Fattaxova Amina Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Alisa Ganieva ijodi hozirgi rus adabiyot kontekstida”,  10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil824.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djusupov Nursultan Maxanbet uli, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ermolin Evgeniy Anatol`evich, pedagogika fanlari doktori, professor (Rossiya).  
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy rus adabiy jarayon kontekstida A. Ganieva ijodining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XXI asrning eng yangi rus adabiyotidagi yangi oqim sifatida neorealizmning postmodernistik yozuv madaniyatiga qarama-qarshilik sifatida paydo bo‘lganligi, realizmga asoslanishi hamda “yangi jiddiylik”ni o‘zida aks ettirishi, shuningdek, klassik rus adabiyoti an’analarini davom ettirishi kabi xususiyatlari asoslangan;
zamonaviy rus adabiyotida yangi realizmning shakllanishi nuqtai nazaridan A. Ganieva ijodining kichik ma’lumotlarni aniqlash, detallarni yig‘ish va naturalistik tasvirlar orqali zamonaviy voqelikni aks ettirish, yosh avlodning tipik qiyofasini yaratish, yozuvchining har bir asari Dog‘iston zamonaviy hayotining mozaik tasvirining bir qismi hisoblanishi kabi o‘ziga xos xususiyatlari isbotlangan;
ongi va xulq-atvori, bir tomondan, atrof-muhit tomonidan shartlangan, ikkinchi tomondan esa, u ba’zi nuqtalarda mazkur shartlarga qarshi turadigan fikrlovchi shaxs sifatida “o‘rtamiyona odam” obrazi, boshqa asarlardagi odatiy Kavkaz tasvirlaridan farq qiladigan zamonaviy Kavkaz qiyofasi hamda muallif “men”ining retrospeksiya, parallellizm va  fragmentlilikga asoslangan o‘ziga xosligi A. Ganievaning neorealistik yozish texnikasining yetakchi belgilari ekanligi dalillangan;
zamonaviy rus adabiy jarayonining 1990-2001 yillar adabiyotini o‘z ichiga olgan XX – XXI asrlar boshidagi adabiyot hamda XXI asrning dastlabki yigirma yilligi adabiyotini ifodalaydigan eng yangi davr adabiyoti nomli rivojlanish bosqichlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy rus adabiyoti taraqqiyoti va A. Ganieva ijodini tahlil qilish jarayonida qo‘lga kiritilgan natija va xulosalar asosida:
zamonaviy rus adabiy jarayonining 1990-2001 yillar adabiyotini o‘z ichiga olgan XX – XXI asrlar boshidagi adabiyot hamda XXI asrning dastlabki yigirma yilligi adabiyotini ifodalaydigan eng yangi davr adabiyoti nomli rivojlanish bosqichlari tizimiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT – F1-80 “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” nomli fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining 2020 yil 28 dekabrdagi 427-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy adabiy matnlarni tahlil qilishda qo‘llanilishi taklif etilgan strukturaviy-semantik usulning zamonaviy adiblar ijodini globallashuv va milliy an’analarni asrab-avaylash muammolarini badiiy talqin etish nuqtai nazaridan o‘rganishdagi samaradorligi ko‘rsatilgan;
ongi va xulq-atvori, bir tomondan, atrof-muhit tomonidan shartlangan, ikkinchi tomondan esa, u ba’zi nuqtalarda mazkur shartlarga qarshi turadigan fikrlovchi shaxs sifatida “o‘rtamiyona odam” obrazi, boshqa asarlardagi odatiy Kavkaz tasvirlaridan farq qiladigan zamonaviy Kavkaz qiyofasi hamda muallif “men”ining retrospeksiya, parallellizm va  fragmentlilikga asoslangan o‘ziga xosligi A. Ganievaning neorealistik yozish texnikasining yetakchi belgilari ekanligiga oid xulosalardan “Oilaviy” telekanalining “Semeynoe utro” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiining 2021 yil 12 fevraldagi 02-39-217-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar zamonaviy dog‘istonlik nosir A. Ganieva haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishdi, bu esa o‘z navbatida tomoshabinlarda madaniy bag‘rikenglik tuyg‘usining shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish