Kurbanov Abdulxamid Abdikayumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostoni sarlavhalari badiiyati”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fi197.
Ilmiy rahbar: Homidov Hamidjon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Ergashev Qodir Otadjanovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonidagi sarlavhalar badiiyatini, ularning asar umummatnida tutgan o‘rni, muallif badiiy niyati va asar g‘oyaviy mazmunini ifodalashdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Farhod va Shirin” dostoni sarlavhalarining kompozisiyasi va uslubi, doston umummatnida tutgan o‘rni, poetik vazifasi aniqlangan;
sarlavhalar muallif badiiy niyati va asar g‘oyaviy mazmunini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
doston poetikasi “o‘zlik – fano – vasl” silsilasiga qurilgani va bu silsila asar g‘oyaviy mazmunining o‘ziga xos ifodasi ekanligi asoslangan;
doston mazmuniy mundarijasidan o‘rin olgan “avvalgi fano” va “ikkinchi fano” tushunchalari navoiyshunoslikka olib kirilgan;
shoirning tashbeh, istiora, talmeh, ishtiqoq, muammo kabi tasviriy vositalarda aks etgan yuksak badiiy mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni sarlavhalari badiiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” sarlavhalarida tashbeh, istiora, talmeh, ishtiqoq, muammo kabi tasviriy vositalarda aks etgan yuksak badiiy mahoratiga oid nazariy qarashlardan FA‑F1‑G039 “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” fundamental loyihasida foydalanilgan (FTAning 2017 yil 4 oktyabr` FTA-02-11/787-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turli adabiy istilohlarning ma’nolarini yoritish, badiiy san’atlar va ularning o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini yaxshiroq ko‘rsatishga erishilgan;
Doston g‘oyaviy mazmunini o‘zida ifoda etuvchi “ajdar”, “Afridun ganji”, “dev”, “Sulaymon xotami”, “tilsim”, “Jamshid jomi” kabi tasavvufiy timsollar hamda “avvalgi fano” va “ikkinchi fano” tushunchalari tahliliga oid ilmiy xulosalardan F1-FA-0-55746 “Markaziy Osiyo xalqlari adabiy qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini to‘plash va ularni ilmiy tavsiflab nashrga tayyorlash” fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (FTAning 2017 yil 4 oktyabr` FTA-02-11/787-son ma’lumotnomasi). Natijada “To‘tinoma” va “Qush tili” tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik va tekstologik tadqiqi” kabi monografiyalarning ilmiy saviyasi oshgan.