Kurbanov Hayotjon Mirzaahmedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda fizikaga oid laboratoriya mashg‘ulotlarini shakllantirishning metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped 1195.
Ilmiy rahbar: Otajonov Shavkat, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/27.02.2020.T.73.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusup G‘anievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Egamberdiev Baxrom Egamberdievich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnik muhandislik oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda umumiy fizika faniga oid laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishning metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi ko‘yidagilardan iborat:
«Yo‘l ishlarini texnologiyasi», «Elektrokimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi» kabi fanlarni o‘zlashtirishda umumiy fizika faniga doir laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayonlari integrativ yondashuv asosida texnika sohasiga oid fanlardan eksperimentlarni o‘tkazishda modulli ta’lim imkoniyatlaridan maqsadli foydalanishning interaktivlik darajasi intensivligini ta’minlash orqali aniqlangan;
«Temir yo‘llar qurilishi texnologiyasi va mexanizatsiyasi», «Temir yo‘l izi», «Ko‘priklar va tunnellarni loyihalash va qurish» kabi fanlarni fizika ta’limi bilan uyg‘un tarzda o‘zlashtirishning metodik tuzilmasi zamonaviy optik-elektron o‘lchov asboblari ustida ishlash, fundamental qonunlarni amaliyotga yo‘naltirilgan tarzda o‘rganish bo‘yicha talabalarning izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatini texnik-texnologik kompetensiya bilan bevosita va bilvosita o‘zaro uyg‘unlashuvi intensivligini qat’iy belgilash orqali aniqlangan;
«Yarimo‘tkazgichli asboblar va integral sxemalar texnologiyasi», «Radioaloqa qurilmalari» kabi fanlarni o‘qitishda umumiy fizikaga doir laboratoriya mashg‘ulotlarini integratsion yondashuv asosida o‘tkazishga yo‘naltirilgan didaktik modelning amaliy komponenti interaktiv texnologiyalarni aralash ta’lim sharoitida qo‘llashning adaptiv metodikasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
elektron mul`timetr yordamida fizikaviy kattaliklarni o‘lchashga doir mashqlarni loyihalash algoritmi an’naviy va noan’naviy laboratoriya mashg‘ulotlarini “Elektr tarmoqlari va tizimlar”, “Integral sxemalarni loyihalash va konstruksiyalash”ga yo‘naltirish asosida tashkil etishning yuqori darajada texnologizatsiyalashuvini belgilash orqali interaktiv praktikumlarni variativ qo‘llash bosqichlarini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda fizikaga oid laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishning metodik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Yo‘l ishlarini texnologiyasi», «Elektrokimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi» kabi fanlarni o‘zlashtirishda umumiy fizika faniga doir laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayonlarini integrativ yondashuv asosida texnika sohasiga oid fanlardan eksperimentlarni o‘tkazishda modulli ta’lim imkoniyatlaridan maqsadli foydalanishning interaktivlik darajasi intensivligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 27 apreldagi 199-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Ilmiy-o‘quv markazlarning ilmiy tadqiqot uslublarini o‘rgatish, eksperimentlarni amalga oshirish va boshqa ko‘rsatilayotgan xizmatlardan foydalanish shartlari va tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 maydagi 89-03-669-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizik eksperimentlarni amalga oshirish shartlari va tartibini takomillashtirish imkonini bergan;
«Temir yo‘llar qurilishi texnologiyasi va mexanizatsiyasi», «Temir yo‘l izi», «Ko‘priklar va tunnellarni loyihalash va qurish» kabi fanlarni fizika ta’limi bilan uyg‘un tarzda o‘zlashtirishning metodik tuzilmasini aniqlashtirish, «Yarimo‘tkazgichli asboblar va integral sxemalar texnologiyasi», «Radioaloqa qurilmalari» kabi fanlarni o‘qitishda umumiy fizikaga doir laboratoriya mashg‘ulotlarini integratsion yondashuv asosida o‘tkazishga yo‘naltirilgan didaktik modelning amaliy komponentini interaktiv texnologiyalarni aralash ta’lim sharoitida qo‘llashning adaptiv metodikasini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan «Elektromagnetizm va optika» nomli o‘quv qo‘llanma (6-63 betlar)da amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 maydagi 89-03-669-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tadqiqotchilik va amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini bergan;
elektron mul`timetr yordamida fizikaviy kattaliklarni o‘lchashga doir mashqlarni loyihalash algoritmini an’naviy va noan’naviy laboratoriya mashg‘ulotlarini kasbiy sohaga yo‘naltirish asosida tashkil etishning yuqori darajada texnologizatsiyalashuvini belgilash orqali interaktiv praktikumlarni variativ qo‘llash bosqichlarini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan OT-F2-55 «Yangi funksional imkoniyatlarga ega nanomateriallarining yangi sinfi sifatidagi kirishma atomlarning nanoklasterlarining shakllanishi negizida hajmiy strukturalashgan kremniy olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish» (2017-2020 yy.) fundamental loyihasi natijalarini amaliyotga tatbiq etish metodikasini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 maydagi 89-03-669-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika ta’limida interaktiv praktikumlarni joriy etish samaradorligini oshirish imkonini bergan.