bolalarning parazitar kasalliklar haqidagi bilim darajasi va gigienik ko‘nikmalari pastligi isbotlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda parazitar kasalliklar birlamchi profilaktikasi to‘g‘risidagi bilimlar majmuasi jamlangan, ular bilim va ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan o‘qitish dasturining ishlab chiqilib, amalga oshirilishi o‘zlari sog‘liqlarini asrash jarayoniga tayyorgarlik darajasini oshirishga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda parazitar kasalliklar immunologik va allergologik jihatlarini aniqlash va baholash bo‘yicha tadqiqotning natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalar orasida parazitar kasalliklar birlamchi profilaktikasini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalar orasida parazitar kasalliklar birlamchi profilaktikasini shakllantirish uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-r/834-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma bolalar orasida parazitar kasalliklar profilaktikasiga konseptual yondoshish imkonini bergan;
bolalarda parazitar kasalliklar immunologik va allergologik jihatlarini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati Xiva tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi, Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 21 yil 7 dekabrdagi 8n-z/519-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida parazitar kasalliklarning bolalar orasida birlamchi profilaktikasi optimallashtirilgan, parazitar kasalliklar tashhisida bemorlar immun va sitokin statuslarini aniqlash katta ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib berilgan.