Oxunov Ilxomjon Abdunabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirishning pedagogik tizimi”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1566
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar:  Artikova  Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Rahimov Bahtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari qiyosiy tahlil va tanqidiy munosabat kabi ijtimoiy ta’sir komponentlari hamda tayanch kompetensiyalarni integral rivojlantirishga yo‘naltirilgan qayta aloqa muhitiga ustuvorlik berish asosida  aniqlashtirilgan;   
o‘quvchilar ijtimoiy ongini rivojlantirishning pedagogik tizimi   uzviy o‘qitish va tizimli tarbiyalashga mo‘ljallangan yakka va jamoa harakatlari imitatsiyalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida “shaxs-fuqaro-jamiyat” munosabatidagi  didaktik tarmoqni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;  
o‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirish modeli ijtimoiy faollik omillarining mikrotizim, mezotizim, tashqi tizim, makrotizim muhitida ta’lim muassasasi va ijtimoiy institutlar hamkorligining natijaviy dinamikasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;  
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari shaxsning ijtimoiy mavqeini hurmat qilish va tan olish munosabatlariga o‘quvchilarni xissiy tayyorlashga mo‘ljallangan “shaxsiy tajriba”, “ma’naviy avtoritet”  tamoyillarini o‘quv jarayoniga empatiya munosabatida kiritish asosida takomillashtirilgan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari qiyosiy tahlil va tanqidiy munosabat kabi ijtimoiy ta’sir komponentlari hamda tayanch kompetensiyalarni integral rivojlantirishga yo‘naltirilgan qayta aloqa barqaror muhitni yaratishga doir takliflaridan “Tarbiya” fani konsepsiyasini ishlab chiqishda hamda “Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari» nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim Markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 01/11-02/02-1571-sonli ma’lumotnomasi, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 676-100-son guvohnoma). Natijada Tarbiya fani asosida o‘quvchilarning ijtimoiylashuv jarayonini samarali tashkil etishda manzilli mo‘ljal olish imkoniyatlari yaratilgan.
o‘quvchilar ijtimoiy ongini rivojlantirishning pedagogik tizimi   uzviy o‘qitish va tizimli tarbiyalashga mo‘ljallangan yakka va jamoa harakatlari imitatsiyalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida “shaxs-fuqaro-jamiyat” munosabatidagi  didaktik tarmoqni qo‘llashga oid takliflaridan OT-F1-17 raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim Markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 01/11-02/02-1571-son ma’lumotnomasi). Natijada Tarbiya fanini o‘zlashtirish yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini monitoring qilish topshiriqlari tizimlashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirish modeli ijtimoiy faollik omillarining mikrotizim, mezotizim, tashqi tizim, makrotizim muhitida ta’lim muassasasi va ijtimoiy institutlar hamkorligi ta’sirida barqarorligini ta’minlashga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston xalq ta’limi vazirining 2020 yil 10 apreldagi 102-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tarbiya” fanining 1-9-sinflarga mo‘ljallangan darsliklarni yaratish jarayonida qo‘llanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim Markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 01/11-02/02-1571-son ma’lumotnomasi). Natijada Tarbiya fanini o‘zlashtirish yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini monitoring qilish topshiriqlari tizimlashtirilgan.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari Tarbiya fani mazmuninnig modernizatsiyalashuviga asoslangan o‘zaro tahlil, ta’sir va yordam munosabatlariga o‘quvchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan “shaxsiy tajriba”, “ma’naviy avtoritet”  tamoyillariga asoslangan darslar seriyasi Andijon, Farg‘ona va Namangan XTB tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘quv amaliyotiga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim Markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 01/11-02/02-1571-son ma’lumotnomasi). Natijada, Tarbiya darslarini tashkil etish bo‘yicha o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini baholash me’zonlari aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish